5-dars nazariy savollarga javoblar


) Psixik rivojlantirish va psixokorrektsiya ishlari -



Yüklə 22,45 Kb.
səhifə3/3
tarix28.11.2023
ölçüsü22,45 Kb.
#133176
1   2   3
5-dars

4) Psixik rivojlantirish va psixokorrektsiya ishlari - amaliy psixologik xizmat doirasida talabalarning psixik taraqqiyotidagi, xulq-atvor, muomalasidagi nuqsonlar hamda kamchiliklarni asta-sekin tuzatish, korrektsiya qilish dasturi ishlab chiqiladi va amaliyotga tatbiq etiladi. Buning uchun ular bilan maxsus mashg’ulotlar o’tkazadi, ijodiy qobiliyatlarni o’stirish maqsadida treninglar olib boradi. Korrektsion faoliyatning psixologik qismi mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi. Rivojlantiruvchi va korrektsion ishlar psixolog tomonidan har xil shakllarda, vaziyatlarda hal qilinadi: - amaliy psixologning maxsus individual ishi; - talabalar guruhiga tarbiyaviy ta`sir o’tkazishga yo’naltirilgan mashg’ulotlar; - ota-onalar, pedagogik jamoa ishtirokida tarbiyaviy tadbirlar tarzida mashg’ulotlar olib borish. 5Psixologik konsultatsiya - talabalar ta`lim va tarbiyasi bilan shug’ullanuvchi barcha shaxslarga, jumladan ma`muriyat, o’qituvchilar, ota-onalar, ijtimoiy va jamoatchilik tashkilotlari xodimlariga aniq maslahatlar berish; - ta`lim, taraqqiyot, tarbiya, kasb tanlash va turmush qurish, o’zaro munosabat, muomala va muloqot sirlari, tengdoshlar munosabati, masalan, dunyoqarash, qobiliyat, iqtidor muammolari yuzasidan individual, guruhiy, jamoaviy tarzda maslahatlar uyushtirish. 3.2. Psixologik xizmat metodlari turlicha bo’lishi mumkin: a) psixologik madaniyatni o’stirish va targ’ib qilish maqsadida universitet professor-o’qituvchilari, talabalar bilan ma`ruzalar turkumi va trening mashg’ulotlari o’tkazish, ularni tarqatish; b) ilmiy-ommabop adabiyotlarni yaratish; v) ommaviy axborot vositalarida chiqishlar; g) psixodiagnostik tadqiqotlar o’tkazish, metodikalar ishlab chiqish (test, savol varaqasi, tajriba, kuzatish, suhbat va boshqalar); d) psixologik maslahat berish; ye) pcixologik konsiliumlar o’tkazish. Uning ish rejasi prorektor tomonidan tasdiqlanadi va nazorat qilinadi.

3. Ma’lumki, zamonaviy psixologik xizmat asoslari fanining bosh maqsadi ta’lim – tarbiya muhitidagi o’quvchilar hamda talabalarning individual imkoniyatlari o’rganish hamda o’quv faoliyatining intellektual, kognitiv, emosional, motivasion jihatlarini ilmiy jihatdan tekshirishdan iboratdir. Bundan tashqari, ta’lim tarbiyadagi buzilishlarning psixologik sabablarini aniqlash, shaxsdagi xulq-atvor buzilishlarni yo’qotish hamda uni oldini olishning psixologik chora-tadbirlarini ishlab chiqish masalalarini ham maqsad qiladi. Qoidaga ko’ra, psixologik xizmat tashkil etish yosh va pedagogik psixologiya, psixodiagnostika, psixokorreksiya, psixologik maslahat sohasida umumpsixologik va maxsus psixologik bilimlar olgan mutaxassislar (psixolog) tomonidan amalga oshiriladi.



4. Psixologlar odatda organizmni ongning asosi deb hisoblashadi, shuning uchun ham hayotiy muhim soha hisoblanadi. Psixiyatristlar va nevroopsikologlar ong va tananing interfeysida ishlaydi. Bilogiya psixologiya, shuningdek fiziologik psixologiya deb nomlanuvchi yoki neuropsixologiyada xulq-atvor va aqliy jarayonlarning biologik substanslarini oʻrganiladi. Ushbu sohadagi asosiy tadqiqot mavzularni insonni boshqa hayvonlarga nisbatan oʻrganadigan qiyosiy psixologiya, shuningdek, hissiyotlarning fizik mexanizmini, shuningdek, neyron va ruhiy ishlov berishni oʻz ichiga oladi. Asrlar mobaynida biologik psixologiyada asosiy masala miyadagi funktsional funktsiyalarni qanday joylashtirish mumkinligi va qanday qilib joylashtirilishi edi. Zamonaviy nevropsikologiyani 1870-yillarda Frantsiyada Pol Broca chap frontal girusga nutq ishlab chiqarishni kashf etgan va bu bilan miya funktsiyasining yarim sharni lateralizatsiyasini namoyish etgan. Koʻp oʻtmay, Karl Vernicke nutqni tushunish uchun zarur boʻlgan sohani aniqladi.
Rahimjonov Mirjalo 208 b
Yüklə 22,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə