6-soat reja: Darsdan va maktabdan tashqari ishlarning maqsad va vazifalari


MAGISTRLIK DISSERTATSIYASINI RASMIYLASHTIRISH QOIDALARI



Yüklə 407,28 Kb.
səhifə12/25
tarix30.03.2023
ölçüsü407,28 Kb.
#103633
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25
2-semistr

MAGISTRLIK DISSERTATSIYASINI RASMIYLASHTIRISH QOIDALARI
Magistrlik dissertatsiyasini rasmiylashtirilishi
Dissertatsiya ishnning hajmi 60-80 varaq matndan (ilovalardan tashqari) iborat bo‘lib, A4 (21x29) format qog’ozga kompyuterda matn 1,5 intervalda Times New Roman Cyr № 14 shriftda bajarish maqsadga muvofiqdir. Matnning chap tomoni 30 mm, yuqori tomoni 25 mm, o’ng tomoni 15 mm va quyi tomonida 25 mm bo’sh maydon bo’lishi kerak.
Dissertatsiya himoyasi uchun zarur bo’lgan ko’rgazmali chizmalar muvofiq standartlar (shartli belgilar, shrift, masshtab va h.k.) talablari asosida A1 format qog’ozda (5-6 tagacha) bajarilishi yoki texnik vositalardan foydalangan holda ekranda namoyish etilishi mumkin. Arxitektura, texnika, muayyan san’at mutaxassisliklari bo’yicha chizmalarga talablar tegishli Ilmiy-uslubiy birlashmalar tomonidan ishlab chiqiladi.
Tayyor bo’lgan dissertatsiya ishi ilmiy rahbarning imzosi va taqrizi bilan kafedra mudiriga taqdim etiladi. Kafedra muhokamasidan o’tgan va ma’qullangan dissertatsiya ishiga kafedraning qarori bilan ikkita opponent tayinlanadi. Opponent sifatida soha mutaxassislari, ilmiy muassasalar hodimlari, boshqa turdosh oliy ta’lim muassasalarining professor-o’qituvchilari tayinlanishi mumkin.
Magistratura bo’limining boshligi dissertatsiya ishini ilmiy rahbar va opponent taqrizlari bilan himoya qilish uchun Davlat attestatsiya komissiyasiga yo’llaydi.
Dissertatsiya ishi himoyadan keyin 10 kun davomida magistratura bo’limiga topshiriladi va ta’lim muassasasida 10 yilgacha saqlanadi.
Magistrlik dissertatsiyasining tarkibi, shuningdek, ma’lumotlar beradigan sahifa ostidagi izoh qisqartmalar ro’yxati (7-ilova), notanish va tushunilishi qiyin bo’lgan tayanch so’zlar lug’ati ham kirishi mumkin.
Matnning tugallanmagan qismlarini boshqa betlarga o’tkazish man etiladi. Yangi fikr ifodalaydigan jumlalar xat boshidan yoziladi. Agar matnda chet tilida keltirilgan so’zlar, qo’shimchalar bo’lsa, ular asliga to’g’ri holda to’laligicha yozilishi kerak.
Magistrlik dissertatsiyasida raqamli materiallarni jadval shaklida berilishi maqsadga muvofiqdir. Mazmun jihatdan ular analitik va ish jadvallariga bo’linadi. Analitik jadvallar o’rganilayotgan muammoni yoritib beruvchi umumiy xulosalar va sharhlarni talab etadi.
Magistrlik dissertatsiyasida analitik materiallarning ko’p bo’lishi ma’lum darajada talabaning uzi tadqiq qilayotgan muammoni tushunish darajasini ko’rsatadi. Statistik materiallardan esa matnda bor muammoni sharhlab berish, statistik ko’rsatkichlar tizimini hisoblash uchun foydalanish maqsadga muvofiq.
Qaysi manbadan olinganligini ko’rsatmay turib, matbuotda chop etilgan jadvallardan foydalanish mumkin emas. Jadval boshqa betga ko’chirib o’tkazilgan hollarda jadvalning nomi, albatta, qaytarilishi va yuqori o’ng tomoniga «jadvalning davomi» deb yozib quyilishi kerak.
Magistrlik dissertatsiyasining har bir bobi yangi betdan yoziladi. Bobning nomi yoki sarlavhalari asosiy matndan qo’shimcha interval bilan ajralib turishi kerak. Bobning nomidan keyin paragraf nomi yoziladi. Magistrlik dissertatsiyasida betlarning tartib raqami varaqning yuqori o’rta qismiga qo’yiladi.
Magistrlik dissertatsiyasining sarvarag’i qabul qilingan namunaga mos bo’lishi (4-ilova) va quyidagi talablarga javob berishi kerak:

  • dissertatsiya nomi 16 shriftda;

  • muallifning ismi, familiyasi va sharifi 14 shriftda;

  • malakasi 14 shriftda;

  • kafedraning nomlanishi 14 shriftda;

  • ilmiy darajasi 14 shriftda yoziladi.

Izoh: tadqiqot mavzusining nomi, talabaning familiyasi, ismi, sharifi, dissertatsiya hamda so’z boshi katta harflarda teriladi.
Tugallangan magistrlik dissertatsiyasi ilmiy rahbar ko’rib bo’lgandan keyin, uni avval, kafedradagi dastlabki himoyaga, so’ngra ochiq himoyaga tavsiya etadigan taqrizchiga beriladi (11-ilova).
Biror fikr yoki ta’riflarni keltirganda yoki ularni qiyosiy taqqoslaganda ular o’z asliga to’g’ri holda, hech qanday qo’shimchalarsiz qo’shtirnoq ichida keltiriladi va shu betdagi matn oxirida manbasi (muallif, asar nomi, nashr joyi, nashriyot, yili, beti) ko’rsatiladi.
Magistrlik dissertatsiyasining sarvarag’ida ishning himoya qilishga ijozat berilishini tasdiqdovchi kafedra mudirining imzosi, shuningdek, ishning attestatsiya komissiya oldida himoya qilishga tayyorgarligini tasdiqlovchi ilmiy rahbar va ilmiy maslahatchining imzosi qo’yiladi.
Bob va bo’limlarning sarlavhasi bo’lishi lozim. Boblar sarlavhasi hoshiyadan, bilimlar esa satr boshidan rasmiylashtiriladi. Sarlavha va matnlar o‘rtasidagi masofa sarlavha ajralib turilishi uchun kengaytirilgan bo’lishi lozim. Har bir bob yangi varaqdan boshlanishi kerak. Boblar sarlavhasi bosh harflarda, bo’limlar sarlavhasi esa kichik harflarda yoziladi. Sarlavhalar oxiriga nuqta quyilmaydi va ular tagiga chizilmaydi. Bob va bo’limlarning sarlavhasi arab raqamlari bilan raqamlanadi. Bo’limlar raqamlari bob va bo’limlar raqamlaridan iborat bo‘lib, nuqtalar bilan ajratiladi.
Foydalanilgan manba va adabiyotlar ro’yxati 2 intervaldan so’ng yoziladi, har bir nomdagi adabiyot satr boshidan boshlanadi.
Foydalanilgan manba va adabiyotlar ro’yxatining oxirgi varagida sana va ish muallifi bo’lgan talabaning ish matni solishtirib chiqilganligi hamda matn parchalari tekshirilganligini tasdiqdovchi shahsiy imzosi qo’yiladi.
Matn, jadval, chizma va boshqa illyustrativ materiallarning rasmiylashtirilishi
Magistrlik dissertatsiyasining asosiy qismi tadqiqot mavzusi va mazmuniga bog’liq tarzda matn shaklida, ko’rgazmali materiallar (jadvallar, chizmalar, diagramma, gistogramma va h-k.) turli xil birikmalarda bayon etiladi. Magistrlik dissertatsiyasida ko’rgazmali materiallar (jadvallar, chizmalar, diagramma, gistogramma va h.k.) tadqiqot ob’yekta tavsifi va xususiyatlarini ochish yoki matnni a’lo darajada tushunish maqsadida joylashtiriladi.
Ishning matni ob’yekt haqidagi grammatik va leksik jihatdan mos keluvchi ma’lumotlarni o’z ichiga oladi.
Matndan erkin satrlar bilan tenglama va formulalarni ajratish mumkin. Har bir formuladan pastda va yuqori bittadan kam bo’lmagan erkin satr qoldirilgan bo’lishi lozim. Agarda tenglama bitta satrga joylashmasa, tenglik (=) yoki qo’shish(+), ayirish (-), ko’paytirish (x) va bo’lish (:) belgisidan so’ng uni boshqa satrga o’tkazish mumkin.
Bir qancha ob’yektlar haqidagi raqam va so’z orqali ifodalangan ma’lumotlar jadvallar shaklida beriladi. Ish yakunida ko’proq ko’rgazmali materiallar va olingan natijalarni taqqoslovchi ko’rsatkichlar keltirilgan diagramma va gistogrammalar berilishi lozim. Ishda keltiriladigan jadvallar vertikal chizma va gorizontal qatorlarda bo’lishi mumkin. Chizma va jadvallar raqamlanishi, agar bitta jadval bir varaqqa joylashmagan taqdirda keyingi satrga chizma raqami takror berilishi darkor.


L


Chizma va jadvallar nomlanishida faqatgina umumiy qabul qilingan qisqartma so’zlar va shartli belgilar qo’llaniladi.
Har bir jadval tartib raqam bilan raqamlanishi va nomlanishi kerak. Sarlavha bosh harflar bilan boshlanadi va uning tagiga chizilmaydi.
Muhim ma’lumotlarni beruvchi ko’rgazmali materiallar matndan so’ng yoki dalillarni qayd qilish holatida magistrlik dissertatsiyasining ilova qismida joylashtirilishi kerak.
Katta hajmdagi rasm, chizma va jadvallar imkon qadar A4 formatdagi qog’ozning bir varakka joylashtirilishi mo’ljallab berilishi lozim.
Chizma (rasm, jadval, diagramma, gistogramma va h.k.)lar rasmiylashtirilishiga ko’ra me’yoriy talablariga muvofiq kelishi lozim. Ko’rgazmali materialning yuqori qismida, albatta, mavzu nomi keltirilishi darkor.
Chizma shaklidagi materiallar ostida izohlovchi ma’lumotlar beriladi. Asosiy qismdagi, shuningdek, ilovalardagi ko’rgazmali material arab raqami bilan raqamlanishi kerak. Agar ishda faqatgina bitta chizma, rasm, jadval va diagrammalar bo’lsa, unda «chizma» so’zi bilan raqam keltirilishi shart emas.
Chizma (rasm, jadval, diagramma, gistogramma va h.k.)larni bitta varaqda bajarish talab etiladi. Agarda chizma bitta varaqqa joylashmasa, uni keyingi sahifaga o’tkazish mumkin. Chizma mavzuining nomlanishi birinchi sahifasiga joylashtiriladi.
Ilovalarning rasmiylashtirilishi
Ilovalar ishning davomi sifatida foydalanilgan manba va adabiyotlar ro’yhatidan so’ng rasmiylashtiriladi. Ular matnda havola tarzida joylashtiriladi. Har bir ilova yangi varaqdan o’ng tomon burchakdan «ilova» so’zi bilan boshlanadi va arab raqami ketma-ketligida raqamlanadi. Masalan, 1-ilova, 2-ilova va h.k. Ilovaning chap pastki burchagida u qanday manbalarga asoslanib tuzilganligini ko’rsatish mumkin.
Ma’lumotlar qismi
Magistrlik dissertatsiyasining ma’lumotlar qismi bir nechta o’zaro bog’langan qismlardan iborat bo’lishi mumkin: har bir satr ostida berilgan havola, foydalanilgan manba va adabiyotlar ro’yhati, tayanch so’zlar lug’ati.
Umumiy talablar
Havola va ro’yhatlarni rasmiylashtirish amaldagi me’yoriy-metodik materiallar, ya’ni o’rnatilgan talablariga muvofiq tarzda olib boriladi. Ularni tuzish jarayonida «Ma’lumotlar, bibliografik va nashr ishlar bo’yicha standartlar tizimi. Ilmiy-tadqiqot ishlari bo’yicha hisobot. Rasmiylashtirish tartibi va qoidalari»; «Biblografik yozuvlar. Bibliografik bayonlar. Umumiy talablar va tuzish qoidalari»; O‘zbekistan Respublikasida standartlashtirish. O‘zbekistan Respublikasi milliy standartlari. Ularni bayon qilish, tuzish va rasmiylashtirish qoidalari» kabilar hisobga olindi.
Qonun chiqaruvchi va me’yoriy dalillar rasmiy nashrlarga qaraganda mos keluvchi axborotnomada keltiriladi.
Chet tillardagi manba va adabiyotlar orfografik me’yorlar saqlangan holda asl nusxadagi tilda ko’rsatiladi (shuningdek, katta va kichik harflarni qo’llash ham).
Barcha bibliografik qisqartmalarning ahamiyati adabiyotlar ro’yxatidan oldin joylashtiriladigan qisqartmalar ro’yxatida ochib beriladi.
Foydalanilgan manba va adabiyotlar ro’yxati 2 intervaldan keyin yoziladi. Chet tillardagi manbalar alfavit tartibda joylashtiriladi.
Satrlangan havola 1 intervaldan so’ng yoziladi. Ro’yhat va satrlangan havola o‘rtasidagi masofa 2-4 intervalni tashkil etadi.
Foydalanilgan adabiyotlarning yozilish namunalari

  1. Kitob va turkum nashrlari

    1. Bir tomlik kitoblar, monografiyalar, darsliklar, maqolalar

to’plami:
a) bir muallifning: Marchuk G.I. Hisoblash matematikasining usullari. — Novosibirsk: Nauka, 2003. — 196 b.
b) butun manbaga havola: Годунов С.К., Рябенький В.С., Разностые схемы (введение и теорию). Учеб. Пособие для ВУЗов. - M.: Наука, 2002.-399 b.
v) ikki muallifning: Годунов С.К., Рябенький В.С., Введение и теорию разностые схемы -M.: Fizmatgiz, 2002,- 168 b.
g) uch muallifning: Koshlyakov N.S., Gliner E.B., Smirnov M,M. Matematik fizikaning differensial tenglamalari. - M.: Fizmatgiz, 2006. - 67 b.
d) turt muallifning: Estestvennыe sostavlyayuщie meteorologicheskix poley / Mesherskaya A.V., Ruxovets L.V., YUdin M.I., YAkovleva N.I. - L.: Gidrometeoizdat, 2008.- 199 6.
e) mualliflar jamoasi uchun: Planirovanie, organizatsiya i upravlenie transportnыm stroitelstvom /A.M.Koroteev, T.A.Belyaev va b.; A.M.Koroteev taxriri ostida. -M.: Transport, 2001. -286 b.

1.2. Ko’p tomlik kitoblar:


a) butun manbaga havola: Fletcher K. Vыchislitelnыe metodы v dinamike jidkostey. V 2-xt. -M.: Mir, 2008.-504 b.
b) aloxida tomning tavsifi: Sedov L.I. Mexaniqa sploshnoy sredi. V2-xt,- M.:Nauka, 2003. T.1.B. 114-125.

  1. Dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferati

    1. Abdullaeva K,.M. Maxsus fanlarni o’qitishda bulajak o’qituvchilarning kasbiy bilim va ko’nikmalarini shakllantirishning metodik asoslari: Diss.ped. fan. nom.- Toshkent: TDPU, 2006. - 182, b.

    2. Sarsenbaeva P.M. Mehnat ta’limi negizida o’quv-tarbiyaviy tadbirlar o’tkazishning ilmiy-metodik asoslari: Avtoref. dis. ... ped. fan. nom. - T.: UMKXT, 2004. - 20 b.

3. Jurnallardagi makolalarga x.avolalar

  1. K Baxvalov N.S. K optimizatsii metodov resheniya kraevыx zadach pri nalichii pogranichnogo sloya // J. vыchisl. matem. i matem.fiz. - 2005. -№4(9).- B. 841-859.

  2. Ilmiy ishlar tuplamlariga xlvolalar

    1. EX.M bilan intellektual muloqot: ToshDU Ilmiy ishlar Tup. - Toshkent, 2006. - 270 b.

  3. Simpozium va konferensiya ishlarnga havolalar

    1. Petrov S.M Vliyakie konechnoy skorosti rasprostraneniya poperechnoy volnы na dinamicheskoe povedenie vыsokogo soorujeniya // IV Rossiyskaya konf. po seysmostoykomu stroitelstvu: Tez. dokl. - M., 2001. 55 b.

    2. Ivanov P.K. Algoritm issledovaniya kolebaniy osesimmetrichnыx soorujeniy s dinamicheskimi gasitelyami // Perspektivnme informatsionnыe texnologii: Tez. dokl. resp. nauch. konf. 21-22 maya 2002.-Toshkent, 2002. 132- 133 6.

  4. Deponentlashtirilgan ilmiy ishlarga havolalar

    1. Soatov U.A. Neobxodimoe i dostatochnoe uslovie suщestvovaniya resheniya chastichno integralnogo uravneniya s virojdennnmi yadrami. - T.: 1997, 29 6. - Dep. v GFNTI GKNT RUz 01.10.97, № 2677-97.

6. MAGISTRLIK DISSERTATSIYASINING DASTLABKI VA ASOSIY HIMOYALARINI O’TKAZISH, SO’NGRA ULARNI SAQLASH VA FOYDALANISH TARTIBI


Magistrlik dissertatsiyasining dastlabki himoyasini o’tkazish tartibi
Mutaxassislar tayyorlaydigan tayanch kafedralar tashkil etiladigan dissertatsiyaning dastlabki himoyasini o’tkazishdan maqsad - ishning DAK oldidagi himoyaga qay darajada tayyor ekanligini nazorat qilishdan iborat. Dissertatsiyaning dastlabki himoya tartibi tayanch kafedra tomonidan aniqlanadi. Huddi shunday, u kechiktirilmasdan, DAK oldidagi himoyadan 3 hafta oldin o’tkaziladi.
Dastlabki himoyada talaba magistrlik dissertatsiyasini to’liq (birok muqovalanishi shart emas) varianta hamda o’zining ilmiy-izlanish va amaliy faoliyatining ko’rgazmali natijalari va ma’ruzalari ilova qilingan qo’shimcha materiallarni taqdim etadi.
Agar talabaning ma’ruzasi va magistrlik dissertatsiyasining tayyorgarlik sifati kafedra mudiri va professor-o’qituvchilari tomonidan past baholansa, bunda kafedra yig’ilishida ishtirok etayotgan ilmiy rahbar bilan kelishilgan holda uning himoya muddatini keyingi yilga o’tkazish to’g’risida qaror qabul qilish mumkin.
Kafedradagi dastlabki himoyadan so’ng fakultet dekani talabani himoya qilishga ruhsat etilishi to’g’risida buyrug’ tayyorlaydi.
Magistrlik dissertatsiyasi kafedradagi dastlabki himoya jarayonida talaba tomonidan qabul qilingan kamchilik va tavsiyalar hisobga olingan holda oxirgi marta qayta ishlangandan so’ng ilmiy rahbar 9-ilovada ko’rsatilgan shaklda unga alohida yakuniy xulosa tayyorlaydi. Ilmiy rahbar xulosasida tanlangan mavzuning dolzarbligi; magistrlik dissertatsiyasi mazmuni, qo’yilgan maqsad va vazifalarga mos kelishligi; uning ilmiy- amaliy ahamiyati; talaba mustaqil faoliyat yuritishining namoyon bo’lish darajasi; foydalanilgan manbalarning ko’pligi; talabaning adabiyotlar bilan ishlash ko’nikmasining mavjudligi; statistik materiallarni hisoblash, tahlil qilish, umumlashtirish hamda ularni diagramma va jadval shaklida tayyorlash; ilmiy izlanish jarayonida qo’llanish uchun tanlangan metodlarni asoslash; mustaqil ravishda ilmiy va amaliy xulosalar tayyorlash ko’nikmasi; tadqiqot natijalari, shuningdek, chiqarilgan xulosa va tavsiyalarning qiymati; ilmiy-ma’lumotlar qismining to’g’ri rasmiylashtirilganligi; ish rasmiylashtirilishining sifati va madaniy darajasi, matnning hatosiz yozilishi va undagi mantiq masalasi ko’rsatilgan bo’lishi kerak.
Magistrlik dissertatsiyasi kasbiy tayyorgarlik darajasining yakuniy baholanishi - bu uning Davlat ta’lim standarta talabalariga mos kelishi hamda ilmiy rahbarning DAK oldidagi himoyaga ruhsat etilishi to’g’risidagi xulosasi hisoblanadi. Ilmiy rahbar magistrlik dissertatsiyaning yozilishi va rasmiylashtarilishi bo’yicha talaba mehnati natijalarini faqat sifat ko’rsatkichida (miqdor - ball ko’rsatkichida emas) baholash huquqiga ega (10-ilova).
Magistrlik dissertatsiyasining dastlabki himoyasi o’tkazilgandan so’ng hamda DAK kotibasining taqrizidan keyin himoyaga 3 kun qolganda quyidagilar taqdim etilishi lozim:

  1. dissertatsiya kafedra mudiri, ilmiy rahbar, ilmiy maslahatchilar tomonidan tasdiqlangan, muqovalangan nusxasi;

  2. dissertatsiya hamda uning taqdimot materiallari agar kompyuterda yozilgan bo’lsa, ularning elektron versiyasi tushirilgan disketa;

  3. magistrlik dissertatsiyaga yozilgan ilmiy rahbar yakuniy xulosasi;

  4. ikkita opponentning taqrizi;

  5. dissertatsiyaga taalluqli bo’lgan boshqa hujjatlar.

Taqrizchilarga taqdim etish
Magistrlik dissertatsiyasini himoya qilish maqsadida unga muvofiq keluvchi tashkilot boshqarmasining yuqori ilmiy-amaliy salohiyatga ega bo’lgan mutaxassislarining taqrizlari muhimdir.
Har bir magistrlik dissertatsiyasi bo’yicha kafedra yig’ilishi qaroriga muvofiq taqrizchi belgilanadi.
Ichki opponent magistrlik dissertatsiyasi bajariladigan kafedra a’zolari tarkibidan belgilanadi, tashqi taqrizchi - OTMning boshqa kafedralari professor-o’qituvchilari yoki muayyan dissertatsiyada kutarilgan muammo bo’yicha yetakchi ilmiy va amaliy faoliyat olib boruvchi boshqa muassasa, tashkilot va korxona mutaxassislari tarkibidan bilishi mumkin.
Ilmiy rahbardan ijobiy taqriz olingandan so’ng talaba tayyor bo’lgan magistrlik dissertatsiyasini bir hafta ichida fakultet dekani tomonidan davlat attestatsiyasi uchun belgilangan ikkita opponentning har biriga taqriz olish uchun taqdim etishi lozim.

  1. ilovada namuna keltirilganidek, taqrizda talaba tomonidan tanlangan mavzuning dolzarbligiga baho berilishi, unda qo’yilgan maqsad va ifodalangan vazifalarga magistrlik dissertatsiya mazmunining mosligi, uning asosiy qiymatini belgilovchi amaliy ahamiyati va olingan natijalarning ilmiy asoslanganligi, ishning Nizom talablari mos rasmiylashtirilganligi, shuningdek, ishda yo’l qo’yilgan asosiy kamchilik berilgan bo’lishi lozim. Magistrlik dissertatsiyasining kasbiy tayyorgarlik darajasini yakuniy baholash uning me’yoriy hujjat talablariga mosligi va opponentning himoya qilishga ruhsati haqidagi xulosasi hisoblanadi. Taqrizchi magistrlik dissertatsiyasining mazmuni va rasmiylashtirilishi bo’yicha talaba mehnati natijalariga nafaqat sifat, balki miqdor (ballarda) baho berishi zarur. Masalan: «ish yuqori ijobiy bahoga loyiq», «ish yaxshi bahoga loyiq», «ish qoniqarli bahoga loyiq».

Agar magistrlik dissertatsiyasi taqrizchiga himoya qilishga bir haftadan kam vaqt qolganda taqdim etilsa, u himoyani boshqa sanaga o’tkazish to’g’risidagi masalani kutarishga haqlidir.
Ma’ruza va taqdimotlarni tayyorlash
Magistrlik dissertatsiyasini himoya qilish tartibi talaba tomonidan olingan asosiy natijalar namoyishi - taqdimoti hisoblangan ma’ruzani o’z ichiga oladi.
.Taqdimot namoyish etiladigan materialning ko’rgazmaliligini ta’minlaydi, DAK a’zolariga magistrlik dissertatsiya natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyatini baholash kabi talabaning o’ziga ularni qisqa bayon etish imkoniyatini beradi.
Taqdimot o’z ichiga quyidagilarni olishi lozim:

  • mavzu nomlanishi va ishni namoyish etishni talab etuvchi asosiy ma’lumotlar;

  • kirish va asosiy qismdan tashkil topgan taqdimotning o’zini

  • xulosa.

Taqdimotlar bilan birga olib boriladigan ma’ruzaning davomiyligi 10 minutdan oshmasligi kerak. Agar ma’ruza 100 foiz davomiylikda olinadigan bo’lsa, bunda taqdimot o’z ichiga olgan qismlari 10/80/10 foizga muvofiq kelishi lozim.
Chiqish so’zi, birinchi navbatda, magistrlik dissertatsiyasi mavzusining dolzarbligi, tadqiqot ob’yekta va predmeti, tadqiqot metodlari haqida tasavvur berishi lozim.
Ma’ruzaning asosiy qismi: tadqiqot ob’yekta va predmeta, talaba tomonidan olib borilgan natijalar tahlili, aniqlangan muammolar, tadqiq etilgan tizim va yo’nalishning mavjudligi bo’yicha asoslangan takliflar, metodlar, ushbu takliflarni tatbiq etish vositalari, shuningdek, takliflarni tatbiq etishning ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligi yoki iqtisodiy qiymati kabi masalarni qamrab olishi lozim.
Ma’ruzaning xulosa qismida magistrlik dissertatsiyasi natijalari bo’yicha xulosa qilinadi.
Taqdimot elektron slayd - film shaklida taqdim etiladigan va MS POWERPOINT dasturida bajariladigan vizual materiallar bilan tasvirlanadi. Vizual materiallarning qo’llanilishi, birinchidan, DAK a’zolari diqqatini magistrlik dissertatsiyaning ko’proq muhim elementlariga qaratish, ikkinchidan, verbal (so’z bilan ifodalanadigan) ma’lumotni so’zma-so’z takrorlamasdan asoslash, uchinchidan, o’g’zaki taqdim etish murakkab bo’lgan dalillarni tasvirlashga yordam beradi.
Ko’rgazmali materiallarni to’plash jarayonida qisqa, lunda va oddiylik tamoyilini qo’llash. Chizma va jadvallar ma’lumotlarga boy bo’lishi lozim, biroq ular ko’p sonli ma’lumotlar bilan to’ldirilishi mumkin emas. Jadvalli materiallar maksimum 30 tadan oshmasligi kerak. Har bir son 5 ta raqamdan oshmasligi lozim. Masalan, 18922 - bu raqamlar bitta son hisoblanadi.
Bitta slayd matnida sarlavhadan tashqari maksimum 36 so’z qo’llanishi lozim. Material maksimum 6 qator va uning har birida 6 so’zdan oshmagan holda bayon etilishi kerak.
Matn maqsadi - magistrlik dissertatsiyaning asosiy g’oyasini asoslaydi.
Magistrlik dissertatsiyasining asosiy himoyasini o’tkazish tartibi
Magistrlik dissertatsiyasi himoyasi DAK a’zolari tarkibining uchdan ikki qismi, ilmiy rahbar va talaba, shuningdek, imkon qadar taqrizchilar ishtirokida ochiq yig’ilish tarzida o’tkaziladi.
DAK kotibi har bir magistrlik dissertatsiya bo’yicha yig’ilish komissiyasiga quyidagilarni taqdim qiladi:

  • ish nusxasi;

  • ilmiy rahbar xulosasi;

  • taqrizchilar taqrizi;

  • magistrlik dissertatsiyasiga olingan boshqa taqrizlar

  • talabaning o’quv kartochkasi;

  • talabaning reyting daftarchasi.

Magistrlik dissertatsiyasini himoya qilish tartibida quyidagilar talab etiladi:

  • talabaning chiqish so’zida (10 minutgacha) mavzu asosnomasi keltirilishi, olib borilgan tadqiqot maqsadi va vazifalari ko’rsatilishi, foydalanilgan adabiyot va manbalar tavsifi berilishi, tadqiqot ob’yekti va predmeti aniqlanishi, tadqiqot xulosalari bayon etilishi lozim.

  • talabaning DAK a’zolari savollariga javoblari;

  • taqrizchi va boshqa shaxslarning chiqishlari;

  • magistrlik dissertatsiyasiga olingan boshqa taqrizlar o’qib eshittirilishi;

  • talabaning yakunlovchi so’zi - ishning muhokama qilish jarayonida ko’rsatilgan kamchiliklarga javobi.

DAK yig’ilishida barcha ishtirok etuvchilar savollar berishi va ijodiy muzokarada ishtirok etishi mumkin.
Yakunlovchi ball tizimidagi baho DAK a’zolarining oddiy, ko’pchilik ovozi olingan DAK yopiq yig’ilishida, albatta, komissiya raisi yoki uning o’rinbosari ishtirokida tavsiya etiladi. Ovozlar soni teng bo’lgan taqdirda komissiya raisi yoki uning o’rinbosari ovozi hal qiluvchi huquqqa ega. Ilmiy rahbar yoki taqrizchi o’zining fikrini bildirish huquqiga ega, biroq ular ovoz berishda ishtirok etishmaydi.
DAK magistrlik dissertatsiyasini nashr qilish, tanlovlarda ishtirok etish, amaliyotda tatbiq etish bo’yicha tavsiya berish huquqiga ega. DAK raisi (fakultet dekani va kafedra mudiri bilan kelishilgan holda) ko’proq qobiliyatli talabani aspiranturaga kirish uchun tavsiya berishi ham mumkin.
DAK kotibi barcha berilgan savollar, javoblar, asosiy fikrlar va komissiyaning (imtiyozli yoki imtiyozsiz) diplom berish yoki bermaslik to’g’risidagi hukmi chiqarilgan yig’ilish bayonnomasini yuritadi. Bayonnoma yig’ilishda ishtirok etgan komissiya raisi va a’zolari tomonidan imzolanadi. Huddi shu kuni DAK yig’ilishi bayonnomasi rasmiylashtirilgandan so’ng talabaga magistrlik dissertatsiya himoyasining natijasi e’lon qilinadi.
Magistrlik dissertatsiyasini uzrli sabablarga ko’ra belgilangan muddatda himoya qila olmagan talaba hujjat asosida tasdiqlangach, DAKning keyingi ishlari davriga qadar o’qish muddati uzaytirilishi mumkin. Biroq bu muddat ilk o’tkazilgan yakuniy attestatsiya o’tkazilgandan so’ng uch oydan kam bo’lmasligi va besh yildan ham oshmasligi lozim. Buning uchun talaba fakultet dekaniga uzrli sababni tasdiqdovchi hujjat ilova qilingan ariza berishi kerak. Magistrlik dissertatsiyaning qayta himoyasi ikkinchi marotaba belgilanmaydi.
DAK ishi to’g’risidagi hisobot OTM Ilmiy kengashida ko’riladi va yakuniy davlat attestatsiyasi tugallangandan so’nggi ikki oy mobaynida mutaxassislarning kasbiy tayyorgarlik sifatini oshirish bo’yicha tavsiyalar bilan birgalikda O‘zbekistan Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligiga taqdim etiladi.

Magistrlik dissertatsiyani baxolash mezonlari


Nizomiy nomidagi TDPU magistraturani bitiruvchi barcha mutaxassisliklar uchun magistrlik dissertatsiyalarini baxolashning mezonlari berilgan (10-ilova).
Agar ish mavzui ilmiy asoslanib, o’zida nazariy, metodik yoki amaliy qiziqishni uyg’ota olsa, qo’yilgan masalani xal qilishda muallif tomonidan maqbul taxlil qilish usullari, zamonaviy metod va vositalarni qo’llash mumkinligi tasdiqdansa, shuningdek, u kasb-xunar ta’limining ilmiy-nazariy, metodik yoki amaliy masalalariga yordam bersagina, magistrlik dissertatsiyasiga «a’lo» baxoga loyiq deb topiladi. «A’lo» baxolangan ishning tarkibiy tuzilishi aniq, mantiqan to’g’ri va qo’yilgan maqsadga muvofiq bo’lishi lozim. Xulosa qismda aniq, qo’yilgan masalani xal qilishda xissa qo’shadigan har tomonlama asoslangan xulosalar keltirilishi lozim. Chunki bu uning kelajakdagi istiqbolini belgilaydi.
Magistrlik dissertatsiyasi adabiy tilda yozilishi, to’g’riligi puxta tekshirilgan, unda berilgan ma’lumotlar amaldagi Davlat ta’lim standartiga va mazkur metodik tavsiyanomaga mos bo’lishi, chizma, rasm, jadval va turli xil ko’rgazmali materiallar shaklidagi ilovalarni o’z ichiga olishi lozim.
Talabaning chiqish so’zi qisqa va izchil tarzda asosiy xolatlar yoritilgan, shuningdek, DAK a’zolari savollariga aniq va isbotlangan javoblar berilgan shartlardagina, unga «a’lo» baxo qo’yiladi.
Agar magistrlik dissertatsiyasi yuqorida keltirilgan talablarga to’liq javob bermagan xollarda, u ko’proq past ball bilan baxolanadi.
Magistrlik dissertatsiyasini saqlash va undan foydalanish tartibi
Magistrlik dissertatsiyasi himoya qilingach, oliy ta’lim muassasasi axborot resurs markaziga saqlash uchun beriladi.
Himoya qilingan magistrlik dissertatsiyalari haqidagi ma’lumotlar oliy ta’lim muassasasi axborot resurs markazining o’quv zalidagi muntazam to’ldirib boriladigan kartotekalarda saqlanadi.
Professor-o’qituvchilar, talabalar va boshqa shaxslar magistratura bo’limi boshlig’ining ruxsatnomasini olgan taqdirdagina magistrlik dissertatsiya bilan oliy ta’lim muassasasi axborot resurs markazida tanishib chiqishlari mumkin.
Tayanch kafedralar magistrlik dissertatsiyasini oliy ta’lim muassasasi axborot resurs markazidan vaqtinchalik olib foydalanish xuquqiga egadirlar.


Yüklə 407,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə