522- guruh sirtqi ta’lim talabasi Qambarova Iroda Sharfjonovnaning maktabgacha ta’lim asoslari fanidan bajargan topshiriqlar to’plami «Maktabgacha ta’lim asoslari fanining umumiy asoslari»


)“ Maktabgacha ta’lim asoslari fanining tamoyillari” mavzusi “ESSE” asosida yozin



Yüklə 38,93 Kb.
səhifə2/4
tarix22.03.2024
ölçüsü38,93 Kb.
#181349
1   2   3   4
MAKTABGACHA TA’LIM ASOSLARI Iroda (2)

2)“ Maktabgacha ta’lim asoslari fanining tamoyillari” mavzusi “ESSE” asosida yozin

Maktabgacha ta’lim pedagogikasi” fanining asosiy tamoyillari


Ma’lumki, har bir fan o‘zining tayanch tushunchalari, qonuniyatlari, tamoyillari, qoidalari tizimiga ega. Aynan mana shu holat uning fan sifatida e’tirof etilishini kafolatlaydi. Fanning mohiyatini ochib beruvchi eng muhim, asosiy tushuncha kategoriya deb ataladi. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi fanining asosiy kategoriyalari maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi shaxsi kamolotini ta’minlash, ta’lim va tarbiya samaradorligiga erishishga qaratilgan jarayonlarning umumiy mohiyatini yoritadi.
Eng muhim kategoriyalar sirasiga quyidagilar kiradi: ta’lim (o‘qitish, o‘qish), tarbiya, ma’lumot, shakllanish va rivojlanish.
Ta’lim – tarbiyalanuvchilarni nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirish, ularning bilish qobiliyatlarini o‘stirish va dunyoqarashlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan jarayon. Ta’lim o‘zida uch asosiy elementni aks ettiradi: bilim, ko‘nikma va malaka.
Bilim – tarbiyalanuvchining ongida tushunchalar, sxemalar, ma’lum obrazlar ko‘rinishida aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmui.
Ko‘nikma – shaxsning muayyan faoliyatni tashkil eta olish qobiliyati.
Malaka – muayyan harakat yoki faoliyatni bajarishning avtomatlashtirilgan shakli.
Ta’lim ikki tomonlama tavsifga ega bo‘lib, o‘qitish va o‘qishni o‘z ichiga oladi.
O‘qitish – pedagogik faoliyat bo‘lib, u bilim, ko‘nikma, malakalarni bolalarga singdirish, ularning bilish va amaliy faoliyatiga rahbarlik qilishdir.
O‘qish – ta’lim oluvchining bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashdagi amaliy faoliyatidir.
Tarbiya – muayyan aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama o‘stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni.
“Tarbiya” tushunchasi “Maktabgacha ta’lim pedagogikasi”ning asosiy tushunchalardan biri sanaladi. Jamiyat va pedagogikaning tarixiy rivoji davomida mazkur kategoriyani tushuntirishga turlicha yondashuvlar yuzaga keldi. Eng avvalo, keng va tor ma’nodagi tarbiya farqlanadi. Keng ma’noda tarbiya shaxsga jamiyatning ta’sir etishi, ijtimoiy hodisa sifatida qaraladi. Mazkur holatda tarbiya ijtimoiylashtirish bilan uyg‘unlashadi.
Tor ma’noda tarbiya deganda, pedagogik jarayon sharoitida ta’lim maqsadini amalga oshirish uchun pedagog va tarbiyalanuvchilarning maxsus tashkil etilgan faoliyati tushuniladi. Ushbu holatda pedagoglarning tarbiyaviy faoliyati tarbiyaviy ish deb ataladi.

Yüklə 38,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə