6-Mavzu: Pul bozorida muvozanat Reja



Yüklə 68,28 Kb.
səhifə3/7
tarix04.05.2023
ölçüsü68,28 Kb.
#108272
1   2   3   4   5   6   7
6-Mavzu Pul bozorida muvozanat Reja

M/R = f(R)
Bu tenglama ko`rsatayaptiki, pulga bo`lgan talab miqdori foiz stavkasi funktsiyasi ekan. Grafikda foiz stavkasi va real pul zahiralari miqdoriga talab teskari bog’liklikka ega ekanligi ko`rinadi. CHunki, yuqori foiz stavkasi pulga talab miqdorining kamayishini ko`rsatadi
Klassik va keynschilarga xos yondashuvlarni umumlashtirib, pulga talabning quyidagi omillarini ajratib ko`rsatish mumkin:
1) daromadlar darajasi;
2) pulning aylanish tezligi;
3) foiz stavkasi.
Agar klassik nazariya pulga talabni asosan, real daromad hajmi bilan bog’lasa, keynschilarda esa pulga talab asosan, foiz stavkasiga bog’liq deb hisoblanadi.

R


Md=f(R)
M/R


17-chizma. Pulga talab grafigi

Pulning aylanish tezligini hisobga olmaganda, real pul qoldig’iga talab formulasi quyidagicha bo`ladi:


(M/P) D =f (R, Y);
Bu erda: R – foiz stavkasi; Y – real daromad.
CHiziqli bog’liqlikni e`tiborga olsak, quyidagicha formula hosil bo`ladi:
(M/P)D = kY - hR
Bu erda: k va h – pulga talabning daromadlar va foiz stavkasiga ta`sirchanligini ifodalovchi koeffitsientlar; k – foiz stavkasi (real foiz stavkasi).
Real foiz stavkasi nominal foiz stavkasidan inflyatsiya sur`atini ayirib topiladi.
Daromad darajasining o`zgarishi foiz stavkasi o`zgarmas bo`lgan sharoitda ham pulga talabning ko`payishiga olib keladi. Bu grafikda pulga talab egri chizig’ining siljishi ko`rinishida namoyon bo`ladi.

3. Pul taklifi. Bank mul’tiplikatori.
Pul taklifi (Ms) o`z ichiga bank tizimidan tashqaridagi naqd pullar (S) va zarur bo`lganda (D) iqtisodiy agentlar bitimlar uchun ishlatishi mumkin bo`lgan depozitlarni oladi:
Ms = S+D.
Aksariyat mamlakatlarda davlat pul chiqarishda monopol huquqqa ega. Uni amalga oshirish huquqi nisbatan mustaqil muassasa Markaziy bank ixtiyorida. “ Markaziy bank O`zbekiston Respublikasi hududida qonuniy to`lov vositasi sifatida banknotlar va tangalar ko`rinishidagi pul belgilarini muomalaga chiqarish mutlaq huquqiga ega”*. Ammo pul taklifini ko`paytirish imkoniga yoki pul yaratish qobiliyatiga tijorat banklari ham ega. Ular kreditlar bera borib, to`lov vositalari emissiyasini yoki kredit mul’tiplikatsiyasini amalga oshiradi. Masalan, A bankning depoziti 2000 so`mga o`sgan bo`lsa, zahira normasi 20 % ga teng bo`lganda (zahira normasi – tijorat banklar depozitlarining ma`lum qismini Markaziy bankda saqlab turish normasi), u 400 so`mni Markaziy bankda zahiralab, qolgan 1600 so`mni qarzga beradi. SHunday qilib, A bank pul taklifini 1600 so`mga ko`paytiradi va u endi 2000+1600=3600 so`mni tashkil etadi. YA`ni, omonatchilarning depozitlardagi 2000 so`mdan tashqari yana 1600 so`m qarz oluvchilar qo`lida qoladi. Agar, 1600 so`m yana banka tushsa, (masalan, B bankka) unda 20 % ga teng bo`lgan zahira normasida u 320 so`mni zahirada qoldirib, 1280 so`mni kreditga beradi hamda shu miqdorda pul taklifini oshiradi. Kredit berishning bu jarayoni so`nggi pul birligidan foydalanishga qadar davom etadi. YAkuniy hisob kitob bank depozitlari jami 10000 schqmga ko`payganligini ko`rsatadi. Bu jarayonni formula ko`rinishida quyidagicha yozishimiz mumkin:

Yüklə 68,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə