5-mavzu: innovatsiyalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etishning tashkiliy-pedagogik asoslari. Maktabni innovatsion boshqaruv modeli. Reja


yangiliklar kiritishni kengaytirilgan tarzda ishlab chiqish



Yüklə 147 Kb.
səhifə9/16
tarix01.02.2023
ölçüsü147 Kb.
#99896
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
5-ma\'ruza

yangiliklar kiritishni kengaytirilgan tarzda ishlab chiqish. Mazkur shaklda yangilik ko’plab tashkilotlarga joriy etishga mo’ljallab tayyorlanadi. Mazkur holatda yangiliklarni yaratish va uni foydalanuvchilarga taqsimlash orasiga yangiliklarni ishlab chiqish metodlari va undan foydalanish shakllarini joriy etish; unga bo’lgan ko’plab ehtiyojlarni ta’minlovchi yangilikni ommaviy tarzda ishlab chiqish ham qo’shiladi.

2. Innovatsion jarayonning o’ziga xosligi uning tsiklik tavsifga egaligidadir. Yangilik kiritishning to’liq mavjudlik tsikli quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi: paydo bo’lishi, o’sishi, rivojlanishi, o’zlashtirish, joriy etish, to’yinishi, rutinizatsiya, inqiroz, tugallanishi.
R.N.Yusufbekova innovatsion jarayon tuzilmasining uch blokini farqlaydi:
Birinchi blok – pedagogikadagi yangini yaratish bloki. Bunga pedagogikadagi yangi, pedagogik yangilikning tasnifi, yangini yaratish shart-sharoiti, yangiliknig me’yorlari, uni o’zlashtirish va foydalanishga tayyorligi, an’ana va novatorlik, pedagogikadagi yangini yaratish bosqichi kabilar kiradi.
Ikkinchi blok – yangini idrok qilish, o’zlashtirish va baholash bloki: pedagogik hamjamiyatlar, yangini yaratish va uni baholash jarayonining rang-barangligi, pedagogikadagi konservatorlik va novatorlik, innovatsiya muhiti, pedagogik jamiyatning yangini idrok etish va baholashga tayyorligi.
Uchinchi blok – yangidan foydalanish va uni joriy etish bloki, ya’ni yangini tatbiq etish, foydalanish, keng joriy etish qonuniyatlari va turlaridir.
Innovatsion jarayonning o’ziga xosligi uning tsiklik tavsifga egaligidadir. Yangilik kiritishning to’liq mavjudlik tsikli quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi: paydo bo’lishi, o’sishi, rivojlanishi, o’zlashtirish, joriy etish, to’yinishi, rutinizatsiya, inqiroz, tugallanishi.
Ba’zan innovatsion jarayonning tuzilishi ixchamlashtirilgan ko’rinishda tasvirlanadi. Masalan, V.S.Lazarev har biri bir necha tarkibiy qismlardan iborat innovatsion jarayon tuzilishining to’rt tarkibiy qismini ajratib ko’rsatadi.
1. Yangilikni yaratish:

  • ta’limiy faoliyatni tahlil etish va o’zgarishlarga bo’lgan ehtiyojni aniqlash;

  • yangilikni loyihalash;

  • yangilikni tajribada sinab ko’rish;

  • yangilikni ekspertiza qilish.

2. Yangilikni joriy etish:

  • joriy etishga tayyorlash;

  • yangiliklar haqida axborot berish;

  • yangiliklarni o’zlashtirishni qo’llab-quvvatlash;

  • yangiliklarni o’zlashtirilishi va joriy etilishini tahlil etish.

3. Yangiliklarni o’zlashtirish

  • ta’limiy faoliyatni tahlil etish va o’zgarishlarga ehtiyojni aniqlash;

  • yangiliklarni baholash va tanlab olish;

  • bo’lajak ko’zda tutilgan ta’limiy tizimni loyihalash;

  • yangiliklarni qo’llash;

  • natijalarni tahlil etish va baholash.

4. Ta’limiy faoliyat
Innovatsion jarayonning mazkur tuzilishi ma’muriy yondashuvni tavsiflaydi va ko’plab ilmiy va boshqaruv tashkilotlari, maktab, ta’lim markazlari ishtirok etadigan innovatsion jarayonlar bilan bog’liq bosqichlarni o’zida aks ettiradi. SHu bilan birga pedagogik innovatsiya turli darajada – alohida o’qituvchi faoliyati yoki biror ta’lim muassasasidan uzluksiz ta’lim tizimiga qo’llanilish predmetiga aylanishi mumkin. Mazkur holatda innovatsion jarayonning tuzilishi boshqacha ko’rinish hosil qiladi. Masalan, O.G.Xomeriki va boshqalar o’zida quyidagi tarkibiy qismlarni aks ettiruvchi innovatsion jarayon tuzilishini aniqlashgan:
a) faoliyatli: motiv, maqsad, vazifalar, mazmun, shakl, metod, natija kabi aniq moddiy, moliyaviy, vaqtinchalik va boshqa shart-sharoitlarda amalga oshiriluvchi tarkibiy qismlar yig’indisi
b) sub’ektivli: ta’lim muassasasi barcha sub’ektlari – direktor, uning o’rinbosarlari, o’qituvchilar, olimlar, o’quvchilar, ota-onalar, homiylar, metodistlar, OTM o’qituvchilari, konsulьtantlar, ekspertlar, ta’limni boshqarish organlari xodimlari, attestatsiya komissiyasining innovatsion faoliyati.
v) darajali: xalqaro, respublika, viloyat, tuman, shahar, ta’lim muassasasi darajasidagi innovatsion faoliyat sub’ektlarining o’zaro aloqador innovatsiyaon faoliyati
g) mazmunli: ta’lim, tarbiyaviy ishlar, o’quv-tarbiya jarayonini tashkil etish, ta’lim muassasasini boshqarishga doir yangiliklarni ishlab chiqish va o’zlashtirish
d) boshqaruvga doir: boshqaruvga doir faoliyatning to’rt turdagi o’zaro harakatini: rejalashtirish, tashkil etish, rahbarlik qilish, nazoratni o’z ichiga oladi.

Yüklə 147 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə