5-ma’ruza korxonalarining mehnat resurslari


Ishlab chiqarish resurslarining o‘zaro ta῾sir mexanizmi



Yüklə 50,43 Kb.
səhifə4/4
tarix28.11.2023
ölçüsü50,43 Kb.
#137836
1   2   3   4
5маъруза (2) (2)

5.5. Ishlab chiqarish resurslarining o‘zaro ta῾sir mexanizmi
Ishlab chiqarishni tashkil qilishni takomillashtirishdan maqsad, mehnat jarayonlari va ishlab chiqarishni moddiy resurslari bilan ishlab chiqarishga sarflangan vaqt o‘rtasidagi o‘zaro uyg῾unlikning samaradorligini ta῾minlashdan iborat. Sanoat korxonalarda ishlab chiqarishni tashkil qilish usullari mavjud texnika va texnologiyadan samarali foydalanish imkoniyatini aniqlaydi. Sanoat korxonasida mavjud bo‘lgan kadrlar saloxiyati va moddiy resurslardan foydalanib, yuqori mehnat unumdorligi va ishlab chiqarish samaradorligiga erishish uchun yangi texnika va texnologiyani ishlab chiqarishni tashkil qilishning eng rasional usullari bilan uyg῾unlashtirish lozim.
Ishlab chiqarishni tashkil etishni takomillashtirish asosida samaradorlikni oshirishning eng muhim masalalari:
1)Ishlab chiqarish jarayonlaridagi ayrim jarayonlarni operatsiyalarga ajratish va ularni sex, ishlab chiqarish uchastkalari, ishchi o‘rinlarga biriktirish.
2) Sex va ishlab chiqarish uchastkalari maydonlariga dastgohlarni ishchi o‘rinlarga mos holda joylashtirish.
3) Mehnat qurollarini ishlab chiqarish jarayonidagi operatsiyalar bo‘yicha kuzatish tartibini belgilash hamda ishlab chiqarish jarayonlarining to‘liq yoki bir qismi maromini hisoblash.
4) Belgilangan texnologik jarayonlar va ularning o‘zaro bog῾liqligi, mehnat qurollari harakati maromi va tartibiga qat῾iy rioya qilish.
5)Korxona va ularning ishlab chiqarish bo‘limlarida ishlab chiqarish jarayonlarini borishini nazorat qilish va operasion boshqarish.
6) Ishlab chiqarishni tashkil qilishni takomillashtirish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqish va ularni ishlab chiqarish jarayonlari maromi buzilgan uchastkalarga tadbiq qilishdan iborat.
Ishlab chiqarish samaradorligini korxonada mavjud bo‘lgan dastgoxlar, mexanizmlar va texnologik jarayonlar darajasida bir turdagi (unifikatsiyalangan) detallar va uzellardan mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etishni takomillashtirish hisobiga oshirish mumkin. Bu xattoki mayda seriyali va yakka tartibdagi ishlab chiqarish turiga seriyali va ommaviy ishlab chiqarishni qo‘llashga sharoit yaratadi.
Ishlab chiqarish samaradorligiga ishlab chiqarish jarayonida dastgoxlarni, mehnat qurollarini harakatlanishi bo‘yicha joylashtirish, detallar, yarim tayyor maxsulotlarning operatsiyalar o‘rtasidagi harakatini qisqartirishga imkon beruvchi buyum (predmet) prinsipi bo‘yicha ishlab chiqarish uchastkalarini tashkil qilish orqali oshirish mumkin. Ishlab chiqarishni ratsional tashkil etishda yuqoridagi va boshqa barcha tadbirlar katta miqdorda investitsiya talab kilmaydi.
Ishlab chiqarish unumdorligini keskin oshiradi, ishlab chiqarish siklini qisqartiradi, mahsulot tannarxini pasaytiradi. Bu esa, foydani va ishlab chiqarish rentabelligini oshiradi.
Ishlab chiqarishni rasional tashkil qilish texnik taraqqiyotning faol omillaridan bo‘lib, u nafakat texnikadan unumli foydalanish, balki texnika va texnologiyaga oid yangiliklar yaratishga sharoit yaratadi. Masalan: ommaviy ishlab chiqarishni potok usulida tashkil kilinishi ko‘p pozitsiyali dastgohlar va presslar hamda ko‘p sonli transport qurilmalari, turli xildagi konveyer sistemalarini yaratilishiga olib keladi.
O‘z navbatida texnik taraqqiyot ishlab chiqarishni tashkil qilishning roli va ahamiyatini keskin oshiradi. Zamonaviy korxonalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlarini ortib borishi ishlab chiqarishni murakkablashtiradi. Bir necha detallardan iborat bo‘lgan mahsulotlarni tayyorlash, ularni texnologiyasiga va uzellarni yig῾ish jarayonlarining aniqligiga bo‘lgan talablarni oshiradi.


Xulosa
Ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish omillaridan biri ish kuchidir.
Kadrlaming bilimi, ilmi va malaka darajasi mamlakat ishlab chiqarish kuchlarining eng muhim elementi, ya’ni unsuri hisoblanadi.
Shu sababli iqtisodiyot sohasidagi barcha muammolaming echimini topish va sanoat ishlab chiqarishni oldiga qo’yilgan vazifalami oqilona hal etish kadrlarga bog’liq ekanligi Respublika Prezidentining asarlarida qayta va qayta ta’kidlanadi.
Kadrlami tanlash, joy-joyiga qo’yish, tayyorlash va qayta tayyorlash masalasiga alohida e’tibor berilishi tufayli sanoatning izchil va barqaror rivojlanishiga erishilmoqda.
Xodimlaming moddiy manfaatdorligi tamoyilini hayotga izchillik bilan tatbiq etish sanoat taraqqiyotining muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Shu sababli sanoat ishlab chiqarishida mehnatga haq to’lashni yaxshilash va uning eng progressiv usullarini qollashga alohida e’tibor berilmoqda.


Nazorat savollari
1.Ishkuchiningboshqatovarlardanfarqi nima?
2.Ish kuchidan samarali foydalanishga ta῾sir etuvchi omillar nimalar?
3.Ishlab chiqarish faoliyatining strategiyasi nimalarni o‘z ichiga oladi?
4.Ish haqining qanday turlari mavjud?
5.Ish haqi sohasidagi siyosatni ishlab chiqish va uni tashkil etishda qanday tamoyillar inobatga olinishi lozim?
6.Mehnatga haq to‘lash usullari.
7.Nominal ish haqi va real ish haqi nima?
8.Mehnatga haq to‘lashning akkord usuli nima?
Yüklə 50,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə