6-Laboratoriya ishi. Daraxtsimon ma’lumotlar tuzilmasini tadqiq qilish



Yüklə 124,4 Kb.
səhifə3/9
tarix24.12.2023
ölçüsü124,4 Kb.
#159607
1   2   3   4   5   6   7   8   9

5.4. Daraxt “ko’rigi” funksiyalari


5.5-rasmdagidek binar daraxt berilgan bo’lsin:



5.5-rasm. 3 ta elemetdan iborat binar daraxt


Binar daraxtlari ko’rigini uchta tamoyili mavjud. Ularni berilgan daraxt misolida ko’rib chiqaylik:
1) Yuqoridan pastga ko’rik (daraxt ildizini qism daraxtlarga nisbatan oldinroq ko’rikdan o’tkaziladi): A, B, C ;
2) Chapdan o’ngga: B, A, C ;
3) Quyidan yuqoriga (ildiz qism daraxtlardan keyin ko’riladi): B, C, A .
Daraxt ko’rigi ko’pincha ikkinchi usul bilan, ya’ni tugunlarga kirish ularning kalit qiymatlarini o’sish tartibida amalga oshiriladi.

5.5. Daraxt korigining rekursiv funksiyalari


  1. int pretrave(node *tree){

if(tree!=NULL) {int a=0,b=0;
if(tree->left!=NULL) a=tree->left->info;
if(tree->right!=NULL) b=tree->right->info;
cout<info<<" - chapida "<
pretrave(tree->left);
pretrave(tree->right);
}
return 0;
};

  1. int intrave(node *tree){

if(tree!=NULL) {
intrave(tree->left);
cout<info;
intrave(tree->right);
}
return 0;
};

  1. int postrave(node *tree){

if(tree!=NULL) {
postrave(tree->left);
postrave(tree->right);
cout<info;
}
return 0;
};
Daraxtning har bir tuguni 5.6-rasmdagidek oraliq (2, 3, 5, 7 elementlar) yoki terminal (daraxt “barg”i) (4, 9, 10, 11, 8, 6 elementlar) bo’lishi mumkin.



5.6-rasm. Daraxtsimon tuzilma





  1. Agar tugunning otasi yo’q bo’lsa, bu tugun ildiz hisoblanadi. Buni aniqlash uchun dastur kodini keltiramiz. Dasturda p izlanayotgan tugun.



if(p==tree) cout<<”bu tugun ildiz ekan”;
else cout<<”bu tugun ildiz emas”;

  1. Biz izlayotgan element daraxtda oraliq tugun ekanligini tekshirish uchun uning yoki o’ng shoxi, yoki chap shoxi, yoki ikkalasiyam mavjudligini tekshirish kerak. Agar ikkala shoxi NULL dan farqli bo’lsa, bu 2 ta farzandga ega oraliq tugun hisoblanadi, yoki ikkalasidan bittasi NULL ga teng bo’lsa, bu tugun 1 ta farzandga ega oraliq tugun hisoblanadi. Berilgan p element daraxtning oraliq tugun ekanligini aniqlash dastur kodini keltiramiz.

if(p!=tree){
if((p->left!=NULL)&&(p->right!=NULL)) cout<<”bu tugun 2 ta farzandga ega oraliq tugun”;
else if((p->left!=NULL)||(p->right!=NULL) cout<<”bu 1 ta farzandga ega oraliq tugun”;
} else cout<<”bu tugun oraliq tugun emas”;

  1. Biz izlayotgan tugun terminal tugunligini tekshirishni ko’rib chiqamiz. Agar tugunning har ikkala shoxi NULL ga teng bo’lsa, bu terminal tugun hisoblanadi. Dastur kodini keltiramiz.

if((p->left==NULL)&&(p->right==NULL)) cout<<”bu tugun terminal tugun”;
else cout<<”bu terminal tugun emas”;

Yüklə 124,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə