5-mavzu: innovatsiyalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etishning tashkiliy-pedagogik asoslari. Maktabni innovatsion boshqaruv modeli. Reja


Pedagogik innovatsiya va uning o’ziga xosliklari



Yüklə 147 Kb.
səhifə6/16
tarix01.02.2023
ölçüsü147 Kb.
#99896
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
5-ma\'ruza

Pedagogik innovatsiya va uning o’ziga xosliklari
S.Turg’unovning fikricha, pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarishda innovatsion salohiyatiga ko’ra yangiliklar modernizatsiya, unifikatsiya, faoliyatni takomillashtirish, shaklan o’zgartirish, rivojlantirish bilan bog’liq bo’lgan modifikatsion innovatsiyalar; oldindan ma’lum bo’lgan metodlarning elementlarini yangi tizimga birikishini nazarda tutuvchi birikkan innovatsiyalar; o’xshashlikka va umumiylikka ega bo’lmagan radikal innovatsiyalar innovatsion jarayonlarning asosi sifatida belgilanishi mumkin.
Innovatsiyalarning xususiyatlariga ko’ra ularni turli xil asoslar bilan turlicha tasniflash mumkin, ya’ni bugungi kunda yangilik kiritishning tugallangan tasnifi mavjud emas. SHu bilan birgalikda bizning tadqiqotlarimiz doirasida aniqlangan ma’lumotlarga ko’ra, pedagogik jarayonlarni tashkil etishda va samaradorligini ta’minlashda eng avvalo, yangiliklarni pedagogik jarayonlarning qaysi bo’g’iniga tegishli ekanligini inobatga olish maqsadga muvofiq hisoblanadi6.
O.G.Xomeriki o’quv-tarbiya jarayonining u yoki bu tarkibiy qismi bilan bog’liqlikda innovatsiyalarni quyidagi turlarga ajratib ko’rsatadi:
1) ta’lim mazmuniga doir innovatsiyalar;
2) o’quv-tarbiya jarayoni metodlari, metodikasi va texnologiyasiga doir innovatsiyalar;
3) o’quv-tarbiya jarayonini tashkil etishga doir innovatsiyalar;
4) ta’lim tizimini boshqarishga doir innovatsiyalar7.
M.M.Potashnik va V.S.Lazarevlar ta’limda qo’llanilish ko’lamiga ko’ra innovatsiyalarni quyidagi turlarga ajratib ko’rsatishadi:
1) lokal, alohida, o’zaro bog’lanmagan xususiy innovatsiyalar;
2) o’zaro bog’langan, xususiy innovatsiyalar majmuini ifoda etuvchi modulli innovatsiyalar;
3) butun ta’lim muassasasini qamrab oluvchi tizimli innovatsiyalar8.
Yangilikning o’zgarish tezligi va yangilik darajasiga ko’ra innovatsiyalarning ko’proq detallashtirilgan tasnifini N.Yu.Postalyuk quyidagicha taklif etadi:

  1. Nulevoy raqamli innovatsiyalar – tizimning dastlabki xususiyatlarini regeneratsiya qilish (an’anaviy ta’lim tizimi yoki uning elementlarini qayta ishlab chiqish).

  2. Birinchi raqamli innovatsiyalar tizimda miqdor o’zgarishlar kiritish bilan tavsiflanadi. Bunda innovatsiyaning dastlabki sifati o’zgarmaydi.

  3. Ikkinchi raqamli innovatsiyalar esa, tizim ichidagi elementlarni qayta guruhlashtirish yoki tashkiliy jihatlarini o’zgartirish bilan tavsiflanadi (masalan, mavjud pedagogik vositalarning yangi ko’rinishi, ketma-ketligini o’zgartirish, ulardan foydalanish qoidalari va boshqalar).

  4. Uchinchi raqamli innovatsiyalar ta’lim tizimining yangi shart-sharoitlarga moslashuvchan o’zgarishini o’zida ifoda etadi.

  5. To’rtinchi raqamli innovatsiyalar yangi yechimga ega bo’ladi (bular ko’pincha ta’lim tizimining ba’zi tarkibiy qismlari funktsiyasini kengaytirishni ta’minlashga qaratilgan sifatli sodda, o’zgarishlardir).

  6. Beshinchi raqamli innovatsiyalar ta’lim tizimining yangi avlodini yaratishni nazarda tutadi (tizimning barcha yoki ko’pchilik dastlabki xususiyatlarini o’zgartirish).

  7. Oltinchi raqamli innovatsiyalarni amalga oshirish orqali “yangi turdagi” ta’lim tizimi yaratiladi. Bunda tizim hosil qiluvchi tamoyil saqlangan holda, tizimning funktsional xususiyatlari o’zgaradi.

  8. Ettinchi raqamli innovatsiyalar ta’lim tizimini tubdan o’zgartirishga qaratilgan. Bunda ta’lim tizimining asosiy funktsional tamoyili o’zgaradi va shu tarzda yangi pedagogik tizim hosil bo’ladi9.

Pedagogik innovatsiyalarning bunday xilma-xilligi boshqaruv jarayonida ularni aniq mezonlar asosida tanlab olishni taqozo etadi. Pedagogik innovatsiyalarni baholashning umumiy jihatlariga quyidagilarni kiritish mumkin:

  1. baholanayotgan yangilikning dolzarbligi;

  2. yangilikning ta’lim muassasasi rivojining umumiy g’oyasiga mosligi;

  3. yangilik kiritishning natijaviyligi;

  4. g’oyaning innovatsion salohiyati;

  5. g’oyaning metodik ishlanganligi;

  6. yangilik o’zlashtirilayotgan muassasaning salohiyat darajasi;

  7. yangilikka munosabati bo’yicha turli guruhdagi o’qituvchilarning qiziqishlari darajasi;

  8. o’zlashtirish uchun zarur vaqt;

  9. yangi g’oyani o’zlashtirish uchun sarflanadigan moliyaviy va moddiy-texnik ta’minot;

  10. tashkiliy shart-sharoitlar;

  11. me’yoriy-huquqiy ta’minlanganlik;

  12. pedagogika nazariyasi va amaliyotining so’nggi yutuqlariga mosligi.

Pedagogik innovatsiyalarni yuqorida bayon etib o’tilgan tasniflariga asoslangan holda, SH.Zufarov tasnifi bo’yicha pedagogika kollejlarida qo’llanilishi mumkin bo’lgan pedagogik innovatsiyalarning quyidagi umumlashgan tizimini hosil qilish mumkin:
1. Ishlab chiqarish munosabatlarining chuqurlashuvi bilan bog’liqlikda innovatsiyalarni quyidagi turlarga ajratib ko’rsatish mumkin:

  1. modifitsiyalashgan innovatsiyalar. Masalan, “elektron guruh jurnallari”, “elektron dekanat”;

  2. tuzatish kirituvchi innovatsiyalar. Masalan, “yangi tahrirdagi reyting Nizomi”;

  3. o’zgartirish kirituvchi innovatsiyalar. Masalan, “internet-ta’lim”;

  4. integrallashgan innovatsiyalar. Masalan, “shaxsga yo’naltirilgan masofaviy ta’lim texnologiyalari”;


Yüklə 147 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə