4-semestr O‘quv-uslubiy majmua toshkent – 2014



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə41/63
tarix22.03.2024
ölçüsü0,89 Mb.
#181649
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   63
23477 4.1. Маъруза 4-семестр Word

1-ilova


2-ilova
Blis-so’rov savollari.
1.Ziradoshlar oilasining sistematik belgilari, asosiy turkumlari?
2. Ziradoshlar oilasi vakillarining xalq xujaligidagi ahamiyati?
3. To’ng`iztaroqdoshlar oilasining sistematik belgilari?
4.Gul tuzilishiga asosan guruxlariga bo’linishi?
5. Oilaning oilachalarga bo’linishi, asosiy vakillari?
3-ilova
Zig'irnamolar qabilasi — Linales
Qabila daraxt, buta yoki o't o'simliklardan iborat. Barglari navbat bilan yoki qarama-qarshi joylashgan, oddiy va ko'pincha butun, mayda yonbargchali yoki yonbargchasiz. Gullari (aniq) ikki jinsli yoki bir jinsli, aktinomorf yoki deyarli aktinomorf. Kosachabarglari sal tutashgan. Chanchisi ko'pincha 1 yoki 2 doirada, ba'zan 3 yoki 4 doirada joylashgan. Tugunchasi ustki. Mevalari asosan ko'sakcha. Zig'irnamolar qabilasiga 6 ta oila kiradi.


Zig'irdoshlar oilasi — Linaceae
Bu oilaga asosan o't o'simliklar, yarimbuta va butalar kiradi. Ular ayniqsa, mo'tadil va subtropik iqlimli hududlarda tarqalgan. Barglari oddiy, bandsiz, navbat bilan yoki qarama-qarshi joylashgan, yonbargchali yoki yonbargchasiz. Gullari ikki jinsli, aktinomorf. Kosacha va gultojibarglari (4)-5 ta. Urug'chisi 5 tadan. Tugunchasi ustki. Gul formulasi: Ca5 Co5 A5 G{5) . Mevasi ko'sakcha. Bu oilaga 6 turkum va 250 taga yaqin tur kiradi. O'rta Osiyoda 1 turkumga oid 9 turi, O'zbekistonda esa bitta turkumga mansub 5 turi tarqalgan Zig'ir (Linum) turkumi. Turkumga bir yillik va ko'p yillik o't o'simliklar kiradi. Poyasi shoxlangan, nashtarsimon barglar bilan qalin qoplangan. Gullari aktinomorf, havorang, sariq, ba'zan pushti. Kosachasi va gultojibargi 5 tadan. Changchisi 5 ta. Urug'chisi 5 ta. Mevasi ko'sakcha.
O'rta Osiyoda 9 turi, O'zbekistonda 5 turi o'sadi. Yowoyi zig'ir — ko'p yillik o't. Bo'yi 30—70 sm. Barglari qalami-nashtarsimon yoki deyarli qalami, bandsiz, uzunligi 10—35 mm, eni 1—3 mm. To'pguli shingil. Gullari to'q havorang. Mevasi — ko'sakcha.



Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə