5- amaliy mashg’lot. Elektron tarozi yordamida barglardagi kunlik transpiratsiya jadalligini aniqlash



Yüklə 198,48 Kb.
səhifə4/6
tarix19.04.2023
ölçüsü198,48 Kb.
#106408
1   2   3   4   5   6
5- Fiz.amaliy mashg\'ulot

51-rasm. O’simlik ildizlari orqali tuproqdan olingan suvning havoga uzatilishida qatnashuvchi asosiy harakatlantiruvchi kuchlar

Suvning o’simlik tanasiga kirishi va sarflanishi suv muvozanati deyiladi. Ularning miqdori bir-biriga mos keladi. Ammo, yozning issiq-jazirama kunlarida transpirasiyaning miqdori ortadi va qabul qilinayotgan suv bug’lanayotgan suvning o’rnini bosa olmaydi va nisbiy tengsizlik paydo bo’ladi. Bu suv taqchilligi deyiladi. Yuqoridan suvni harakatga keltiruvchi kuch transpiratsiya natijasida hosil bo’ladi. Transpiratsiya haroratga, o’simlik turiga va yashash sharoitlariga bog’liqdir. Avval aytib o’tganimizdek, transpiratsiya ikki jarayondan, ya'ni suvning barg tomirchalari orqali mezofil yuqori qatlami hujayralarga harakati va suvning hujayra devorlaridan hujayra oraliqlariga, so’ngra esa barg og’izchalari orqali atmosferaga diffuziyalanishidan iboratdir. Bu holat labchali transpirasiya deyiladi. Agar suv epidermis hujayralari devorlari orqali atmosferaga bug’lansa kutikulyar transpiratsiya deyiladi. Bundan tashqari ko’proq tuproq qish faslida bo’ladigan va daraxtlar tanasidagi yasmiqchalar orqali bo’ladigan transpiratsiya ham mavjud. Bu transpiratsiya peridermal transpiratsiya deyiladi.


Labchali transpirasiyada barg og’izchlari (labchalari) suvbug’i, CO2 va O2 uchun asosiy o’tkazuvchi yo’l hisoblanadi. Barg og’izchalari uning ikki tomonidayoq faqat bir tomonida bo’lishi mumkin. Masalan, karam barglarining ustki epidermisida barg og’izchalarining soni 14100 dona/sm2 bo’lsa pastki tomonida 22600 dona/sm2 atrofida bo’ladi. Boshqa o’simliklar uchun ushbu ko’rsatkichlar quyidagicha bo’lishi mumkin. Ammo shuning bilan birgalikda labchalar faqat bargning bir tomonida joylashgan o’simliklar ham mavjud. Masalan, zirk (2200 dona g/sm2), olcha (24000 dona g/sm2), dub (14000 dona g/sm2), qorayong’oq (46000 dona g/sm2), siren (33000 dona g/sm2), olma (40800 dona g/sm2) kabi o’simliklarda barg og’izchalari faqat bargning pastki qismida joylashgan. Umuman labchalarning barg yuzasidagi ulushi 0,52-5,28% atrofidadir. Masalan, bug’doy bargida labchalar uning umumiy maydonidan 0,52% ni tashkil qilsa, loviyada ushbu ko’rsatkich 3,13% kungaboqar va olma barglarida 5,28% atrofidadir. Agar labchalar bargning ikki tomonida ham joylashgan bo’lsa bunday barglar amfistomatik barglar deyiladi. Pastki epidermisda joylashgan bo’lsa gipostomatik va ustki tomonda joylashgan bo’lsa epistomatik barglar deyiladi.
Barglardagi transpiratsiya jarayonining jadalligi har xil ammo, labchali transpirasiyaning eng ko’p miqdori suvda suzuvchi va botqoqlik o’simliklarida kuzatiladi. Yer ustki o’simliklari orasida eng ko’p miqdordagi labchali transpiratsiya quyoshli joylarda o’suvchi o’t o’simliklarda kuzatiladi. Soya parvar o’simliklar ularga nisbatan ikki baravar kam suv bug’lantiradi. Butalar va daraxtlar esa bulardan ham kam suv yo’qotadi. O’simlik gullarida labchalar juda kam bo’lganligi tufayli nisbatan oz miqdorda suv bug’lantiradi ular uzib olgan holda ham suvli muhitda uzoq vaqt o’z holatini saqlab qolishi mumkin.

Yüklə 198,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə