6-Mavzu: Pul bozorida muvozanat Reja



Yüklə 68,28 Kb.
səhifə4/7
tarix04.05.2023
ölçüsü68,28 Kb.
#108272
1   2   3   4   5   6   7
6-Mavzu Pul bozorida muvozanat Reja

M = (1/ rr ) x D
Bunda: M- pul taklifi hajmi; rr – majburiy zahiralash normasi ;
D - dastlabki depozit.
Keltirilgan formuladan ko`rinib turibdiki, pul taklifi 1/rr koeffitsentiga bog’liq bo`lib, uni bank mul’tiplikatori yoki pul ekspansiyasi mul’tiplikatori, deb ataladi. U ushbu bank zahiralar normasida ortiqcha zahiralarning bir pul birligi bilan yaratilishi mumkin bo`lgan yangi kredit pullarining eng ko`p miqdorini bildiradi.
Pul taklifining kengaytirilgan modeli, pul mul’tiplikatori. Pul taklifining umumlashma modeli Markaziy bankning pul taklifidagi roli hamda pulning bir qismini depozitlardan naqd pullarga oqib o`tishni hisobga olgan holda yoziladi. Bu model bir qator yangi o`zgaruvchilarni o`z ichiga oladi.Bular:
- pul bazasi (rezerv pullar, yuqori quvvatli pullar) – bank tizimidan tashqaridagi naqd pullar va tijorat banklari Markaziy bankda saqlaydigan depozitlar summasi;
- deponentlash koeffitsienti - Cr = S/ D
Pul bazasini MV va bank rezervlarini R deb belgilasak,
MB=C+R.
Pul taklifining kengaytirilgan modelini iuyidagicha yozish mumkin:
Cr +1
Ms =------------- · MB yoki Ms = m · MB
Cr + rr
(Cr +1)/ (Cr + rr) nisbat pul mul’tiplikatori deb yuritilib bir so`mlik pul bazasi hisobiga necha so`mlik pul taklifi yuzaga kelishini ko`rsatadi. Pul mul’tiplikatorini – pul taklifining pul bazasiga nisbati ko`rinishida yozish mumkin:
Ms S+D S/ D + D/ D Cr + 1
m = ------------ = ----------- = ------------------- = --------------
MB C+R S/ D + R / D Cr +rr
Cr miqdori – aholining o`z mablag’larini naqd pullar va depozitlar o`rtasida qanday proportsiyada saqlashni tanlashga bog’liq.
rr = R / D miqdori esa – aholining nafaqat Markaziy Bank belgilab bergan majburiy rezerv normasiga, balki tijorat banklari saqlab turishni mo`ljallanayotgan ortiqcha rezerv miqdoriga ham bog’liq.
Demak, pul taklifi pul bazasi va pul mul’tiplikatori miqdoriga bog’liq ekan.Pul mul’tiplikatori pul bazasining bir miqdorga oshishi natijasida pul taklifi qanday o`zgarishini ko`rsatadi.
Markaziy bank pul taklifini avvalambor, pul bazasiga ta`sir etish yo`li bilan tartibga soladi.
Mamlakatda pul miqdori ko`payadi, agar:
-pul bazasi o`ssa;
- majburiy zahiralash normasi pasaytirilsa;
- tijorat banklarining ortiqcha rezervlari kamaysa;
-naqd pullarningn depozitlar umumiy summasiga nisbati pasaysa.

Yüklə 68,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə