|
6. XVI asrda din va davlat munosabatlari. Jo‘yboriy shayxlarning faoliyati O‘qituvchi: Hilola Bahodirovna Nazirova, PhD
|
səhifə | 1/3 | tarix | 02.02.2023 | ölçüsü | 396,74 Kb. | | #100004 |
| 6-dars Jo\'yboriy shayxlar. Nazirova 6. XVI asrda din va davlat munosabatlari. Jo‘yboriy shayxlarning faoliyati O‘qituvchi: Hilola Bahodirovna Nazirova, PhD hilolnazirova@gmail.com moxtnxilonazi@mail.ru Prezentasiya rejasi - Davrga oid manbalar
- Siyosiy vaziyat
- Shayxlar va xonlar munosabati
- Din ulamolarining siyosiy faoliyati
- Foydalanish uchun adabiyotlar ro‘yxati.
Ular kimlar? - Joʻybor shayxlari (Joʻybor xojalari, Joʻyboriylar) — naqshbandiylik tariqatining Buxorodagi vakillari.
- Ularning Joʻybor shayxlari nomini olishi Xoja Muhammad Islomning bobosi Xoja Muqammad Yahyo Buxorodagi Joʻybor degan yerga koʻchib kelishi bilan bogʻliqdir. Joʻybor shayxlari oʻzlarini islom dinini targʻib qilish uchun Makkadan Nishopurga, undan Buxoroga kelgan Imom Ali Murtazo avlodi deb hisoblaganlar.
Joʻybor shayxlaridan Abu Bakr Saʼdga va uning avlodlariga Somoniylar davrida Buxoroning shayx ul-islomi degan mansab beriladi. Abu Bakr Saʼdning nevarasi Muhammad Islom Joʻybor shayxlarining iqtisodiy va siyosiy jihatdan katta nufuzga ega boʻlishida asosiy rol oʻynaydi. - Joʻybor shayxlaridan Abu Bakr Saʼdga va uning avlodlariga Somoniylar davrida Buxoroning shayx ul-islomi degan mansab beriladi. Abu Bakr Saʼdning nevarasi Muhammad Islom Joʻybor shayxlarining iqtisodiy va siyosiy jihatdan katta nufuzga ega boʻlishida asosiy rol oʻynaydi.
- U 1550-yillarda Buxoro xonligidagidagi toju-taxt uchun boʻlgan kurashlarga aralashib, oʻz muridi Abdullaxon II ning taxtga chiqishiga yordam beradi. Bu davrga kelib Joʻybor shayxlariga Buxorodagi Sumiton qishlogʻi inʼom etiladi. Joʻybor shayxlarining ota-bobolari Buxorodagi Chor Bakr mozoriga qoʻyilganligi uchun XVI asrdan boshlab Joʻybor shayxlari bu joydagi qabrlar ustiga hashamatli maqbara qurib, ziyoratgohga aylantirishgan (qarang Chorbakr ansambli).
- U ziyoratgohlar katta vaqf yerlariga ega boʻlib, ularga Joʻybor shayxlari merosxoʻrlar tariqasida egalik qilishgan va bu yerlar Joʻybor shayxlari xoʻjaligining rivojlanishiga asos boʻlib xizmat qilgan. Katta lavozim, vaqf daromadlari va boshqalar tufayli Joʻybor shayxlari tez orada boyib ketadilar. Joʻybor shayxlari katta yer-mulkka, yuzlab qullarga, koʻplab chorva mollariga, sugʻorish inshootlariga, savdo korxonalariga ega boʻlganlar. Ularning savdo karvonlari XVI asrning 2-yarmidayoq xorij bilan savdo aloqalari olib borgan.
Dostları ilə paylaş: |
|
|