5-Mavzu. Bakteriologik qurol о‘ta xavfli infeksiyalar. Reja



Yüklə 33,69 Kb.
səhifə6/12
tarix30.01.2023
ölçüsü33,69 Kb.
#99714
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
5 maruza (1)

Patogenezi – Kuydirgi mikrobi organizmga shilingan teri, me’da ichak shilliq pardalari va havo yo‘llari orqali o‘tadi. Odam organizmiga kirgan kuydirgi tayoqchasining vegetativformasini bir qismini fagotsitlar yutib oladi (fagotsitoz), kolganlari limfa va qon orqali organizmiga tarqaladi. Kuydirgi mikroblari jigar, taloq, o‘pka, ichak devori, teri osti biriktiruvchi to‘qimasiga etib boradi. Keyinchalik shu organlarda ular organizmni himoya kuchlari ta’sirida halok bo‘ladi yoki infeksiya o‘choqlarini paydo qiladi. Bemor organizmda pretsipitinlar, agglyutininlar, komplementni biriktiruvchi antitelalar hosil bo‘ladi. O‘lgan bemor jasadi yorib tekshirilganida qon quyilib, qorayib qolganligi, jigar va taloq kattalashganligi, to‘q – qizil rangdaligi ko‘rinadi. Boshqa organlarga qon quyiladi. Gemorragiya yuz bergan joylarda ko‘plab kuydirgi tayoqchalari topiladi.
Klinikasi – Kasallikning inkubatsion davri bir necha soatdan 6 – 8 kungacha cho‘ziladi, o‘rtacha 2 – 3 kun davom etadi.
Klinik turlari: teri va septik turi.
Teri turida kuydirgi karbunkuli (pustulamaligna) deb ham yuritiladi. Kuydirgi karbunkuli ko‘pincha, badanning ochiq erlarida (yuz, bo‘yin, qo‘llar) joylashadi. Kuydirgi tayoqchasi kirgan joyda avvalo qizil tuguncha (papula) paydo bo‘ladi. Bu tuguncha tez orada pufakchaga (vezikula) aylanadi.
Pufakcha ichida qon aralash seroz suyuqlik bo‘ladi. Pufakcha yorilgach, o‘rnida yara paydo bo‘ladi, bu yara tezda qotib, quriydi va qo‘ng‘ir rangli qora qo‘tir bilan qoplanadi. qora qo‘tir og‘rimaydi, lekin asta-sekin kattalashib boradi. Qora qo‘tir atrofida mayda pufakchalar paydo bo‘ladi, bu kuydirgiga juda xarakterlidir. Kuydirgi karbunkuli atrofidagi ancha joy shishib chiqadi.
Kasallikning birinchi kuni bemor badani qaqshab, ozgina bosh og‘riydi, darmonsizlik seziladi. Ikkinchi kuni bemor eti uvishib, qaltiraydi va tana harorati 39-40ga ko‘tariladi, bosh og‘rig‘i kuchayadi, uyqu buziladi, taxikardiya aniqlaniladi. Harorat 5-6kundan so‘ng pasaya boshlaydi, bemorning ahvoli yaxshilanadi, karbunkul ham qayta boshlaydi: avval shishi kamayadi, 2-3 hafta oxirida qora qo‘tiri ko‘chib tushadi va tagida chandiq ko‘rinadi.
Kuydirgi og‘ir o‘tganda kasallikning ikkilamchi septik xili boshlanishi mumkin.
Septik xili juda kam uchraydi. Kasallik alimentar yoki havo-tomchi yo‘li bilan yuqqan hollarda paydo bo‘ladi. Ba’zan teri xilining asorati tarzida ham uchraydi. Septik turi birdaniga boshlanadi. Bemor eti uvishib, qaltiraydi, harorati 39-40ga ko‘tariladi. Tez-tez nafas oladi, taxikardiya aniqlanadi. Ko‘pincha bemorning biqini sanchib, yo‘taladi va qon aralash balg‘am tashlaydi. Tekshirib ko‘rilganda pnevmoniya va ekssudativ plevrit belgilari aniqlanadi. Ba’zan infeksion toksik shok yuz beradi. Bemorning qoni va balg‘amida juda ko‘p kasallik mikroblari topiladi. Ba’zi bemorlar ko‘ngli aynab, qon aralash qusadi, qorni qattiq og‘riydi, qon aralash ichi ketadi. Ba’zi hollarda bemorda meningoensefalit belgilari paydo bo‘ladi.
Septik xilida bemorning ahvoli ko‘pincha og‘ir bo‘ladi. Tana harorati 40-41ga ko‘tariladi, bemorning ahvoli birdan og‘irlashib, qayta-qayta qaltiraydi, kuchli taxikardiya va terida gemorragik toshma paydo bo‘ladi, shilliq pardalarga qon quyiladi, bemor qon aralash balg‘am tashlaydi.
Bemor oldin sopor, keyin koma holatiga tushib, o‘lim yuzaga keladi.
Laboratoriya diagnostikasi :

  1. Bakteriologiya usul. Pufakcha suyuqligi, septik xilida bemor qoni, balg‘ami, axlati, siydigi maxsus ozuqa muhitlariga ekiladi.

  2. Bakterioskopik – tekshirishga kerak bo‘lgan materialdan surtma tayyorlanib, bo‘yaladi va mikroskop ostida ko‘riladi.

  3. Biologik usul – tekshiriladigan materialni fiziorlogik eritma bilan 10 barobar suyultirib, undan 0,1-0,2ml olinadi va oq sichqon yoki dengiz cho‘chqasining terisi ostiga yuboriladi. Ular 10 kun kuzatiladi. Agar materialda kuydirgi mikrobi bo‘lsa, hayvonlarda sepsis rivojlanib, 1-3 kunda o‘ladi.

  4. Allergik reaksiya – 0,1 ml mikrobdagi antraksin bemor qo‘li terisi orasiga yuboriladi. 24-49 soatdan shu joydayallig‘lanish alomatlari bo‘lsa, reaksiya () bo‘ladi. Qizargan va shishgan joyining sathi 15 mm gacha bo‘lsa, reaksiya sal (), 10-25 mm bo‘lsa (), 20-40 mm va undan yuqori ( deb baholanadi.

Qiyosiy tashxis-teri turini oddiy karbunkul va o‘latdan farqlash kerak. Oddiy kabunkul og‘riydi, o‘rtasida yiringli uchi ko‘rinadi, uning atrofi qizargan bo‘lib, sarg‘ish rangi qora qo‘tir xosil hosil bo‘ladi.
O‘latningteri xili qattiq og‘riydi, o‘rtasidagi qora qo‘tir atrofida mayda pufakchalar bo‘lmaydi. SHish kuydirgidan ancha kam bo‘ladi.
Kuydirgini septik turini o‘latning o‘pka formasidan farqi, o‘lat bilan kasallangan bemor balg‘amida kuydirgi tayoqchalari topilmaydi.

Yüklə 33,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə