5 mavzu gnoseologiya – bilish falsafasi bilishning mazmun va mohiyati bilish nazariyasining predmeti. «Gnoseologiya»



Yüklə 161,61 Kb.
səhifə10/35
tarix17.12.2023
ölçüsü161,61 Kb.
#149740
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   35
5 mavzu gnoseologiya – bilish falsafasi bilishning mazmun va moh-fayllar.org

Diniy bilim. Dinning asosiy vazifasi – inson hayoti, tabiat va jamiyat borlig’ining
mazmunini aniqlashdan iborat. U insoniyat to’plagan tajribaga tayanib, inson hayotining muhim
ko’rinishlari, chunonchi: oila va turmushdagi xulq-atvor, axloqiy qoidalar, mehnat, tabiat,
jamiyat va davlatga munosabatni tartibga soladi. Din universumning pirovard mazmunlari
haqidagi o’z tasavvurini asoslab, dunyo va insoniyatning birligini tushunishga ko’maklashadi. U
inson hayotini o’zgartirishga qodir bo’lgan haqiqatlar tizimidan iborat. Diniy ta’limotlarning
o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, ular jamoa tajribasini ifodalaydi va shu bois nafaqat har
bir dindor odam, balki dinga sig’inmaydiganlar uchun ham qadrlidir.
Diniy ta’limotlarning vazifasi Xudo bormi, uni qanday qilib bilish mumkin, umuman,
Xudoni bilish mumkinmi, degan savollarga javob berishdan iborat. Din o’z dunyoqarashini



Muqaddas Kitob matnlarida, shuningdek diniy rasm-rusum va urf-odatlarda ifoda etadi. Diniy


rasm-rusumlarning bir unsuri ramziy ahamiyatga egadir. Diniy ramzlar g’oya va obraz
muvozanatini o’zida mujassamlashtiradi.
Ongning o’ziga xos shakli sifatida din e’tiqod, ishonch va bilish mexanizmlari (hayot
tajribasi)ga tayanadi. Diniy e’tiqod refleksiya bilan qo’llab-quvvatlanadi, shaxsning fojeaviy
tajribasi (o’lim xavfi yoki yaqinlarini yo’qotishi)ni anglab yetish orqali yuzaga keladi yoki
mustahkamlanadi, bu tajriba shaxsni o’z hayoti va tafakkur tarzini tubdan o’zgartirishga da’vat
etadi. Dindorlar fikricha, diniy e’tiqod diniy vahiy kelishi natijasida tug’ilishi mumkin.
Din dunyo va insonni intuitiv-mistik yo’l bilan anglashning o’ziga xos usullarini yaratgan.
Bunday usullar jumlasiga vahiy va meditatsiyani kiritish lozim.
Vahiy tushunchasi diniy tasavvurlarning tadrijiy rivojlanishi jarayonida shakllangan. Dastlab
u oliy kuchlar tanlagan ayrim shaxslarning transsendent holatida shu kuchlar nomidan so’zlash
qobiliyati sifatida qaralgan (valilar, shamanlar va sh.k.). Muqaddas Kitob matnlariga doimiy
murojaat etish dindorga ularda yangi haqiqatlarni kashf qilish, o’z hayotini solishtirish va uni
qayta tushunish imkonini beradi.
Meditatsiya – o’z tafakkurini bir ob’yektga qaratish, inson e’tiborini chalg’ituvchi barcha
begona omillarni chetga chiqarish yo’li bilan fikr yuritish, narsa, g’oya, dunyoni idrok etishdir.
Dinda meditatsiya shaxsiy ongning Absolyut bilan birikuvini anglatadi. Xristianlikda meditatsiya
inson shaxsi va ilohiy shaxsning muayyan oqibati sifatida talqin qilinadi. Meditatsiya, odatda,
tabiiy refleksiya jarayoniga aylanadigan harakatlarning muayyan ketma-ketligi bilan bog’liq. U
ayrim psixotexnik usullardan foydalanishni nazarda tutadi. Bunda dindor mazkur usullar
yordamida o’zini boshqarish, o’zlikni yoki tabiatni anglashga ko’maklashuvchi g’ayritabiiy
ruhiy kuchlardan foydalanayotganiga ishonchi komil bo’ladi. Meditatsiyaning bilish usuli
sifatidagi samaradorligini fan tan oladi; davolash uchun mo’ljallangan psixotexnika va autogen
mashq tizimlari diniy-mistik g’oyalar bilan bog’liq emas.
Diniy bilishning o’ziga xos xususiyatlari shu bilan belgilanadiki, u odamlarning o’zini
boshqaruvchi dunyoviy (tabiiy va ijtimoiy) kuchlarga munosabatining bevosita emotsional shakli
bilan bog’liq. Bu kuchlarning xayoliy in’ikosi bo’lgan diniy tasavvurlar borliq haqidagi ma’lum
bilimlarni ifoda etadi. Odamlar asrlar va ming yilliklar mobaynida to’plagan diniy va boshqa
bilimlar xazinasi sifatida, masalan, Injil va Qur’onni qayd etish mumkin. Biroq din (mifologiya
kabi) bilimni izchil va nazariy shaklda ifodalamagan. U umumiy, yaxlit, o’ziga to’q va
isbotlangan ob’yekt sifatida bilim ishlab chiqarish vazifasini hech bajarmagan va bajarmaydi.
Agar diniy bilishga dunyoga emotsional munosabatning g’ayritabiiy narsalar va hodisalarga
ishonch bilan birikuvi xos bo’lsa, ilmiy bilishning zamirida emotsiyalar va e’tiqodni o’ziga
bo’ysundiruvchi oqilonalik yotadi.

Yüklə 161,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə