5 International journal of theoretical and practical research Scientific Journal Year: 2022 Issue: Volume: Published



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/15
tarix26.10.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#131262
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
zamonaviy-sharoitda-o-zbekistonda-innovatsion-faoliyatning-holati-va-va-uni-rivojlantirishning-ustuvor-yo-nalishlari

1-
 
diagramma. Oliy ta’lim tashkilotlari soni 
Keyingi besh yilda oliy ta’limga qabul kvotasi 3 barobar oshirilib, joriy yilda 182 
ming nafar yoshlar uchun talaba bo’lish imkoniyati yaratildi. Bu – umumiy qamrov 28 
foizga yetdi. 4 yil avval bu raqam atigi 9 foizni tashkil etardi. Bu borada davlat grantlari 
21 mingtadan 47 mingtaga ko’paytirilgan. 


SJIF 2021:5.5
 
License type supported CC: Attribution 4.0 International (CC BY 4.0)
 
21
Innovatsion rivojlanishni qo'llab-quvvatlash bo'yicha maqsadli chora-tadbirlar amalga 
oshirildi: 
O‘zbekistonda fan va innovatsiyalar bo’yicha barcha jarayonlarni amalga oshirish 
va muvofiqlashtirish bilan shug’ullanish uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 
2017 yil 29 noyabrda «O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligini 
tashkil etish to’g’risida»gi PQ3416-sonli qarori bilan innovatsion rivojlanish vazirligi 
tashkil etilgan. Vazirlik O’zbekiston Respublikasini innovatsion va ilmiy-texnik 
rivojlantirish sohasida jamiyat va davlat hayotini har tomonlama rivojlantirishga, 
mamlakatning intellektual va texnologik salohiyatini oshirishga qaratilgan yagona davlat 
siyosatini amalga oshiruvchi davlat boshqaruv organiga aylandi.
Innovatsiyani rivojlantirish bo’yicha so’nggi besh yilda 
turli tarmoqlardagi 
innovatsion va ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, o‘zining ishlanmalari, o‘sish 
nuqtalarini izlash bilan shug‘ullanuvchi 
10 ga yaqin davlat byudjetidan 
moliyalashtiriladigan quyidagi tashkilotlar tashkil qilindi: 
1.
Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo’llab-quvvatlash jamg’armasi. 
2.
Xalqaro molekulyar allergologiya markazi. 
3.
"Yashnobod innovatsion texnoparki" DUK. 
4.
Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi milliy ofisi. 
5.
Ilg’or texnologiyalar markazi. 
6.
“Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi” DUK. 
7.
Ilmiy-texnik axborot markazi. 
8.
"Yoshlar innovatsiya markazi" DUK. 
9.
"Innovatsiya texnologiyalari markazi" MCHJ. 
10.
"Innovatsiya, texnologiya va strategiya" markazi. 
Bugungi kunda innovatsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish, ilmiy 
texnik faoliyatni qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish, mamlakat ilmiy salohiyatining 
raqobatbardoshligini oshirish tizimining asoslari O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 
2018 yil 21 sentyabrdagi
 
“2019 — 2021 yillarda o’zbekiston respublikasini innovatsion 
rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to’g’risida” gi PF-5544-sonli, 2020 yil 29 
oktyabrdagi “Ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash 
to’g’risida” gi PF-6097-sonli, 2021 yil 1 aprel kungi “Ilmiy va innovatsion faoliyatni 
rivojlantirish bo’yicha davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to’g’risida” gi
 
PF-
6198 sonli Farmonlariga, shu bilan birga O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 
yil 

noyabrdagi 
“Ilmiy-tadqiqot muassasalarining infratuzilmasini yanada 
mustahkamlash va innovatsion faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi 
PQ-3365-sonli, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 noyabrda 
«O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etish to’g’risida»gi 
PQ-3416 - sonli, 2018 yil 27 aprelda «Innovatsion g’oyalar, texnologiyalar va loyihalarni 
amaliy joriy qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlar to’g’risida» PQ-
3682-sonli Qarorlari hamda 2020 yil 24 iyuldagi O’zbekiston Respublikasining 
“Innovatsion faoliyat to’g’risida” gi
 
O’RQ-630-sonli Qonuniga asoslanadi.
Yuqoridagi qonun, farmon va qarorlar ilmiy-tadqiqot institutlari faoliyatini yanada 
takomillashtirish, moddiy-texnik va laboratoriya - eksperimental bazani mustahkamlash, 



Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə