5 International journal of theoretical and practical research Scientific Journal Year: 2022 Issue: Volume: Published



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/15
tarix26.10.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#131262
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
zamonaviy-sharoitda-o-zbekistonda-innovatsion-faoliyatning-holati-va-va-uni-rivojlantirishning-ustuvor-yo-nalishlari

SJIF 2021:5.5
 
License type supported CC: Attribution 4.0 International (CC BY 4.0)
 
17
Shuning uchun O’zbekiston sanoat korxonalarini boshqarishning dolzarb 
muammolaridan biri bo’lib, innovatsion faoliyatni kerakli sifat va miqdor darajasiga 
erishtirishdan iboratdir. 
Zamonaviy haqiqatda
mamlakatda innovatsion faoliyatni jonlantirish nafaqat 
iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, iqtisodiyotni sog’lomlashtirish va kelgusi rivojlanishi 
uchun sharoit yaratish, biznes rivojlanish sur'atlarini tezlashtirish, shu bilan birga 
yetakchilikni mustahkamlash va raqobatchilardan o’zib ketish, shuningdek, biznesning 
butun yo‘nalishlarini iqtisodiy jihatdan amaliy bo‘lmagan radikal innovatsiyalar joriy 
etilgan taqdirda sohaga zarar yetkazilishidan o‘z vaqtida himoya qilish uchun ham 
kerakdir.
 
 
 
Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili 
Iqtisodiyot nazariyasiga "innovatsiya" atamasi XX asr boshlarida avstriyalik Iosif 
Shumpeter tomonidan kiritilgan. 1970-yillarning boshlarida mikroelektronika
kompyuter texnologiyalari va nozik kimyoviy texnologiyalarning rivojlanishi natijasida 
innovatsiyalarning iqtisodiy rivojlanishga ta’siriga qiziqish keskin kuchaydi, bu ilmiy 
tadqiqotlar butun tarmoq va milliy iqtisodiyotlar raqobatbardoshligini ta’minlovchi 
harakatlantiruvchi kuchga aylanishini yaqqol ko’rsatdi. 
Psixologlar, sotsiologlar, huquqshunoslar, menejment va marketing bo’yicha 
mutaxassislar muhokamaga qo’shilgandan so’ng, ilmiy va texnik natijalarni amaliy 
faoliyatga joriy etish jarayoni yoki natijasi sifatida innovatsiyaga dastlabki yondashuv 
(innovatsiyalar nazariyasi klassiklarining qarashlarida) sezilarli darajada o’zgardi. 
“Innovatsiya” atamasidan foydalanishning gumanitar fanlar va faoliyat sohalarini, 
masalan, sotsiologiya, tibbiyot, siyosatshunoslikni qamrab olish uchun kengayishi yangi 
ta’riflar oqimini keltirib chiqardi. 
"Innovatsiya" va "innovatsion faoliyat" tushunchalari O’zbekistonda 1992 yildan 
beri iqtisodiy amaliyotda keng qo’llanila boshlandi. Ko’pgina mahalliy qonun hujjatlarida 
innovatsion faoliyat o’ziga xos ilmiy-texnikaviy faoliyat sifatida taqdim etiladi.
Zamonaviy ilm-fanda "innovatsiya" va “innovatsion faoliyat” tushunchasiga ta’rif 
berishga bir qancha yondashuvlar mavjud. Ba’zi mualliflar buni innovatsiyalarni yaratish 
va ishlab chiqarish uchun yagona jarayonda o’zaro bog’langan 28 xil turdagi ishlarning 
majmuidan iborat bo’lgan maqsadli va ijodiy faoliyat deb ta’riflaydilar, boshqalari 
ta’kidlashlaricha, innovatsiya - bu foyda olish maqsadida innovatsiyadan foydalanish 
jarayoni, tijorat maqsadlarida, ya’ni bu tadbirkorlik faoliyati, boshqalar innovatsion 
faoliyatni yangi bilimlarni olish va uni bozorning boshqa ishtirokchilari tomonidan 
amalga oshirish bilan bog’liq tijorat faoliyati deb bilishadi.
1
SHuningdek, ushbu ishda innovatsion faoliyat deganda “mahsulot assortimentini 
kengaytirish va yangilash va sifatini oshirish, ularni ishlab chiqarish usullarini 
takomillashtirish maqsadida ilmiy-tadqiqot va ishlanmalar natijalaridan foydalanish va 
tijoratlashtirishga qaratilgan faoliyat” tushuniladi deb aytib o’tilgan.
2
1
Волынкина, М.В. Правовое регулирование инновационной деятельности: проблемы теории / М.В. Волынкина.- М.: 
Аспект-Пресс, 2007. – 192 с. 
2
Волынкина, М.В. Правовое регулирование инновационной деятельности: проблемы теории / М.В. Волынкина.- М.: 
Аспект-Пресс, 2007. – 192 с. 



Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə