5-mavzu. Dreamweaver dasturning asosiy oynalari, menyusi, komponentlari. Master va shablonlar bilan ishlash va web-sahifa yaratish (2 soat ma’ruza, soat laboratoriya ishi). Reja



Yüklə 2,17 Mb.
səhifə7/7
tarix05.10.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#125396
1   2   3   4   5   6   7
Dreamweaver MX da grafik formatdagi fayllar va rasmlar bilan

ishlash metodikasi
Grafik tasvirlar ishtirokisiz tuziladigan hujjatlar juda kamchilikni tashkil qiladi. Ayniqsa biz yaratayotgan dastur saxifalarini rasmlar, logotiplarsiz tasavvur ham qilib bo’lmaydi. Bu kabi grafikli ma`lumotlarning turlari juda ham ko’p. Ularni faqat formati bo’yicha ajratish mumkin. Masalan, birgina rasm degan ma`lumot ostida har xil formatdagi fayllar yotadi. Faylning formati ma`lumotni yozish va saqlash uchun belgilangan standart qoidalar to’plami tushuniladi. Hozirda o’nlab grafikli formatlar mavjudki, ular turli tizimlarda har xil maqsadda qo’llaniladi. Grafikli formatlarni uchta sinfga bo’linadi. Bular: rastrli, vektorli, metafaylli. [17], [23], [24].
Rastrli formatlar. Rastrli formatlar grafikli ma`lumotlarni saqlash uchun xizmat qiladi. Bunday grafikli ma`lumotlarni asosini piksellar tashkil qiladi. Bu erda bir pikselning alohida xususiyati, rangi va joylashgan o’rni bor. Piksellar shu qiymatlari bilan grafik yoki rasmda o’z o’rinlariga ega. Bunday formatlarga: TIFF, BMP, GIF, JPEG, PNG lar misol bo’la oladi.
Vektorli formatlar. Bu grafikli formatlar vektorli tasvirlar haqidagi ma`lumotlarni o’zida saqlay. Tasvirlarni vektorli ko’rinishdagi formatda AutoCAD, Corel Draw kabi dasturlarda saqlanadi. Ular yordamida loyihalash, illyustrativ grafiklar yaratiladi. Internetda ishlatiladigan vektorli fayllarga misol qilib Macromedia Flash dasturida tayyorlangan swf kengaytmali fayllarni aytish mumkin. Ular o’zining chiroyli dizayni va animatsiyalari bilan Web sahifalarni bezab turadi.
Metafayllar. Metafayllar rastrli va vektorli tasvirlar, vizuallash buyruqlari haqidagi ma`lumotlarni o’zida saqlaydi. Metafayllarga misol qilib WMF, CGM, EPS kengaytmali fayllarni aytish mumkin. Internetda ishlatiladigan metafaylga misol qilib PDF (Portable Document Format) formatini aytish mumkin.
Dasturning rasmlarni qo’yish imkoniyatlari. Rasmlar Web-sahifalarga jilo beruvchi vositalar hisoblanadi. Rasmlarni qo’yish – bu oddiy texnik operatsiya.
Dasturda uni qo’yishning bir nechta yo’llari bor. Avval rasmni qo’yish buyruqlaridan birini tanlaymiz:

  • Objects (Объекты) panelini oching, Common (Obshie) bo’limiga o’ting, palitraning yuqori- chap qismida joylashgan Insert Image (Vstavka izobrajeniya) tugmasini bosing.

  • Insert- Image (Вставка- Изображение) buyrug’ini bering.

  • CTRL+ALT+I tugmalar kombinatsiyasidan foydalaning.

  • Tasvirni Assets (Fondы) panelidan hujjat oynasining kerakli qismiga ko’chiring.

  • Saytning dispetcheri oynasidan rasmning belgisini olib hujjatning oynasiga tashlang.

  • Rasmni ish stolidan hujjat oynasining kerakli joyiga tashlang.

4.1-rasm. Selest Image source oynasi.


HTML tilida esa bu vazifalarni deskriptori bajaradi. Bu deskriptor rasmning barcha ko’rsatgichlarini belgilaydigan bir nechta atributlarni o’z ichiga oladi. Quyidagi misolda deskriptor o’ziga to’qqizta atributni bog’lagan:
Tushuncha
SHuningdek qo’yilgan rasmga ramka ham qo’yish mumkin:

Bu misolda border atributi ramkaning qalinligini bildiradi.[10]


Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə