6. XVI asrda din va davlat munosabatlari. Jo‘yboriy shayxlarning faoliyati O‘qituvchi: Hilola Bahodirovna Nazirova, PhD



Yüklə 396,74 Kb.
səhifə3/3
tarix02.02.2023
ölçüsü396,74 Kb.
#100004
1   2   3
6-dars Jo\'yboriy shayxlar. Nazirova

Antoniy Jenkinson xotirasidan:

  • Mustahkam iqtisodiy poydevorga ega boʻlgan Joʻybor shayxlari Buxoro xonligining siyosiy hayotida juda katta rol oʻynagan. Ingliz sayyohi A. Jenkinson 1559-yilda Buxoroda boʻlib, bu yerdagi ruhoniylarning rahbarlari boʻlgan Joʻybor shayxlari haqida shunday degan edi: "Buxoroda diniy rahbar bor. Unga qirolga nisbatan koʻproq quloq soladilar, u oʻz xohishi bilan qirolni oʻrnidan olib, boshqasini qoʻya oladi". Joʻybor shayxlari, XVII asrning 1-yarmida mamlakatda paydo boʻlgan qiyin siyosiy vaziyatdan soʻng oʻzlarining oldingi mavqeini yoʻqotganlar.

Abdullaxon II mamlakat hududi yaxlitligini tiklash yoʻlida qoʻshni xorijiy davlatlar bilan ham kurash olib borgan. Masalan, Turkiya Movarounnahrda oʻz taʼsirini kuchaytirish niyatida Abdullaxon II ga qarshi kurashda Bobo sultonga yordam bergan. Bobo sulton turk askarlari yordamida Nasaf yonida Abdullaxon II ga qarshi jang qilgan. Abdullaxon II safaviylar bilan Xuroson, Gʻilon uchun kurashib ularni oʻz tasarrufiga kiritgan. Sharqiy Turkistonga qilingan yurishda Qashqar va Yorkent viloyatlarini olgan. Boburiylar ham Badaxshon, Shom, Afgʻoniston va Xuroson uchun Abdullaxon II ga qarshi kurashganlar. Abdullaxon II bunga qarshi Sind (1583), Kashmir (1586)ni egallab, davlatning janubiy chegaralarini mustahkamlagan.

  • Abdullaxon II mamlakat hududi yaxlitligini tiklash yoʻlida qoʻshni xorijiy davlatlar bilan ham kurash olib borgan. Masalan, Turkiya Movarounnahrda oʻz taʼsirini kuchaytirish niyatida Abdullaxon II ga qarshi kurashda Bobo sultonga yordam bergan. Bobo sulton turk askarlari yordamida Nasaf yonida Abdullaxon II ga qarshi jang qilgan. Abdullaxon II safaviylar bilan Xuroson, Gʻilon uchun kurashib ularni oʻz tasarrufiga kiritgan. Sharqiy Turkistonga qilingan yurishda Qashqar va Yorkent viloyatlarini olgan. Boburiylar ham Badaxshon, Shom, Afgʻoniston va Xuroson uchun Abdullaxon II ga qarshi kurashganlar. Abdullaxon II bunga qarshi Sind (1583), Kashmir (1586)ni egallab, davlatning janubiy chegaralarini mustahkamlagan.
  • Xoja Muxammad Islom Ibn Xoja Ahmad, Faxriddin Xoja Muhammad Islom, Xoja Islom Joʻyboriy (1493 —Buxoro—1563.15.9) — Joʻybor xojalarining mashhur namoyandasi, Buxoro shayx ulislomi.
  • Buxoro xonlari Ubaydullaxon va Abdullaxon II ning piri. X.M.I. yoshligidan naqshbandiya tariqati asoslarini puxta oʻrgangan. Maxdumi Aʼzam unga ustozlik qilgan. X.M.I. keyinchalik naqshbandiylik tariqatini keng targʻib qilgani uchun "Piri Shastiy" unvoniga ham sazovor boʻlgan. X.M.I. yoshligidan davlat va siyosat ishlariga faol aralashgan. Buxoro hokimi Ubaydulla sulton saroyida xizmatda boʻlgan.
  • X.M.I. Abdullaxon II ning markazlashgan davlat tuzish yoʻlidagi qattiqqoʻl siyosatini qoʻllab quvvatlagan. Buxoro xonligidagina emas, balki butun musulmon Sharqida uning nufuzi baland boʻlgan. Hindiston, Eron, Koshgʻar, Badaxshon hukmdorlari u bilan xat yozishib turishgan. Movarounnaxrdagi siyosiy jarayonlarda Maxdumi Aʼzam vafoti (1542)dan soʻng markaziy siymo (yirik diniy ulamo) sifatida asosiy rol oʻynagan. Abdullaxon II Balx hokimi Pirmuhammadxon taklifini qabul qilib, Buxorodagi hokimligini Balxdagi hokimlikka almashmoqchi boʻlganida X.M.I. Abdullaxon II bilan uchrashib, uni bu yanglish qaroridan qaytaradi (1561).
  • Buxoro xonligida shu davrda qurilgan koʻplab meʼmoriy obidalar (masjidlar, madrasalar, hammomlar, sardobalar, ustaxonalar, savdo rastalari va kanallar, xonaqoh va boshqalar) otaoʻgʻil: X.M.I. va Xoja Saʼduddin nomlari bilan bogʻliqdir. X.M.I.ning Gavkushon va Joʻybor madrasalarida 8 ming jildlik ulkan kutubxonasi boʻlgan. U saxovatli va muruvvatli inson boʻlgani uchun Buxoro xalqi tomonidan "Qutbul gʻavs" ("Madadkor qutb"), yaʼni avliyo deb eʼzozlangan.

E’tiboringiz uchun rahmat


Yüklə 396,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə