6-mavzu. Islom dini reja. Islom dini paydo bo‘lishidagi ijtimoiy-siyosiy va madaniy sharoitlar



Yüklə 54,05 Kb.
səhifə1/9
tarix28.11.2023
ölçüsü54,05 Kb.
#133137
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
6-Мавзу Рахманов А (6)


6-mavzu. Islom dini
REJA.

  1. Islom dini paydo bo‘lishidagi ijtimoiy-siyosiy va madaniy sharoitlar.

  2. Hijrat va Madinada tashkil etilgan ilk islom davlatida boshqaruv shakli

  3. Tavhid aqidasi. Islom dinining besh sharti.

  4. Qur’on, sura va oyat tushunchasining ma’nosi, qur’onshunoslikning shakllanishi va rivojlanishi

  5. Hadis tushunchasining mohiyati, hadislarning turlari va tasnifi. Buyuk muhaddislarning hayoti va ijodi

  6. Hozirgi davrda islom sivilizatsiyayasining ahamiyati.

Tayanch tushunchalar: Islom, Qur’on, Hadis, Johiliya, Butparastlik, Mushaf, al–Vasaniya, Makka va Madina, Hiro g‘ori, Vahiy, Ansor, Hijrat, Rasul, Nabiy, “hanif”, “al-fiqh al-akbar”, “tavhid”, “aqida”, “kalom”, “usul ad-din”, payg‘ambar, oxirat, namoz, taqdir.
Islom dini dunyoda keng tarqalgan monoteistik dinlardan biridir. Afrika qit’asidagi Marokash, Jazoir, Tunis, Liviya, Misr, Somali mamlakatlarining xalqlari, Habashiston, g‘arbiy Sudanda yashovchilarning bir qismi, Osiyo qit’asidagi Arabiston yarim oroli, Iordaniya, Suriya, Iroq, Eron, Turkiya, Afg‘oniston, Pokiston, Malayziya, Indoneziya xalqlari, Livan, Hindiston, Xitoy, hamda Fillipin aholisining bir qismi, Evropa qismida esa Bolqon yarim orolida yashaydigan xalqlarning bir qismi islom diniga e’tiqod qiladi. Aholisining ko‘pchiligi mutloq musulmonlardan iborat bo‘lgan 39 mamlakat, hatto aholisining yarmini musulmonlar tashkil etadigan
ba’zilari ham (Misr, Malayziya) o‘zlarini musulmon mamlakatlari deb
ataydilar. Ularning ba’zilarida (Mavritaniya Eron, Pokiston, Kanar
orollari) mamlakatlarining nomiga islom so‘zi qo‘shib aytiladi. Rasmiy
statistika bo‘yicha, bir necha mamlakatlarda aholining deyarli barchasi
musulmonlardan iborat. 28 mamlakatda islom rasman davlat dini sifatida
tan olingan. Shuningdek, Markaziy Osiyo, Kavkaz orti va Shimoliy Kavkaz, Volga bo‘yi, g‘arbiy Sibir va boshqa hududlarda yashovchi aholi orasida tarqalgan. Hozirda islomga e’tiqod qiluvchilar soni yil sayin ko‘payib
bormoqda.
Hozirgi Saudiya Arabistoni hududining G‘arbiy qismi Hijoz deb ataladi. Qadimdan Hijozning asosiy markazi Suriya va Yaman savdo yo‘llarini bir–biri bilan bog‘lab turuvchi shahar Makka bo‘lib kelgan. Bu yerning ham diniy, ham iqtisodiy markaz sifatida shakllanishida Ka’ba (Baytulloh – Allohning uyi) katta ahamiyat kasb etgan. Mintaqada istiqomat qiluvchi arablar Ibrohim (a.s.) dini ta’limotiga e’tiqod qilganlar. Ular o‘zlarini “hanif”lar (arabcha, “to‘g‘ri yo‘l”) deb ataganlar. Yillar o‘tishi bilan makkaliklar yakkaxudolik ta’limotini unutishib, yulduz va farishta hamda turli sanamlarga sig‘ina boshlaganlar. Farishtalar Xudoning qizlari sifatida e’tirof etilgan. Ayni shu jarayon islom tarixida “johiliya davri” deb ataladi.
Makkada Hubal bosh iloh hisoblangan. Shuningdek, Manot, Lot, Uzzo kabi ilohlarga ham sig‘inilgan. Makkaga keluvchi ziyoratchilar shakllangan diniy urf–odatlarni ko‘r–ko‘rona qabul qilishlari natijasida turli joylarga butlar o‘rnatilgan. Turli qabilalar o‘z obro‘–e’tiborini boshqalarga ko‘rsatish maqsadida Ka’baga but o‘rnata boshlaganlar. Natijada, Ka’ba ichidagi butlar soni 360 taga yetgan.
Bundan tashqari zodagon arablar o‘z xonadonlarida butlar uchun alohida xona va xizmatchilar ajratib, ular nomiga atab turli xil marosimlar o‘tkazishni joriy qila boshladilar.
Johiliyat davri arablari butlarni shafoatchi deb bilib, ular oldida hokisorlik bilan turar, qurbonliklar qilar va ular sharafiga qasidalar to‘qib, iltijo qilar edilar. Tijorat va ekinzorlardan olingan ma’lum daromaddan butlarga ajratilar, oilada qiz farzand tug‘ilsa, tirikligicha ko‘milar edi.
Johiliyat davrida Arabiston Yarim orolida yahudiylarning ham kichik jamoalari mavjud edi. Bu din mazkur mintaqaga ikki bosqichda kirib kelgan. Birinchi bosqich, miloddan avval 587 yilda Buxtunnasr qo‘shini yahudiylar ustiga bostirib, ularni ta’qib ostiga olishi natijasida o‘z yurtlarini tashlab Madinaga ko‘chishgan. Ikkinchi marotaba esa, milodiy 70 yilda rimliklarni Falastinga bostirib kirishi natijasida yahudiy qabilalar Madina, Xaybar, Tayma kabi shaharlarga kelib joylashishgan.
Yahudiylik milliy din bo‘lgani bois arablar orasida tarqalmagan.
Arabiston yarim oroliga Habashiston va Rim bosqini orqali xristianlik ham kirib kelgan. Manbalarda qayd etilishicha, Habashiston shohi Abraha Ka’ba ziyoratchilaridan tushayotgan daromadni Yamanga burish va xristian diniga e’tiqod qiluvchilar sonini orttirish maqsadida “Yamoniy” nomli katta cherkov qurdirgan. Turli tazyiqlar natijasida G‘asson, Tag‘lib, Toy va bir qancha boshqa qabilalar nasroniylikni qabul qilgan.
Xo‘sh islom nima? Islom so‘zining lug‘aviy ma’nosini quyidagicha
sharhlash mumkin:
1) ixlos, turli sifatlardan salomat bo‘lish;
2) sulh va omonlik;
3) itoat va bo‘ysinish.
Islomning paydo bo‘lishi tahlil etish tarixiy davrning xususiyatlari, arab qabilalari o‘rtasida hukmron bo‘lgan ijtimoiy - iqtisodiy munosabatlarni va ularning diniy g‘oyaviy hayoti bilan qisqacha tanishib chiqishni taqozo etadi. Arabiston yarim oroli noqulay iqlim sharoitiga ega bo‘lgan qum sahrolardan va tog‘lardan iborat bo‘lib, uning aholisi V-VI asarlarida ko‘chmanchi chorvachilik bilan shug‘ullanar edi. Yarim orolning cheksiz sahrolarda yashavchi ko‘chmanchi, chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi arab qabilalari - bundan ham og‘ir sharoitda yashar edilar. Ular taraqqiyot jihatidan ancha orqada qolgan, hali urug‘chilik, qabilachilik tuzumida edilar. Yarim orolning g‘arbiy qismida Qizil dengiz qirg‘oqlari bo‘ylab cho‘zilgan va qadimdan Hijoz deb nom olgan joylar bu davrlarda bir muncha iqtisodiy jihatdan rivojlangan bo‘lib, bu rivojlanish qismi suvli vohalardagi dehqonchilik asosan janubdan shimolga o‘tgan qadimiy karvon yo‘li bilan bog‘liq edi.Tarixiy manbalardagi ma’lumotlariga qaraganda, VI asr Yamandan Shimolga Suriya, Misr va Falastinga olib berilgan karvon bo‘lib yo‘li faqat bu davrlarning o‘zlariga emas, balki janubda Yaman orqali Habashiston va Hindiston, Shimolda Suriya orqali Misr, Vizantiya va Eronning ham birbiri bilan bog‘laydigan o‘z davri uchun yirik va katta iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan savdo yo‘li edi. Hijozdagi ayrim aholi yashaydigan manzillar, yo‘l ustida joylashgan Makka, Madina, Toif shaharlari VI asrda ancha rivojlangan. Bular shuningdek ko‘chmanchi arab qabilalarining savdo munosabatlariga jalb etuvchi markazlar sifatida ham xizmat qilar edilar. Makka diniy markaz va savdo markazi sifatida Arab qabilalari orasida e’tiborli edi. Makka markazida joylashgan Ka’ba islomda eng «muqaddas» hisoblangan va «Ollohning uyi» (Baytulloh) sajdagoh hisoblangan. Undagi qora tosh (hajar ul-asvod) va uch yuz oltmish sanam arab qabilalari uchun e’tiqod ma’nbaiga aylangan. Ziyoratga kelish oylari muqaddas hisoblanib, bu vaqtlar ichida qabilalar o‘rtasidagi urush va janjallar to‘xtatilar edi. V-VI asrlarda Makkada quraysh nomli arab qabilasi hukmron bo‘lib, qurayshlarning yuqori tabaqalari savdo-sotiq bilan ancha boyib ketgan, bu erda pul muammolari, sudxurlik keng rivojlangan, shuningdek qul savdosi va qullarning mehnatidan foydalanish ancha kengaygan edi.
Bu davrlarda Yamanni qo‘lga kiritish uchun Vizantiya va Eron o‘rtasida kurash avj olgan edi. Yaman sosoniylar hukmronligi ostida o‘tgan davrlarda (572-628) Eron ko‘rfazi orqali Hindistonga boriladigan yo‘li tez rivojlana boshladi va shu munosabat bilan Hijoz orqali o‘tgan yo‘l inkirozga uchraydi.
Bu hol faqat Hijoz shaharlarigina emas, balki barcha arab qabilalari hayotiga ham jiddiy ta’sir ko‘rsatadi va umuman Arabiston buyicha ijtimoiy-iqtisodiy tanazulning boshlanishiga sabab bo‘ladi. Undan qutilish uchun yangicha g‘oyalar kerak bo‘lib qoladi. Lekin bu g‘oyani amalga oshirish uchun Arabiston shaharlari va qabilalari o‘rtasida mavjud bo‘lgan tarqoqlik va kelishmovchiliklarga xotima berib barcha arab qabilalarini bir davlatga birlashtirish, ularning tarqoq holda bo‘lgan iqtisodiy va harbiy imkoniyatlarini yagona kuchga aylantirish zarur edi. Ijtimoiy hayot taqozosi natijasida vujudga kelgan arab qabilalari o‘rtasidagi markazlashishga intilish harakatlari arablar jamiyatida VI asr oxiri va VII asr boshlarida yuz bergan jiddiy tarixiy voqealar asosida yoritadi . Bu intilishni o‘zida aks ettirilgan mafkura sifatida islom dini vujudga keldi va markazlashtirilgan arab davlatining paydo bo‘lishi, qo‘shni mamlakat-larining bosib olinishi va arab xalifaligining kengayishi
jarayonida bu din kuchli g‘oyaviy qurol sifatida xizmat qiladi.
Muhammad ibn Abdulloh (s.a.v)ning tavalludi. Muhammad ibn Abdulloh ibn Abdul–Muttalib alayhis–salom Ara biston tarixida “Fil voqeasi” nomi bilan mashhur jangdan 50 kun keyin tavallud topgan. Ko‘pchilik tarixchilar fikriga ko‘ra bu sana milodiy 571 yilga to‘g‘ri keladi. Otasi Abdulloh o‘z o‘g‘li Muhammad tug‘ilmasidan oldin savdo ishi bilan Shomdan qaytayotib Yasribda (hozirgi Madina shahrida) vafot etgan. Onasining ismi Omina bint Vahb edi.
Manbalarda Payg‘ambar alayhis–salomning tavalludi bilan bog‘liq turli mo‘jizalar ro‘y bergani qayd etiladi. Jumladan, u kishining onasi homilador bo‘lganida tushida “Sen butun insonlarning ulug‘iga homilador bo‘lding, u dunyoga kelgach, ismini Muhammad qo‘ygin” degan ovoz eshitadi. Shunga ko‘ra tug‘ilgan paytida bobosi “Muhammad”, ya’ni “g‘oyat maqtovli” degan ismni qo‘ydi. Islom ta’limotiga ko‘ra, Muhammad payg‘ambar nomi zikr etilganda “sollallohu alayhi vasallam” (qisqacha: s.a.v.: “unga Allohning rahmat va salomi bo‘lsin”) yoki “alayhis–salom” (qisqacha: a.s.: “unga salom bo‘lsin”) iborasini aytish zarur.
Bo‘lajak payg‘ambar tavallud topgach arablarning odatiga ko‘ra, Muhammad alayhis–salom Bakriy qabilasidan bo‘lgan Halima ismli ayolga emizish uchun beriladilar. Xalima xonadonida Rasululloh 4 yil yashaydi.
Muhammad alayhis–salom besh yoshga to‘lganida onasi Omina bilan birgalikda Yasribga, otasi qabrini ziyorat qilish uchun boradilar. Mazkur safardan qaytishda, Abvo degan joyda onasi Omina ham vafot etadi. Shundan so‘ng uni sakkiz yoshgacha bobosi Abdulmuttalib o‘z qo‘lida tarbiyaladi. Abdulmuttalib vafotidan so‘ng Muhammad alayhis–salomni amakisi Abu Tolib o‘z qaramog‘iga oladi.
Payg‘ambar (a.s.) yoshlik chog‘larida Abu Tolib bilan birga bir necha bor tijorat safarlariga chiqqanlar. Shomga birinchi marta 12 yoshga to‘lganda, ikkinchi marta 25 yoshga, Yamanga 17 yoshga to‘lganda safar qildi. 12 yoshga yetganda amakisi Abu Tolib Shomga safarga otlandi va yosh Muhammadni ham birga olib ketishga qaror qiladi.
Safar davomida karvon Busra nomli mavzeda to‘xtaydi. Mana shu joyda Abu Tolib Buhayro ismli rohibni uchratadi. Mazkur uchrashuv islom tarixida juda mashhur bo‘lib, rohib yosh Muhammadda bo‘lajak payg‘ambar alomatlarini ko‘radi. Shundan so‘ng, u Abu Tolibga jiyanining porloq kelajak egasi ekanini bashorat qiladi va uni ehtiyot qilishni uqtiradi.
Rasululloh (a.s.) 25 yoshga to‘lganida Banu Asad urug‘idan bo‘lgan Xadicha bint Xuvaylid u kishidan o‘zining savdo karvoni bilan birga Shomga safar qilishni so‘radi. Muhammad alayhis–salomning to‘g‘riso‘z, halol, sadoqatli ekanini ko‘rgan Xadicha yoshi ancha katta bo‘lishiga qaramay, taomilga zid ravishda ularga sovchi qo‘yadi. Bir tomondan amakilari Abu Tolib, ikkinchi tomondan Xadichaning amakivachchasi Varaqa rozilik berib nikoh o‘qildi.
Xadicha bintu Xuvaylid (r.a.)dan Rasulullohning yetti farzandlaridan oltitasi, ya’ni Zaynab, Ummu Kulsum, Ruqiya, Fotima, Qosim, Abdullohlar dunyoga kelgan. Faqat bitta o‘g‘il – Ibrohim Moriya Qibtiyya (r.a.)dan tug‘ilgan edi.

Yüklə 54,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə