5-mavzu: innovatsiyalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etishning tashkiliy-pedagogik asoslari. Maktabni innovatsion boshqaruv modeli. Reja


Innovatikaning tayanch tushunchasi



Yüklə 147 Kb.
səhifə8/16
tarix01.02.2023
ölçüsü147 Kb.
#99896
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
5-ma\'ruza

Innovatikaning tayanch tushunchasi – bu innovatsion jarayondir. Ta’limdagi innovatsion jarayonlar qoidaga muvofiq uch asosiy – ijtimoiy-iqtisodiy, psixologik –pedagogik va tashkiliy–boshqaruvga doir jihat bilan bog’liqlikda ko’rib chiqiladi. Mazkur jihatlarning mazmunidan innovatsion jarayonlar yuzaga keladigan umumiy shart-sharoitlar hosil bo’ladi. Mavjud shart-sharoitlar innovatsion jarayonning amalga oshishiga to’sqinlik qilishi ham mumkin. Innovatsion jarayonlar ham stixiyali, shuningdek, ongli boshqarilishi mumkin. Yangilik kiritish – bu eng avvalo, tabiiy va sun’iy o’zgarishlar jarayonini boshqarish funktsiyasi. SHuning uchun ta’limdagi innovatsion jarayon – bu ta’limdagi o’zgarishlarni boshqarish jarayoni.
Innovatsion jarayon innovatsion faoliyatdan tashqari o’z ichiga ko’plab uni amalga oshirish shart-sharoitlarini, shu jumladan, faoliyat sub’ektlarini qamrab oladi.
Innovatsiyalarning yuzaga kelishi sabablariga munosabatiga ko’ra innovatsion jarayonlar ikki turga bo’linadi:
Birinchi turi – innovatsion jarayonni amalga oshirishning shart-sharoitlari, vosita va yo’llarini innovatsiya ishtirokchilarini to’liq anglab yetmagan holatida ma’lum darajada stixiyali tarzda yuzaga keladi. Bunday holatda innovatsiyalar yetarlicha ilmiy asoslanmaydi va vaziyat bilan bog’liq shart-sharoitlar yoki tasodifiy talablar ta’siri ostida empirik asosda yuzaga keladi.
Ikkinchi turi – ta’lim tizimidagi innovatsiyalar fanlararo xarakterga ega ilmiy asoslangan, maqsadga yo’naltirilgan faoliyat mahsuli sifatida aks etadi. Bunday innovatsiyalarni yaratuvchilari qoidaga muvofiq, ta’lim sohasida faoliyat yurituvchi turli mutaxassislar – olimlar, ekspertlar, ta’lim muassasasi rahbarlari hisoblanadi.
Innovatsiyalarni o’zlashtirish ko’lami nuqtai nazaridan ilmiy asoslangan innovatsion jarayonlarning barcha xilma-xilligi quyidagi ikki shaklda yuzaga chiqadi:

  1. yangiliklar kiritishni oddiy qayta ishlab chiqish. Mazkur shaklda yangilik faqat tashkilotning o’zida yaratiladi va mazkur jarayon quyidagi bosqichlarni o’z ichiga qamrab oladi: 1) yangiliklar kiritish shart-sharoitlarini shakllantirish; ilmiy kashfiyot, uni dastlabki o’zlashtirish bilan bog’liq yangilik yaratish; yangilikni tashkilotda joriy etish; yangilikdan foydalanish.


  2. Yüklə 147 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə