4soat O‘zbekistonda rayonlashtirilgan qovoq navlari tasnifi



Yüklə 30,25 Kb.
səhifə2/4
tarix09.02.2023
ölçüsü30,25 Kb.
#100552
1   2   3   4
17-amaliySabPol (1)

Yirik mevali qovoq (Cucurbita maxima Duch.) to‘rtta kenja turga bo‘linadi:

  • Eski dunyo qovog‘i (ssp. maxima). O‘zbekistonda keng ekiladigan, mevasi yassi, dumaloq, tuxumsimon va cho‘zinchoq shaklda bo‘ladi. 8 ta tur-xilga bo‘linadi: qishki qovoq (Ispan 73 navi), oq mevali, tuxumsimon, kulrang mevali

qovoqlar, mamont qovog‘i, golland qovog‘i, kitsimon, mayda mevali qovoqlar shular jumlasidandir;

  • Amerika qovog‘i (ssp. americana). Bir muncha kechpishar, palagi uzun, juda qattiq tuklar bilan qoplangan. 7 ta tur-xilga bo‘linadi: pildiroqsimon qovoq, chili, boliviya, peru, braziliya qovoqlari, banansimon qovoq va tupli qovoq shular jumlasi-dandir;

  • Xitoy qovog‘i (ssp. turbankurbus). Kuchsiz o‘sadigan o‘simliklar bo‘lib, mevasi mayda va o‘rtacha kattalikda, sallasimon shaklda. 4 ta tur-xilga bo‘linadi: yirik sallasimon, o‘rta sallasimon, mayda sallasimon qizil qovoq va mayda mevali yashil qovoq;

  • Yovvoyi holda o‘suvchi qovoq (ssp. andreana). Mevalari juda may-da (100-200

g) va achchiq bo‘ladigan o‘simliklardir.
Muskat qovoq (Cucurbita moschata Duch.). Uzun palakli shakllarni birlashtiradi, meva bandi qirrali bo‘lib, mevasi tomon kengayib boradi. Mevalari katta-kichikligi, rangi va shakli jihatdan har xil, eti qattiq, hidli va olovrang tusda bo‘lib, o‘z ichiga 6 ta kenja turni birlashtiradi:

  • Turkiston qovog‘i (ssp. moschata) mevalari cho‘ziq shaklda sal segmentlangan. 6 ta tur-xilga: barmoqsimon, ingichka bel qovoq (Palov kadi, Qashqar 1644 navlari shu kenja turga kiradi), xi-toy qovog‘i, noksimon qovoq, ko‘zasimon qovoq, neopolitan qovoqlariga bo‘linadi;


  • Yüklə 30,25 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə