6-Laboratoriya mashg’uloti Mavzu: Xujjat stilini o’zgartirish Kerakli qurilmalar


-chizma.Winedt 6 ni ishga tayyorlash oynasi



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə2/3
tarix23.12.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#157756
1   2   3
1QIkq7WN2EzxWLBm0L3WR0D2DT4majaxflfgrUAs

2.2-chizma.Winedt 6 ni ishga tayyorlash oynasi

Bu oynada to’rtta bo’lim joylashgan bo’lib bular:Wizard,Filetype Associations,Links and Shortcuts, User Profiles lardir.Birinchi bo’limda Winedt ni o’chirish(Uninstall Winedt!),Dastur o’rnatilgan papkani ko’rish(Browse Install Folder(%B) …),Dasturda yaratilgan hujjatlarni saqlash papkasi(Browse Local Folder (%b) …) tugmalari joylashgan.Xoxishga qarab bu manzillarni pastdagi ikkita manzil kiritish qatori orqali o’zgartirish mumkin.Ikkinchi bo’lim ya’ni Filetype Associations da biz yuqorida ta’kidlab o’tgan fayllar asotsiatsiyasi bo’yicha cheklov va imtiyozlar qo’yish amalga oshiriladi.Bunda cheklovlarni amalgam oshirish uchun maxsus tugmalar(masalan:Modify filetype associations … kabi) ajratilgan.Links and shortcuts bo’limida Winedt dasturini OT ning turli joylaridan ishga tushirish uchun yorliqlar yaratish uchun maxsus tugmalar(masalan:Create or Change Links …) bor.Shuningdek mavjud yorliqlarni o’chirish,yaratiladigan hujjatlar saqlanadigan manzilni o’zgartirish tugmalari ham shu yerda joylashgan.Oxirgi User profiles bo’limida esa tegishli foydalanuvchiga doir imkoniyatlarni o’zgartirish, yangi foydalanuvchi yaratish, tarmoq bilan ishlash uchun foydalanuvchi ko’rinish sohalarini aniqlash,monitorni tarmoq uchun moslash kabi amallar uchun maxsus tugmalar(masalan:Concurrent License Monitor …) joylashgan.Barcha sozlashlar bajarilgandan so’ng oynaning chap pastki qismidagi Show this Wizard Next Time tanlagichi orqali dasturning keyingi yuklanishida bu oyna ko’rinish yoki korinmasligini tanlash mumkin.Endi OK tugmasini bossak quyidagi ochiladi.




2.3-chizma.Winedt 6 asosiy oynasi

Bu oyna Winedt 6 ning bosh oynasidir.Bu oyna Wiindows oynalari bilan deyarli bir xil, ya’ni menyular bo’limi, uskunalar paneli, ishchi soha, holat satridan iborat.Oyna chap tomonida joylashgan panel esa hujjatda ishlatilagan maxsus bog’lanishlarni va boshqa xususiyatlarni ko’rsatish va o’zgartirish uchun xizmat qiladi.


Winedtning menyular qatori quyidagi bo’limlardan tashkil topgan.

Ular bo’limga qarab turli vazifalarni bajarish uchun xizmat qiladi.Menyu bo’limlari Latexda ishlashni avtomatlashtirish bilan birga bir qator imkoniyatlar beradi.Masalan dastur istalgan qismi natijasini oldindan ko’rish,kerakli qismni tahrirlash va h.k.
Uskunalar paneli ishni tez va sifatli bajarish uchun mo’ljallangan bir necha uskunalardan iborat.

Bunda uskuna piktogramma(rasmcha)siga qarab yoki sichqonchani shu piktogramma ustiga keltirib , piktogramma haqidagi izoh orqali nima vazifani bajarishini aniqlash mumkin.Ko’pchilik uskunlar paneli bilan ishlashini hisobga olsak , bu qism oynaning eng asosiy qismlaridan ekanligini ko’rishimiz mumkin.Bu panelning imkoniyatlaridan yana biri bu Latex asosiy buyruqlar ro’yhati va har bir belgining ASCII kodlash sistemasidagi va O’n oltilik sanoq sistemasidagi kodini ko’ratishidir.Bu jadvallarni va piktogrammalar orqali uskunlar paneliga qo’shish mumkin.Latex asosiy buyruqlar ro’yhati quyidagicha:

Bu qism ham kerakli bo’limlarga ajratilgan bo’lib kerakli bo’limni tanlash orqali tegishli buyruqni kiritish mumkin.Bunda sichqoncha chap tugmasini kerakli piktogramma ustida bir marta bosish orqali piktogrammada ko’rsatilgan holatni aks ettiruvchi buyruq ishchi sohadagi kursor turgan joyga yoziladi.
Belgilar kodlari jadvali esa quyidagicha:

Bu panel asosan Latexning maxsus belgilarini kiritishda va klaviaturada bo’lmagan boshqa belgilarni kiritishda, shuningdek Latexning belgilar kodlari bilan ishlaydigan buyruqlarida foydalaniladi.


Keyingi qism ishchi soha bo’lib unda hujjat matni yoziladi.Menyular va uskunlar panelidagi barcha amallar shu yerda o’z aksini topadi.Uning umumiy ko’rinishi quyidagicha:


Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə