7 §. Gipotezalar tuzish va tekshirish asosida mantiqiy masalalarni yechish usullari



Yüklə 146,37 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/3
tarix15.05.2023
ölçüsü146,37 Kb.
#110309
1   2   3
7-Mavzu

4-
 
masala. 
Maktabga olimpiada o`tkazish hay’atidan 5-sinf 
o`quvchisi 1-o`rinni egallamaganligi haqida xabar qildi. Odina:-“Bu 
Muhabbat bo`lsa kerak, chunki u a’lochi “,-dedi. Muhabbat e’tiroz bildirdi: 
“Men o`sha kuni o`zimni yaxshi his qilmayotgan edim, kam topshiriqlarni 
bajardim. Menimcha, bu Kamola yoki Yulduz bo`lsa kerak. Ular mashqlarni 
birga yechgan edilar”,- dedi. Yulduzning jahli chiqdi: “Bizlarning 
variantlarimiz turli va juda murakkab edi. To`g`rirog`i, bu Odinadir, uning 
varianti eng yengil edi”,- dedi. Kamola esa “ Ha, Odinaniki barchadan ko`ra 
yengil edi, u yaxshi yozgan bo`lsa kerak. Yoki bu Muhabbatdir”,- deb 
tasdiqladi. Sevara rozi bo`lmadi: “Olimpiada natijalarini oldindan aytish 
qiyin. Unda Yulduz ham g`alaba qozongan bo`lishi mumkin”,- dedi. Agar 


qizlarning barchasi xato qilgan bo`lsa, ulardan qaysi biri 1-o`rinni 
egallagan? 
Yechish. Olimpiadada kim 1-o`rinni egallanganligi haqidagi 
gipotezalarni ko`ramiz, ya’ni tadqiqot gipotezalarni quramiz. Qatnashchilar 
soni 5 ta va ularning har biri 1-o`rinni egallashi mumkinligidan 5 ta gipoteza 
tuzib, uni tekshiramiz. 
Qatnashchilarning har biri aytgan mulohazani rost yoki yolg`onligini 
o`rnatish orqali gipotezani tekshiramiz. Masala shartiga qo`yilgan 
javobning (yechimning) to`g`riligining me’zoni “Barcha qizlar haq bo`lib 
chiqmagan (xato qilgan)” bo`ladi. 
Gipotezalar 
Qizlar mulohazasi 
Olimpiadada………g`alaba qozongan. 
Odina Muhabbat Yulduz Kamola Sevara 
Odina: ”Muhabbat” 





Muhabbat:”Kamola yoki 
Yulduz” 





Yulduz: ”Odina” 





Kamola: ”Odina yoki 
Muhabbat” 





Sevara: ”Yulduz” 





Yolg`on mulohazalar soni 





Bu qiz olimpiadada g`olib 
chiqqanmi? 
Yo`q 
Yo`q 
Yo`q 
Yo`q 
Ha 
Demak, olimpiadada 1-o`rinni Sevara egallagan. 

Yüklə 146,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə