6-mavzu. Ishlab chiqarish darsning o‟quv maqsadi


AP – o‘rtacha mahsulot, TP –



Yüklə 104,04 Kb.
səhifə5/7
tarix19.12.2023
ölçüsü104,04 Kb.
#152730
1   2   3   4   5   6   7
6-mavzu ishlab chiqarish

AP – o‘rtacha mahsulot, TP – umumiy mahsulot miqdori, L,K – sarflangan o‘zgaruvchan va doimiy ishlab chiqarish omillari.
Chekli mahsulot – bu o‘zgaruvchan resurslar kombinatsiyasini kichik miqdorda qo‘shimcha sarfi hisobidan umumiy mahsulotning o‘sgan qismiga aytiladi. Masalan, qisqa muddatli ishlab chiqarishda bitta o‘zgaruvchan omil, ya‗ni faqat mehnat sarflansa, chekli mahsulot:
Q Q 1 Q

MP L 2


L 1 L
L 2
MPLmehnatning chekli mahsuloti yoki mehnatning chekli mah-suldorligi. Mehnatning bir birlik oshishi natijasida umumiy maxsu- lotning oshishini ko‘rsatadi.
Q1, Q2Umumiy maxsulotning ikkita ketma-ket kelganlari. L1, L2 – Mehnatning ikkita ketma-ket kelganlari.
Bir o‟zgaruvchan omil qatnashgandagi ishlab chiqarish

Kapital sarfi,
K

Mehnat sarfi,
L

Mahsulot ishlab
chiqarish hajmi, Q

O‘rtacha mahsulot,

TP
AP
L

Chekli
MP L

mahsulot,

Q 2 Q 1
L 2 L 1

Q

L

15

0

0

-




-




15

1

12

12




12




15

2

32

16




20




15

3

60

20




28




15

4

80

20




20




15

5

95

19




15




15

6

108

18




13




15

7

112

16




4




15

8

112

14




0




15

9

108

12




-4




15

10

100

0




-8




Birinchi ustun ishlab chiqarishda qatnashadigan kapitalning o‘z- garmasligini ko‘rsatib turibdi. Ikkinchi ustunda mehnat sarfi keltiril- gan. Bir birlik mehnat sarfiga to‘g‘ri keladigan mahsulot o‘rtacha mahsulot bo‘lib, u to‘rtinchi ustunda keltirilgan. O‘rtacha mahsulot ishlab chiqarilgan mahsulotni umumiy mehnat sarfiga nisbati bilan aniqlanadi. O‘rtacha mahsulot ishlab chiqarish hajmi 84 birlikka yet- guncha ortib, undan keyin qisqarib boradi. O‘rtacha mahsulot mak- simal bo‘lganda mehnat sarfi to‘rt birlikni tashkil etadi.
Beshinchi ustunda mehnat sarfining chekli mahsuloti MPL kel- tirilgan. U qo‘shimcha bir birlik mehnat sarfi hisobidan ishlab chiqa- rilgan qo‘shimcha mahsulot miqdori bo‘lib, mahsulot ishlab chiqarish hajmini ko‘rsatuvchi uchinchi ustundagi har bir mahsulot miqdoridan oldingi ishlab chiqarilgan mahsulot miqdorini ayirish orqali aniqlanadi. Masalan, kapital sarfi o‘zgarmas bo‘lganda (15 birlik) mehnat sarfining ikki birlikdan uch birlikka o‘zgarishi mahsulot ishlab chiqarishni 32 birlikdan 60 birlikka oshiradi, demak qo‘shimcha bir birlik mehnat sarfi 60-32=28 birlik qo‘shimcha mahsulot yaratadi. O‘rtacha mahsulotdek, chekli mahsulot ham boshida ortib, keyinchalik kamayib boradi (ya‗ni, u 3 birlik mehnat sarfigacha o‘sib, mehnat sarfi 3 birlikdan oshganda ka- mayib boradi). Shuni esdan chiqmaslik kerakki, chekli mahsulot miqdori mehnatdan tashqari, kapital sarfiga ham bog‘liq. Agar mehnat sarfi o‘zgarsa kapital sarfi ham o‘zgarishi mumkin.
Omillar mahsuldorligining kamayish qonuni. Omillar mahsuldor- ligining kamayish qonuni shuni ko‘rsatadiki, biror bir ishlab chiqarish omilidan foydalanish oshib borganda (boshqa omillardan foydalanish o‘z- garmaganda), shunday bir nuqtaga erishiladiki, ushbu nuqtadan boshlab qo‘shimcha ishlatilgan omil ishlab chiqarish hajmini kamaytiradi1.

4. Ko’lam samarasi


Xarajatlarning proporsional o‘zgarishga ishlab chiqarish miqyosi- ning o‘zgarishi deyiladi. Ishlab chiqarishda faqat ikkita omildan – ish-
chi kuchi ( L va kapitaldan ( K ) foydalanilganda, ulardan foydalanish
)
ikki barobar oshsa 2 L va 2 K bo‘lsa, ishlab chiqarish miqyosi ikki barobar kengaydi deyiladi.
Xuddi shunday mehnat va kapitaldan foydalanish ikki marta qis- qartirilsa ( 0 ,5 L va 0 ,5 K ) ishlab chiqarish miqyosi ikki marta qisqargan-
ligini bildiradi. Ishlab chiqarishda omillardan foydalanishning propor- sional oshishi, ya‗ni ishlab chiqarish miqyosining kengayishi mahsulot ishlab chiqarish hajmiga har xil ta‗sir qiladi, u mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirishi, kamaytirishi va o‘zgartirmasligi mumkin.
Agar ishlab chiqarish miqyosi kengayganda omillar sarfi sur‗atidan mahsulot ishlab chiqarish hajmining o‘sish su‗rati yuqori bo‘lsa, bunday ishlab chiqarish hajmining o‘sishiga musbat miqyos samarasi deyiladi. Musbat miqyos samarasida uzoq muddatli o‘rtacha xarajatlar kamayadi.
Agar, ishlab chiqarish miqyosi kengayganda, omillar sarfi sur‗ati- dan ishlab chiqarish hajmining o‘sish sur‗ati past bo‘lsa, bunday o‘si- shga manfiy miqyos deyiladi. Manfiy miqyos samarasida (keyinchalik ko‘ramiz) uzoq muddatli oraliqda firma mahsulot ishlab chiqarishni oshirganda o‘rtacha harajatlar oshib boradi.
Ishlab chiqarish miqyosi kengayganda omillar sarfi sur‗ati ishlab chiqarish hajmining o‘sish su‗ratiga teng bo‘lsa, bunday o‘sishga o‘zgarmas miqyos samarasi deyiladi.

Yüklə 104,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə