6-ma’ruza grafika reja



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə4/6
tarix05.04.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#104272
1   2   3   4   5   6
6-Mavzu

3. Iyeroglifik yozuv


Iyeroglifik (yun. hieroglyphoi – muqaddas yozuvlar)4 yozuv ideografik yozuvrning mukammalashgan shakli sifatida yuzaga kelgan. Bu yozuvda ideografik yozuvda qo`llangan rasmlar shartli belgilarga – iyerogliflarga aylantirilgan. Demak, bu yozuvning birligi iyeroglif deb ataladi.





11-rasm. Iyerogliflar. Qadimgi Misr yozuvi.
Bu yozuvning quyidagi belgilari mavjud:
1) bu yozuvda tez yozish mumkin, chunki endi rasmlardagi ortiqcha qismlarni aks ettirish shart emas;
2) mazmunan ancha murakkab matnlarni yaratish mumkin, chunki mavhum tushunchalarni ifodalasa ham bo`ladi;
3) hajm jihatdan yirik matnlar yaratish mumkin, chunki ixchamlik bunga imkon beradi.


12-rasm. Iyerogliflar. Ptolemey va Kleopatraning nomlari aks ettirilgan kartushlar.(qalqon ko`rinishidagi taqinchoq)



13-rasm.Iyeroglifik yozuvdan kelib chiqqan qadimgi Misr sodda yozuvi (iyeratik yozuv).


14-rasm.Xitoyliklarning leksik-figurali yozuvi.

eski

yangi
Quyosh Oy Tog` Daraxt It

Ko`rinyaptiki, rasmlar vaqt o`tishi bilan asta-sekin shartla belgilarga aylana borgan (13- va 14-rasmlar). Bunda, yuqorida aytilganidek, rasmlardagi ortiqcha detallar tushirilgan. Qadimgi Messopotamiyada assiriyaliklar va vavilonliklar qo`llagan mixxat ana shu yo`l bilan yaratilgan. Mixxat deyilishiga sabab shundaki, bu yozuvning belgilari mixga o`xshab yozilgan. Quyidagi rasmga e’tibor bering:



14-rasm. Assiriyaliklar va vavilonliklarning mixxati.
4. Fonografik yozuv
Fonografik (yun. phone – tovush, grapho – yozaman degani)5 yozuv eng mahsuldor yozuv sifatida yuzaga keldi, chunki bu yozuv tilning fonetik tomonlarini ham aks ettirishga imkon yaratdi. Buning mohiyati shundaki, endi so`zlar bo`g`inlarga bo`linib, har bir bo`g`in ayrim iyeroglif yordamida ifodalangan. Bu fonografik yozuv taraqqiyotining birinchisillabik (yun. sillabebo`g`in degani) bosqichi hisoblanadi. Qadimgi hind yozuvi bo`lmish devanagari bunga yaxshi misol bo`la oladi:












15-rasm. Qadimgi nind yozuvi “devanagari”dan namuna.
Devanagari yozuvida har bir belgi undosh tovushlarning a unlisi bilan qo`shib aytilgan: ba, va, ga, da va h. Bu yozuv birligi sillabema hisoblanadi. Kirill yozuvidagi е, ё, ю, я harflarini eslasangiz, ular ye, yo, yu, ya kabi bo`g`inlarni aks ettiradi.
Fonografik yozuvning bu bosqichida muayyan miqdordagi unli tovush ishtirok etadigan belgilar talab qilingan, demak, ularning soni ko`p bo`lmaydi.



ﮐﻴﺂﺐ


Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə