5-ma’ruza korxonalarining mehnat resurslari



Yüklə 50,43 Kb.
səhifə2/4
tarix28.11.2023
ölçüsü50,43 Kb.
#137836
1   2   3   4
5маъруза (2) (2)

5.3.Mehnat unumdorligi
Xo‘jalik samaradorligini baholash, korxonada foydalaniladigan resurs turlari bo‘yicha amalga oshirilishi va miqdor jihatidan o‘lchanishi mumkin. Masalan: ish kuchidan foydalanish samaradorligini mehnat unumdorligi va mahsulotning mehnat sig῾imi ko‘rsatkichlari yordamida baholash mumkin. Mehnat unumdorligi - inson mehnatining muayyan vaqt ichida ozmi - ko‘pmi mahsulot ishlab chiqarish qobiliyatidir.
,
bu yerda
Mu - mehnat unumdorligi;
Q - mahsulot hajmi qiymat ko‘rinishida;
Is - ishchilar soni.
Mehnat sigimi - mehnat unumdorligiga teskari kattalik bo‘lib, sarflangan mehnat miqdorining ishlab chiqarilgan mahsulot hajmiga nisbati bilan aniqlanadi. Mehnat unumdorligi – insonning muayyan vaqt ichida ozmi-ko‘pmi mahsulot ishlab chiqarish qobiliyatidir.
.
Bozor munosabatlari sharoitida korxonaning kadrlar siyosati.
Korxona ishlab chiqarish faoliyatining joriy va istiqboldagi strategiyasi kadrlar siyosati bilan chambarchas bog῾liq bo‘lib, u quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • ish kuchini yollash, joylashtirish va rejalashtirish;

  • xodimlarni o‘qitish, tayyorlash va malakasini oshirish;

  • kadrlarni xizmat lavozimlari bo‘yicha yuqori pog῾onaga ko‘tarish;

  • yollash shartlari, mehnat va unga haq to‘lash sharoitlari;

  • mehnat jamoasida qulay ruhiy muhitni yaratish.

Kadrlar siyosati birinchi o‘rinda insonni ishlab chiqarish va turmushdagi yangi axloqini shakllantirish, ikkinchidan, novatorlik va yuqori mehnat unumdorligiga manfaatdorligini rivojlantirishi lozim.
Korxonaning kadrlar siyosati amaliyotda faqat ichki vazifa va muammolarni hal qilishdan tashqari, bandlik sohasida davlat siyosatiga tayanadi va quyidagilarni ko‘zda tutadi:

  • fuqarolarning mehnat huquqi va kasb tanlash erkinliklarini amalga oshirishda bir xil imkoniyatlarga ega bo‘lishini ta῾minlash;

  • fuqarolarning mehnat va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning ishlab chiqarish qobiliyatlarini rivoylantirishga bandlik sohasidagi faoliyatni iqtisodiy va ijtimoiy faoliyatining boshqa yo‘nalishlari bilan uyg῾unlashtirish orqali ko‘maklashish;

  • mehnat faoliyati davrida va nafaqaga chiqqandan so‘ng ham xodimlarning ijtimoiy muhofazasini ta῾minlash;

  • aholi bandligi muammolarini yechishda, qo‘shma korxonalar tuzish va ishlab chiqarish bilan bog῾liq loyihalarni amalga oshirish yo‘li bilan xalqaro hamkorlik yuritish va boshqalar.

Korxonalarda mehnatga haq to‘lash, ish haqining turlari



Yüklə 50,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə