5-ma’ruza korxonalarining mehnat resurslari


Sanoan korxonalarida ish haqini tashkil qilish



Yüklə 50,43 Kb.
səhifə3/4
tarix28.11.2023
ölçüsü50,43 Kb.
#137836
1   2   3   4
5маъруза (2) (2)

5.4. Sanoan korxonalarida ish haqini tashkil qilish
Ish haqi - har bir xodimning sarflagan mehnati miqdori va sifatiga mos ravishda taqsimlanuvchi va xodim tasarrufiga pul shaklida kelib tushuvchi milliy daromadning bir qismidir.
Xodimlar mehnatiga haq to‘lash ishlab chiqarish jarayoniga jalb qilingan mehnat resurslarining bahosidir. Ish haqi - mahsulot ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining korxona xodimlari mehnatiga haq to‘lash uchun sarflanuvchi qismi.
Ish haqining nominal va real turlari mavjud:
Nominal ish haqi - xodimning ma῾lum bir vaqt mobaynida bajargan mehnati uchun hisoblangan va to‘langan ish haqidir.
Real ish haqi - nominal ish haqiga sotib olish mumkin bo‘lgan tovar va xizmatlar miqdori: real ish haqi - nominal ish haqining “iste῾mol qobiliyati”dir.
Korxonalarda ish haqi sohasidagi siyosatni ishlab chiqish va uni tashkil etishda quyidagi tamoyillarni inobatga olish zarur:

  • adolatlilik, ya῾ni bir xil mehnat uchun bir xil haq to‘lash;

  • bajarilayotgan ishning murakkabligi va mehnat malakasi darajasini hisobga olish;

  • mehnatning zararli sharoitlari va og῾ir jismoniy mehnatni hisobga olish;

  • sifatli, sidqidildan mehnat qilishni rag῾batlantirish, yo‘l qo‘yilgan yo‘qotishlar yoki o‘z majburiyatlariga mas῾uliyatsiz yondashishni moddiy jazolash;

  • mehnat unumdorligi sur῾atini o‘rtacha ish haqining o‘sish sur῾atlariga nisbatan tezroq o‘stirish;

  • ish haqi miqdorini inflyatsiya sur῾atlariga mos ravishda muvofiqlashtirish;

  • mehnatga haq to‘lashning korxona ehtiyojlariga to‘liq javob beruvchi ilg῾or shakl va tizimlarini qo‘llash.

Mehnatga haq to‘lashning ishbay va vaqtbay usullari mavjud.
Mehnatga ishbay haq to‘lash ishlab chiqarilgan mahsulot (bajarilgan ish, ko‘rsatilgan xizmat) uchun to‘lanadigan haqni anglatadi.
Korxonalarda faqat ishbay emas, balki ishbay - mukofotli haq to‘lashdan foydalaniladi. Mehnatga ishbay - mukofotli haq to‘lashda ishchi bajargan ishiga haq olishdan tashqari, mukofotga ham ega bo‘ladi. Mukofot asosan ma῾lum bir ko‘rsatkichlarga erishish - mahsulot ishlab chiqarish rejasini bajarish, mahsulot sifatini oshirish, xom ashyo va materiallarni tejash va shu kabilar uchun beriladi.
Mehnatga vaqtbay haq to‘lash tarif tizimida ko‘zda tutiluvchi ishlab berilgan vaqt - kalendar vaqt emas, balki me῾yoriy vaqt uchun to‘lanadigan haqni anglatadi.Vaqtbay - mukofotli haq to‘lashda ishchi ishlab bergan vaqtiga haq olishdan tashqari, ushbu ish haqiga ma῾lum bir foiz hisobida mukofot ham oladi.
Mehnatga haq to‘lashning akkord usuli ishbay haq to‘lashning bir turi bo‘lib, mohiyatiga ko‘ra, bunda bajarilishi kerak bo‘lgan ishlar muddatini ko‘rsatgan holda baholash amalga oshiriladi. Quyidagi hollarda akkord haq to‘lash tizimidan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Korxona biror-bir buyurtmani o‘z vaqtida bajara olmasa va buning uchun shartnomaga asosan katta miqdorda jarima to‘laydigan bo‘lsa, korxonani to‘xtab qolishiga sabab bo‘luvchi favqulodda vaziyatlar (yong῾in, sel, zilzila, suv toshqini yoki jiddiy sabablarga ko‘ra asosiy texnologik liniyalarning ishdan chiqish hollari) ro‘y berganda alohida ishlarni bajarishga zarurat tug῾ilganda yoki korxonada yangi asbob-uskunalar ishga tushirilganda.
Ishbay haq to‘lash shaklida ishchining ish haqi quyidagi formula bo‘yicha topiladi:

bu yerda
Ix - ishchining ishbay ish haqi;
Hm -mahsulot birligining ishbay narxi, so‘m;
ns - bayarilgan jarayon va tayyorlangan detal va buyumlar soni;
t - ish turlarining soni.
Misol : ishchi oy davomida 420ta buyum tayyorladi. Shundan 400ta buyumning bir donasi 500 so‘mdan va 20 ta buyumning bir donasi 3000 so‘mdan. Ishchining oylik maoshi 260000 so‘m.
= (400*500) + (20*3000) = 260000 so‘m,
Ishbay narxni quyidagi formula bo‘yicha aniqlash mumkin:
yoki
bu yerda:
Ts - mazkur razryadli, soatli, oylik tarif stavkasi.
Q - ishlab chiqarilgan mahsulot soni.
Vbr- mahsulot birligini tayyorlash uchun ketgan vaqt normasi.
Misol: bir soatda 4 dona detal ishlab chiqarilgan. Mazkur ish razryadi uchun bir soatlik tarif stavkasi 2000 so‘m belgilangan. Bitta mahsulot uchun ishbay narx 500.

Misol. Ishlab chiqarish bosqichini bajarish uchun 0,1 soat vaqt normasi belgilangan. 4-razryadli ishchining soatli tarif stavkasi 2000 so‘m. Bosqichning ishbay narxi

Vaqtbay haq to‘lashda ishchining ish haqi quyidagicha aniqlanadi:

bu yerda:
V - ishchining ishlab bergan vaqti
Agar ishchining soatli tarif stavkasi 2000 so‘m bo‘lib, u bir oyda 176 soat ishlab bergan bo‘lsa, unda ishchining ish haqi 352000 so‘mni tashkil qiladi.




Yüklə 50,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə