5-sinf matematikasini o’qitishda o’yinning ahamiyati rustamov Sherzod Bahodirjonovich



Yüklə 21,87 Kb.
tarix24.12.2023
ölçüsü21,87 Kb.
#159986
Sherzod Rustamov maqola


5-SINF MATEMATIKASINI O’QITISHDA O’YINNING AHAMIYATI
Rustamov Sherzod Bahodirjonovich
11-umumiy o’rta ta’lim maktabi matematika fani o’qituvchisi
Farg’ona viloyati Bag’dod tumani
Annotatsiya. Maqolada matematika o’qitishda o’yin faoliyatining ahamiyati haqida so’z boradi. 5-sinf matematika darsida qo’llash mumkin bo’lgan ayrim o’yinlar berilgan.
Kalit so’zlar. Didaktik o’yinlar, qobiliyat, qiziqish, “Koptok”, “Tez yurar poyezd”, “Kim epchil” o’yinlari.
Yurtimizning ertangi kuni bugungi yoshlarimizning salohiyati, ma’naviy yetukligi va jismonan barkamoligiga bog’liq. Shuning uchun ta’limdagi fundamentallikni tizimli saqlab qolish, ekologik, huquqiy, kompyuter savodxonligini oshirish, xorijiy til muhitida ishlashning ijodiy imkoniyatini shakllantirish davlat siyosatining asosiy maqsadi darajasiga ko’tarildi.
Bugungi kunda oldimizda jahon fani va madaniyatining eng ilg’or yutuqlarini o’zida mujassamlashtirgan, inson aql-zakovati yaratgan boyliklardan bahramand bo’lgan yangi avlodni shakllantirish vazifasi turibdi. Faqat shu asosdagina millatning taraqqiyot sari intilishini ta’minlovchi intellektual kuchni vujudga keltirish mumkin.
Matematika darslarida didaktik o'yinlardan foydalanish o'quvchilar zehnini o'stirish, tez hisoblash ko'nikmalarini oshirishda muhim ahamiyatga ega.
Didaktik o'yinlar jarayonida o'quvchilar o'yin qoidalariga qat'iy rioya qilishga o'rganadilar, inoqlik his - tuyg'ulari, dunyoqarashlari shakllanib boradi.
Ta'lim jarayonida didaktik o'yinlar o'quvchilarning xususiyatiga ko'ra tashkil etilishi kerak. Bu esa ularga bilim berishni yengillashtirishga, ko'rgazmalilikni ta'minlashga qaratilgan bo'lib, o'quvchilarni toliqtirmaslik, zeriktirmaslik imkonini yaratadi.
5-sinf matematika darsligiga nazar soladigan bo’lsak, mavzular xilma-xilligini ko’ramiz. Boshlang’ich ta’limdan endigina yuqori sinfga qadam qo’ygan bola uchun darslarning zerikarli bo’lib qolmasligi, fanga qiziqishining yo’qolmasligi uchun dars jarayonida didaktik o’yinlardan foydalanish maqsadga muofiqdir.
Quyida matematika darslarida o'tkaziladigan ayrim didaktik o'yinlardan namunalar keltiramiz.
O’quvchilarga geometrik shakllar mavzusini tushuntirishdan avval "Koptok" o`yinini o’ynash maqsadga muofiq. O’quvchilarning mavzuga oid bilimlarini nazorati o’yin orqali amalga oshadi va bilimlarini boyitishga harakat ortadi. Ushbu o'yindan maqsad o'quvchilarning matematik nutqi va bilimdonligini o'stirish.
Guruh o'quvchilari koptokni bir - biriga uzata turub, matematika faniga oid bo'lgan terminlarni navbat bilan aytadilar. Masalan:
"Kub", "ayirma", "son", "to'rtburchak", "misol", "masala", “nuqta”, “yig’indi”, “uchburchak” va hakozo kabi.
Tez yurar poyezd” o`yini
O'yindan maqsad o'quvchilarning intelektual bilim salohiyatini oshirish.
O'yin jihozi: doskaga bir - biriga qarama - qarshi turgan poyezd rasmi bor ko'rgazma ilinadi.
O'yinning borishi: O’quvchilar ikki guruhga ajratiladi. Doskaga guruhlardan 2 o'quvchi chiqadi. O'qituvchi bergan savollarga to'g'ri javob bergan o'quvchining poyezdi oldinga surilaveradi. "Marra"ga birinchi bo'lib yetib kelgan o'quvchi g'olib bo'ladi.
Savollar:
1. Kesma nima?
2. Aylana?
3. 1 m=?. sm.
4. Eng kichik geometrik shakl?
5. Kesishmaydiga to’g’ri chiziqlar nima deb ataladi?
6. Masofa nima?
O’yinda shu kabi savollardan foydalanish mumkin. O’yinni darsni mustahkamlash, o’tilgan darslarni takrorlash jarayonida qo’llash yaxshi samara beradi. O'yin jarayonida ularning idroki, zehni, xotirasi, bilim olish ishtiyoqi va ehtiyoji mustahkamlana boshlaydi, ijodiy qobiliyati namoyon bo`la boshlaydi.
"Kim epchil" o'yini.
O'yin maqsadi: Hozirjavoblik, topqirlik malakalarini oshirish.
O'yin jihozi: 2 ta savatcha ifodalar yozilgan olmalar. 5 dm 8 cm, 3 dm 3 cm, 23 dm 8 cm, 11 dm 4 cm, 23 cm, 63 cm, 39 cm, 214 cm, 78 cm, 223 cm, 1852 cm, 59 cm, 3783 cm. va hakozo
Stol ustida "olmalar" yozib qo'yiladi. Doskaga o'quvchilar navbatdan chiqadi. Metr, detsimetr va santimetrlarda ifodalang. Stol ustidagi "olmalar"dagi ifodalarning natijalarini aytib savatga sola boshlaydilar. Ifodaning qiymatini to'g'ri topmagan o'quvchi ularni savatga sola olmaydi. Qaysi o'quvchilar guruhi savatga ko'p "olma" tergan bo'lsa, o'sha o'quvchi g'olib bo'ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati
1. 5-sinf matematika darsligi. Toshkent. "Huquq va Jamiyat" nashriyoti, 2020.
2. www.ziyouz.com
Yüklə 21,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə