6-Amaliy mashg‘ulot Mavzu: Tilshunoslik maktablari ta’limotlarining asosiy mohiyati amaliy mashg‘ulotda ta’lim texnologiyasi



Yüklə 19,56 Kb.
səhifə2/3
tarix20.10.2023
ölçüsü19,56 Kb.
#128442
1   2   3
TN.Amal.6

Guruhlarda ishlash qoidasi

  • Sherigingizni diqqat bilan tinglang.

  • Guruh ishlarida o`zaro faol ishtirok eting, berilgan topshiriqlarga mas`uliyat bilan yondoshing.

  • Agar yordam kerak bo`lsa, albatta murojaat qiling.

  • Agar sizdan yordam so`rashsa, albatta yordam bering.

  • Guruhlar faoliyati natijalarini baholashda hamma ishtirok etishi shart,

Aniq tushunmog`imiz lozim:

  • Boshqalarga o`rgatish orqali o`zimiz o`rganamiz;

Biz bitta kemadamiz: yoki birgalikda suzib chiqamiz, yoki birgalikda cho`kib ketamiz.


Qo‘shimcha ma’lumot:
Til asosan tilshunoslikning predmetidir. Lekin tilni filosof ham, fiziolog ham, sotsiolog ham o‘rganadi. Ular bir tilni o‘rganganda unga turlicha yondoshadi va turli aspektda yoritadi. Golland tilshunosi fon Ginneken tilni obrazli qilib uy bilan tenglashtiradi. Podval qismida biologiya va fiziologiya bo‘lsa, beletaj va birinchi qismida psixologiya va sotsiologiya mavjuddir, deydi. Tilshunoslik fanining predmeti bo‘lgan til deb nimani tushunamiz va uning mohiyati nimadan iborat? degan savolga turlicha javob olamiz. Tilning mohiyatini turlicha tushunish va talqin etish natijasida tilshunoslikda turli xil oqimlar va nazariyalar vujudga kelgan. Bu nazariya va oqimlar quyidagilardan iborat:
1. Naturalizm oqimi. 2. Psixologizm oqimi. 3. Yosh grammatiklar oqimi. 4. Moskva va Qozon tilshunoslik maktablari. 5. Pozitivizm va neolingvistika oqimi. 6. Sotsiologizm oqimi.7. Strukturalizm oqimi. 8. Etnolingvistika oqimi. 9. Semasiologiya va semantiklar oqimi. 10. XX asr tilshunosligi. Sistem tilshunoslik.
Avgust Shleyxer nazariyasining asosiy g‘oyasi va biologik kontseptsiyasi. Tilshunoslikda naturalizm oqimi. Naturalizm oqimi va uning rivojlanishi mashhur nemis olimi Avgust Shleyxer nomi bilan bog‘liqdir. Bu oqim XIX asrda shakllandi.
Yosh grammatikachilar o‘z asarlarida uch kontseptsiyani himoya qildilar:
1. Til taraqqiyotida fonetik qonuniyatlar chetda qolmaydi.
2. Til hodisalarining o‘zgarishida fonetik, morfologik o‘xshashlik (analogiya) asosiy rol o‘ynaydi.
3. Jonli dialektal nutq tilshunoslikning asosiy ob’ekti deb hisoblanishi kerak.
Yosh grammatikachilar tilni individual psixo-fiziologik faoliyat deb baholaydilar. Ularning fikricha, tildagi hamma o‘zgarishlar individning nutqiy faoliyatida yuz beradi. Til doim o‘zgarib turuvchi hodisa bo‘lib, uni tarixiy nuqtai nazardangina o‘rganish maqsadga muvofiqdir. Umuman, yosh grammatikachilar oqimining kamchiliklari bo‘lishiga qaramay, qiyosiy-tarixiy metodning rivojida asosiy rol o‘ynadi. Moskva tilshunoslik maktabi vakili F.F.Fortunatovning til va til hodisalari haqidagi qarashlari quyidagilardan iborat:
1. Yosh grammatikachilar ta’siri ostida tilning tashqi va ichki tarixi haqidagi ta’limotni yaratdi. U bir tomondan tilni ijtimoiy hodisa deb, uning taraqqiyotini jamiyat taraqqiyotida ko‘rsa, ikkinchidan, tilni har bir shaxsning individual faoliyati bilan bog‘laydi.
2. So‘zning ma’no tomoni haqida gap borganda, u so‘zning real va formal ma’nosi haqida yozadi. Real ma’no, uningcha, faktning o‘ziga, ob’ektiv borliqqa aloqador bo‘lsa, formal ma’no tilning o‘ziga aloqadordir. So‘zning ongda formal va leksik ma’noli qismlari mavjud.
3. Olimning shakl (forma) haqidagi ta’limoti izchil emas. Uning so‘z shakli haqidagi fikri ikki xil: 1) so‘zlarning negiz va affikslarga bo‘linish qobiliyati shakldir; 2) so‘zlarning affikslarga ko‘ra farqlanishi shakl haqidagi birinchi fikrga asoslanishi lozim.
4. So‘z turkumi atamasiga qarshi chiqib, uning o‘rniga so‘zlarning grammatik turkumi deb nomlash kerak, deydi.
Qozon lingvistik maktabining asoschisi Boduen de Kurtenening tilshunoslik sohasidagi asosiy qarashlari quyidagilardan iborat: 1. Boduen de Kurtene yosh grammatikachilar va Moskva tilshunoslik maktabining tarixiylik mezonini qabul qildi. U o‘zining «Tilshunoslikning vazifalari» kitobida tilni o‘rganishning asosiy mezoni tarixiylik deb hisoblaydi.
2. Boduen de Kurtene F. de Sossyurning til o‘rganishdagi sinxronik va diaxronik aspektdagi uslubini dialektik maAAzmun bilan boyitdi.
3. Tilshunoslik tarixida ilk bor yaratilgan fonema nazariyasi Boduen de Kurtenega tegishlidir. Tilshunoslik tarixida birinchi marta fonemalarning psixologik va morfologik izohini berdi. Ushbu izohlar zaminida keyinchalik Moskva va Peterburg fonologiya maktablari vujudga keldi.
4. Tilshunoslikka fonema, morfema, sintagma, leksema, grafema, kinema, akusma, kinaksema atamalarini birinchi bor kiritgan kishi Boduen de Kurtenedir.
1-ilova


Yüklə 19,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə