to’qima hujayralarida hosil bo’lgan organik moddalarni qabul qilish va uni bargning
o’tkazuvchi bog’lamlariga o’tkazishdan iborat.
Bargni ko’ndalang kesimida tomirlari ustki va pastki tomondan epidermis
bilan qoplanganligini, uning ostida esa kollenxima hujayralari joylashganligini
ko’rish mumkin. Tolalarning ma'lum qismini asosiy
parenxima hujayralari
egallagan bo’lib, ular orasida ayrim tolali naychalar bog’lami bo’ladi. Uning yuqori
qismi yog’ochlik hujayralaridan, pastki qismi esa lub elementlaridan iborat bo’ladi.
Bog’lamlar poyada qanday joylashsa, barg tomirlarida ham xuddi shunday
joylashadi. Bog’lamlarning eng ko’pi bargning asosida bo’lib, barg uchiga tomon
esa maydalashib boradi va nihoyat barg plastinkasining eng chetiga yog’ochlikning
bittagina naychasi etib boradi. Shu sababli suv naycha bo’ylab barg plastinkasining
eng chetigacha etib boradi, etning naycha atrofidagi cho’zinchoq
hujayralari esa
fotosintez mahsulotlarini bargning eng uchidan boshqa qismlariga oqib borishini
ta'minlaydi. Bir pallali o’simliklar bargining mexanik to’qimalari sklerenximadan,
ikki pallali o’simliklar barginiki esa kollenxima va tosh hujayralaridan iborat.
Mexanik to’qimalar naychalar bog’lami bilan birgalikda joylashib ularni pishiq
qilsa, tosh hujayralar barg bandi va tomirlarini qattiq qiladi.
Mezofill, odatdagi dorzoventral tuzilishli barglar
morfologik va qisman
fiziologik tomonidan farq qiluvchi ikki turdagi ustunsimon va bulutsimon
to’qimalardan tashkil topadi. Parenxima mezofillning faol fotosintez jarayonini
amalga oshiruvchi to’qimasidir. Ko’pchilik o’simliklarda u bir qavatli bo’lib, ikki
va ko’p qavatlilari ham uchrab turadi. Parenxima to’qimaning ko’p qavatligi
o’simlikning yorug’sevarlik belgisi hisoblanadi. Bulutsimon
parenxima nisbatan
dumaloq va ko’p sondagi hujayra oraliqlariga ega. Hujayrada xloroplastlar soni ham
kamroq. Bargdagi o’tkazuvchi boylamlar yopiq kollaterial turdadir. Ba'zan ikki
pallali o’simliklarning asosiy tomirlarida floema bilan ksilema o’rtasida kambiy
uchraydi, ammo u faollik ko’rsatmaydi. Ksilema boylamlari bargning ustki
tomoniga, floema boylamlari esa ostki tomonga qaragan bo’ladi.
Bargning ichki tuzilishi ekologik sharoitga mos ravishda o’zgaradi. Sukkulent
hisoblangan igna bargli o’simlik qarag’ayning bargi tashqi tomondan qo’shimcha
himoya qobig’i gipodermaga ega. Barg mezofilli bir-biriga zich joylashgan burmali
parenxima hujayralaridan iborat. Mezofill hujayralari orasida sklerenxima halqasi
bilan o’ralgan smola yo’llarini ko’rish mumkin. Bargning
markazida endoderma
bilan o’ralgan kollatyeral o’tkazuvchi boqlamlar joylashadi.
Dostları ilə paylaş: