4-semestr O‘quv-uslubiy majmua toshkent – 2014


G'ijjaknamolar qabilasi — Potamogetonales



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə59/63
tarix22.03.2024
ölçüsü0,89 Mb.
#181649
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63
23477 4.1. Маъруза 4-семестр Word

G'ijjaknamolar qabilasi — Potamogetonales


G'IJJAKDOSHLAR OILASI — POTAMOGETONACEAE


Bu oila vakillari suv o'simliklari bo'lib, suvga ko'milib yoki suv betida suzib yuruvchi ko'p yillik o't o'simliklardir. Ba'zi turlarining barglari bug'doydoshlarnikiga o'xshash tasmasimon, boshqalarniki esa 2 xil bo'ladi. Suzuvchi bargi ellipssimon, suvga botib o'sadiganlarida esa tasmasimon bo'lib, ular lolasimonlar uchun xos bo'lmagan qinsimon yonbarglar bilan o'ralgan. Gullari mayda, bir yoki ikki jinsli, bir uyli. Gulqo'rg'on bargchalari changchisi va urug'chisi 4 tadan yoki reduksiyalanishi natijasida bitta bo'lib qoladi. Gul formulasi: P4 A4 G4. Mevasi yong'oqcha yoki danakli to'pmeva Oila 2 ta turkum va 100 turdan iborat. O'rta Osiyoda bitta turkum, 16 turi, O'zbekistonda bitta turkum va 10 turi tarqalgan.
G'ijjak (Potamogeton) turkumi. Turkumga vakillari ikki jinsli, ko'p yillik o'simliklar kiradi. Gulqo'rg'on barglari, changchi va u urug'chilari 4 tadan. Suvda va botqoqlarda o'sadi. O'zbekistonda keng tarqalgan.
Yaltiroq g'ijjak, qunduz quloq — Potamogeton luceus barglari juda yirik, uzunligi 30 sm, eni 4—5 sm, nashtarsimon yoki ellipssimon o't yonbarglari 8—10 sm uzunlikda. Cho'l va adirlarda, koi va daryolarida o'sadi.
Yashilgulnamolar qabilasi — Najadales


YASHILGULDOSHLAR OILASI — NAJADACEAE
Bu oilaga suvga ko'milgan holda o'suvchi sershox o't o'simliklar kiradi. Ikki yoki bir uyli. Barglari qalami, poyada 3 tadan halqa bo'lib o'rnashgan, yaprog'ining chetlari o'yilgan yoki arra tishli. Gullari mayda. Gulg'o'rg'oni oddiy, kosachasimon, changchisi bitta yoki ikkita, urug'chisi bitta, suv ostida changlanadi. Bu oila bitta turkum va 40—50 turdan iborat. O'rta Osiyoda va O'zbekistonda 3 turi o'sadi.
Yashilgul (Najas) turkumi. Ikki yoki bir uyli, bir yillik o't o'simliklardan iborat.
Dengiz yashilguli Najas marinaning bo'yi 30—60 sm, poyasi ingichka, sershox o'simlik. Barglarining cheti va ostki tomonidan tikanlari bor. Ko'l va daryolar toshishi natijasida hosil bo'ladigan ko'lchalarda o'sadi.


3-ilova


БЛИЦ- ЎЙИН






Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə