6- sinf Tarixi (2017 yil) darsligi asosida tuzilgan bo’lib Mavzular bo`yicha



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə19/44
tarix18.01.2022
ölçüsü0,66 Mb.
#82963
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   44
6-SINF SAVOL JAVOB

20-§. Zardushtiylik

1. Qаchоn Mаrkаziy Оsiyodа zаrdushtiylik dini kеng tаrqаlgаn.? Miloddan avvalgi I mingyillikda

2. Zardushtiylar nimalarga sig`inishgan.? olov (Quyosh), tuproq, suv, oy, yulduzlarga sig`inishni.

3. "Zardushtiylik" so`zi ham…? Zardusht (turli tillarda Zaratushtra, Zoroastr) ismidan kelib chiqqan.

4. Zаrdusht qаchоn yashаgаn.? Mil.avv. 1-mingyilikning birinchi yarmida yashagan.

5. Zаrdusht qanday shaxs hisoblanadi.? Tarixiy shaxs

6. Keyinroq Yunonistonda payg`ambar Zardushtning ismi qanday shaklida jarangladi.? "Zoroastr"

7. "Zoroastr" ma`nosi.? yunoncha "astron" "yulduz" so`zidan, negaki Yunonistonda uni birinchi galda donishmand yulduzshunos. munajjim sifatida bilishar edi. Zardushtning ismidan kelib chiqqan holda uning ta'limoti ham zardushtiylik dini deb yuritila boshladi.

8. Zardushtiylik tarqala boshlagan kezlarda ibodatxonalar ham, odamlar duo matnlarini o`rganishi uchun maxsus kitoblar ham bo`lmagan.Dininy ma`rosimlar qanday amalga oshirilgan.? Diniy marosimlar ochiq osmon ostida, gulxan qarshisida yoki uydagi o`choq olovi atrofida o`tkazilgan.

9. Zardushtning so`nggi va'zlari kimlar tomonidan yozib olingan.? din xizmatchilari bo`lmish kohinlar tomonidan

10. Qachon turli qabilalarni istilochilar bilan kurashda birlashtirish zazuziyati tug`ildi. Zardusht o`z va’zlari da birgalikda chorlagan edi.? Mil.avv. 1-mingyilik boshlarida

11. Zardusht vafotidan keyin bir necha asrlar o`tgach, barcha diniy marosimlar, madhiyalar va duolar zardushtiylar uchun muqaddas bo`lgan bir kitobga jamlandi. Bu kitobning nomi.? Avesto

12. Avesto qanday ma'noni anglatadi.? "qat`iy belgilangan qonun-qoidalar" degan ma’noni

13. Zardushtiylikning zo`r ehtiromga sazovor xudolari.? Ahuramazda, Mitra va Anaxitadir.

14.Qaysi xudo zardushtiylarning ulug` va donishmand oliy xudosi hisoblanadi.? Ahuramazda

15. Qaysi xudo Quyosh va yorug`lik xudosi, dehqonlar va chorvadorlarning hosildorlik, farovonlik va mol-davlat bag`ishlovchi homiysidir.? Mitra

16. Qaysi xudo Ahuramazda va odamlar o`rtasida bosh vositachi bo`lgan.? Mitra

17. Mitra qanday tasvirlangan.? o`spirin va jangchi qiyofasida tasvirlangan.

18. Ahriman kim.? yovuzlik va o`lim xudosi

19. Anahita kim.? hosildorlik va suv ilohasi hisoblangan.

20. Yomg`irdan keyin hosil bo`ladigan kamalakni nimaga o`xshatadilar.? Mitraning o`qiga

21. «Аvеstо»ning аyrim qismlаrini tаrjimа qilgаn frаnsuz оlimi kim.? A.Dyuperron

22. Zаrdushtiylikning pаydо bo`lishi hаqidа qаndаy rivоyat mаvjud.? Bir kuni erta tongda Zardusht suv olish uchun daryo bo`yiga boribdi. Zilol suvda u Ahuramazda elchilaridan birining siymosini ko`rib qolibdi, siymo nur bilan qaysi tomonga borishga yo'l ko`rsatibdi. Zardusht sehrli nur izidan ergashibdi, ko`p o`tmay oliy iloh qarshisiga borib qolibdi. Ahuramazda unga Zardushtni xudo Ahuramazda va uning ezgu amallari haqidagi bilimlarni tarqatish uchun tanlab olinganini ma'lum qilibdi.

23. Zardusht necha yoshida yangi diniy ta'limot payg`ambariga aylangan.? 30 yoshida

24. «Pаyg`аmbаr» so`zining mа`nоsi.? "ezgu amallar haqida mujda beruvchi" ma'nosini anglatadi.

25. “Аvеstо”ning ilk qismi qachon paydo bo`lgan.? mil.avv. IX-VIII asrlarda

26. Zardusht va'zlari matnlarining hammasi miloddan avvalgi III asrda necha kitobga jamlangan.? 21 ta kitobga

27. "Avesto" matnlariga sharh nima deb yuritiladi.? "Zand" deb yuritiladi.

28. Zardushtiylik ta'limotiga ko`ra…? butun borliq va bizni qurshab turgan hamma narsa ikki ibtidodan, ya'ni Ezgulik va Yovuzlikdan tashkil topgan, deyilgan.

29. Zаrdushtiylаr hаyotining аsоsiy mаzmuni.? ezgu amal, ezgu so`z va ezgu fikrdan iborat bo`lishi lozim.

30. Zаrdushtiylikdа nimаlаr muqаddаs sаnаlgаn.? Olov, tuproq, suv va havoni

31. Zаrdushtiylаrdа dаfn tаrtibi qаndаy bo`lgаn.? Inson vafot etganida bu hol unga Yovuz ibtido — o`lim ko`chib kirganini anglatadi, Yovuzlik bilan Ezgulik bo`lmish Tuproqni bulg`amaslik kerak. Marhumning jasadini yerga ko`mish ham, yondirib tashlash ham, suvga tashlab yuborish ham mumkin emas. Shuning uchun ham murdani qushlar va hayvonlar yeb ketishi uchun maxsus inshootda qoldirishgan. Yomg`irlar poklagan va oftob qoqlagan suyaklarni maxsus sopol tobutchalar — ossuariylar (suyakdonlar)da dafn etishgan.

32. «Оssuаriy» nimа.? Tobutchalar ya`ni suyakdonlar

33. Astrolog - ? Yulduzlar joylashuviga qarab kelajakni bashorat qilish bilan shug`ullanuvchi odamlar.

BO`LIM III.


Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə