406- guruh talabasi Tursunova Charos Mavzu: Genetikaning nazariy va amaliy ahamiyati. Genetika



Yüklə 50,19 Kb.
səhifə2/2
tarix09.10.2023
ölçüsü50,19 Kb.
#126399
1   2
Mavzu Genetikaning nazariy va amaliy ahamiyati. Genetika

Diskret nasldorlik va Mendel qonunlari


Asosiy maqola: Mendel nasldorligi

Organizmlardagi nasldorlikning fundamental birligi „gen“ deb ataluvchi diskret


vositalardir. Bu fundamentallikni ilk bor Gregor Mendel kuzatdi;


u noʻxat oʻsimligidagi nasldorlikni oʻrganayotgan edi. U oʻz tajribalarida noʻxat


gullari doimo yo pushti, yoki oq boʻlishini, va hech qachon aralash rangli boʻlmasligini aniqladi. Genning ushbu farqli shakllari „allellar“ deb ataladi.


Noʻxat gullari bilan bogʻliq vaziyatda har bir organizm har bir gendan ikkitadan allelga ega va bir oʻsimlikka bir ajdoddan bitta allel oʻtgan. Aksar organizmlar, shu jumladan odamlar ham, diploiddirlar, yaʼni bir gendan ikki dona allelga egalar. Bir
allelning ikki nusxasiga ega organizmlar „gomozigota“, ikki turli allelga ega

organizmlar esa „geterozigota“ deyiladi.


Berilgan organizm uchun mavjud allellar toʻplami „genotip“, oʻsha allellar tufayli


paydo boʻluvchi xususiyatlar (masalan, noʻxat gʻunchasi rangi) „fenotip“ deyiladi.


Geterozigotik organizmlarda bir allel „dominant“ deb nomlanadi, dominant allel


fenotipni belgilaydi; boshqa allel esa „retsessiv“ deyiladi, uning taʼsiri fenotipda


kuzatilmaydi. Dominant allelni biror bosh harf bilan, retsessiv allelni esa oʻsha


harfning kichigi bilan belgilash qabul qilingan. Baʼzi allellar mutlaq dominant boʻlmay, fenotipga toʻliq taʼsir etmaydi.


Organizmlar nasl qoldirganda, avlod organizmlar ajdodlardan tasodifiy allellarni saqlab qolishadi. Shunday tasodifiy nasldorlik kombinatsiyasi Punnett kvadrati deb
ataluvchi sxemada koʻrsatilishi mumkin. Allellar segregatsiyasi orqali kechuvchi diskret nasldorlikning bunday kuzatuv natijalari „Mendel’ning birinchi qonuni“ yoki
„Segregatsiya qonuni“ deyiladi.


Yüklə 50,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə