М-93-2 гурух талабаси Сулаймонов Рузимурод Жорий назорат Вариант №3 Menejment obyekti va subyekti deganda nimani tushunasiz?



Yüklə 37,38 Kb.
səhifə1/2
tarix11.12.2023
ölçüsü37,38 Kb.
#147601
  1   2
М 93-2 Сулаймонов Р. Менеджмент амалий жорий назорат


М-93-2 гурух талабаси Сулаймонов Рузимурод
Жорий назорат Вариант № 3
Menejment obyekti va subyekti deganda nimani tushunasiz?
Bozor iqtisodiyotida turli mulkchilikka asoslangan minglab korxonalar faoliyatini tasavvurga sig’dirish qiyin emas. Korxonalar faoliyatini u yoki bu darajadagi boshqaruvini tashkil etish, shu korxona rahbarining boshqaruv qobiliyatiga bog’liq. Uning qobiliyati esa menejment sohasidagi bilimlarni qanchalik darajada egallanganligi bilan o’lchanadi. Shu nuqtai nazardan menejment so’zi bizning hayotimizda bozor iqtisodiyoti bilan bog’liq kirib kelgan so’zlar qatoridan joy oldi.

Menejment inglizcha («management») so’z bo’lib, u o’zbek tilida - boshqarishni idora qilish, tashkil etish, rahbarlik qilish ma’nolarini anglatadi. Bozor iqtisodiyotida korxonalarni boshqarish shakli hisoblanadi. Menejment inson hayotidagi iqtisodiy-ijtimoiy sohalarni ishbilarmonlik asosida tashkil etish hamda boshqarishni bildiradi.


Inglizcha «menejment» so’zi, boshqaruv degan ma’noni anglatsa-da, dastlab asov otlarni tushovlash ma’nosini bildirgan. Keyinchalik bu atama ikki gildirakli aravaga nisbatan qo’llanila boshlangan. Bugungi kunda esa gap odamlarni, jamoalarini boshqarish xususida boryapti. Bu o’rinda odamlar mehnati, xohish irodasidan foydalanib mo’ljaldagi maqsadlarga erishish tushuniladi. Lekin menejmentni faqat odamlarni boshqarish jarayoni deb tushunmaslik kerak. Ingliz tilida «Menejment» so’zining ma’nosi nihoyatda murakkab. Ingliz tilining fundamental Oksford lug’atida bu so’zning quyidagi talqinlarini uchratish mumkin:


odamlar bilan muomala qilish usuli, tarzi;


xokimiyat va boshqaruv san’ati;
ishbilarmonlikning o’ziga xos turi;
ma’muriy vazifa.
Shunday qilib, «Menejment» atamasi quyidagi ma’nolarni anglatadi:

boshqaruv;


inson organidagi bilimlar sohasi:
boshqaruvni amalga oshirganlarning ijtimoiy qatlami.
Menejment - bu professional faoliyatning mustaqil qo’rinishi bo’lib, bozor sharoitida firmaning ixtiyoriy xo’jalik faoliyati natijasida moddiy va mehnat resurslardan unumli foydalanib mo'ljallangan maqsadga erishishdir.

Bu maqsadga menejment iqtisodiy mexanizmining prinsiplari va usullari asosida erishiladi.


Menejment deganda, bozor sharoitida bozor iqtisodiyotini boshqarish tushuniladi, ya’ni:


firmani bozorning talabi va ehtiyojiga, aniq talabgorlarning ehtiyojiga yo'naltirish va shu asosda firmaga mo’ljallanayotgan foydani keltiradigan mahsulotlarni ishlab chiqarishni tashkillashtirish;


optimal natijalarga erishgan holda minimal harajatlar bilan ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga doim intilish;
xo’jalik faoliyatining mustaqilligi;
bozor holatini e’tiborga olgan holda maqsad va rejalarni doimiy takomillashtirish;
bozorda, almashish jarayonida firmaning yoki uning xo’jalik faoliyati mustaqil bo’lgan bo’lim va qismlarning yakuniy natijasi namoyon bo’ladi;
asoslangan va optimal qarorlarni qabul qilishda ko’p variantli hisob - kitoblarni amalga oshirish uchun hozirgi zamon ma’lumotlar bazasi va kompyuterlardan keng foydalanish.
Boshqarish so’zi keng ma’noda ishlatiladi, masalan: davlatni boshqarish, mashinani boshqarish, biron bir biologik jarayonni boshqarish va hokazo. Menejment so’zi esa asosan firma darajasida bozor sharoitida ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni boshqarishda ishlatiladi. Menejment har hil mustaqillikga ega bo’lgan ishlovchilarni o’z ichiga birlashtiradi, ya’ni muhandislarni, loyihachilarni, iqtisodchilarni, statistlarni, psixologlarni, buxgalterlarni. Ana shularni hammasining faoliyatini menejer boshqaradi.

Menejer ishlayotgan firmaning kapitaliga mulkdorlikdan erkin, demak u firmaning aksiyasiga ega bo’lishi yoki ega bo’lmasligi mumkin.


Menejmentning ta’rifini berganda firmaning xo’jalik faoliyati quyidagilarda namoyon bo’ladi:


iqtisodiyotning ixtiyoriy tarmog’ida, ya’ni sanoat korxonalarida, bankda, transportda va h.k.


firmaning ixtiyoriy faoliyat doirasida, ya’ni ishlab chiqarishda, ilmiy izlanishda, moliyada, ta’minotda va h.k.
Firma xo’jalik faoliyatining maqsadi ishlab chiqarish jarayonini kerakli bo’lgan hamma resurslar bilan ta’minlash va texnik davrni (siklni) tashkillashtirishdir, bu degani ilmiy izlanishlar natijalarini ishlab chiqarishga tadbik qilish, ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish va takomillashtirish, mahsulotning sifat darajasini ko’tarish, tijorat ishlarini amalga oshirish, tovar harakati amallarini bajarish, har hil hisob-kitoblarni amalga oshirish, ishlab chiqarish jarayonini moddiy texnik ta’minlash, moliya resurslari bilan ta’minlash va boshqalar. Menejmentning asosiy masalalaridan biri - firmaning maqsadlarini yaqin yoki uzoq kelajakga, ya’ni istiqbolga mo’ljallash. Buning uchun firmaning imkoniyatini baholash va resurslar bilan ta’minlanganligini bilish zarur.

Moddiy va mehnat resurslaridan rasional foydalanish natijasida minimal harajat va maksimal samaradorlik bilan boshqarish jarayonida o’zaro hamkorlik qilayotgan kishilar yoki guruhlar maqsadga erishishi mumkin. Xo’jalik faoliyati jarayonida paydo bo’ladigan ijtimoiy-iqtisodiy, texnik, ijtimoiy-psixologik masalalarni yechish uchun menejment o’zining xususiy iqtisodiy mexanizmiga ega. Menejmentning ana shu iqtisodiy mexanizmi 3 qismdan iborat:


firma ichidagi boshqarish;


ishlab chiqarishni boshqarish;
xodimlarni boshqarish.
Iqtisodiyotni boshqarish - bu muayyan doirada tashkilotlar, muassasalar, korxonalar va firmalarni boshqarish tushuniladiki, bunda mehnat jamoasi, personal (xodimlar) va ishchilarni boshqarish o’ziga xos muhimlikni bildiradi. Iqtisodiyotni boshqarishning ana shunday muhim qismi menejment sohasi bilan bog’liq.

Menejment barcha turdagi resurslarni (ya’ni tabiiy, mehnat, moliyaviy va hokazo.) samarali biriktib, foyda olishni bilish, uni ko’paytirish bilan bog’liq soha bo’lganligi tufayli uchta jihat bo’yicha to’g’ri tanlovni va ishchan qaror qabul qilinishini talab etadi.


Xarajat - bu mahsulot ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish, tovarni sotish va xodimlarga to’lash uchun sarflanadigan mablag’lardir. Uning tarkibiga:


-mahsulot (yoki xizmat) tannarxi,

-ma’muriy xarajatlar,


-ijara va foiz to’lovlari,


-ish haqi,


-soliqlar kiradi.


Naf - bu mahsulot yoki xizmatlarning iste’molchilarga qanchalik darajada ijobiy natija keltirishidir. Haridornig harid qilish aniqligi tovarning naflilik darajasining qanchalik yuqoriligidan kelib chiqadi.


Baho - bu tovar va xizmatlarning pulda ifodalangan qiymatidir. Baho ikkita asosiy vazifani bajaradi:
-resurslar iste’molini cheklash imkonini beradi;

-ishlab chiqarish uchun turtki bo’lib xizmat qiladi.


Foydaga ta’sir etuvchi bu uch omilning mohiyatini tushungan boshqaruvchigina tanlovni to’g’ri amalga oshirishi va ishchan qarorni qabul qila olishi mumkin. Menejer xarajatlarni minimallashtirishga, mahsulotning naflilik darajasini belgilash bilan birga uning bahosini to’g’ri belgilashi lozim.


Kundalik hayotimizda menejment va menejer so’zlari juda ko’p qo’llaniladi. Dastlab menejment fan sifatida AQShda paydo buladi. Menejment — bu boshqaruv, ya’ni resurslarni, odamlarni boshqarish, samarali faoliyat olib borish va foyda olishni bilish, uni ko’paytirish jarayonidir. Shu nuqtai nazardan boshqaruv


bu o’ziga xos yuksak san’at va mahoratni talab qiluvchi tanlov, shu tanlov asosida qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat qilishdir.


Menejment fani bu — boshqaruvchiga tanlovni to’g’ri amalga oshirishni va oqil qarorni qabul qilishni o’rgatuvchi fandir. Uning asosiy maqsadi bozor munosabatlari sharoitida barcha bo’g’inlarda samarali ishlay oladigan yuqori malakali boshqaruvchilarni tayyorlashdan iborat. Shundan kelib chiqib, menejment quyidagilarni o’rganadi:

boshqarish nazariyasi va amaliyoti;


boshqarish ob’yekti va sub’yekti;
boshqarish prinsipi va usullari;
boshqarish madaniyati;
menejer va uning fazilatlari;
menejer reytingi;
boshqarishda kirishuvchanlik va qaror qabul qilshi;
boshqarish funksiyalari;
xodimlarni boshqarish;
ishlab chiqarishni boshqarish;
samaradorlikni boshqarish;
o’z-o’zini boshqarish;
hududiy boshqarish va hokazolar.
Fanning predmeti boshqaruv jarayonidagi kishilarning munosabatlarini, boshqaruv qonunlari, tashkiliy tarkibi, texnika texnolgiyasini o’rganishdan iborat.

Menejment ob’yekti haqida so’z yuritganda, eng avvalo, ob’yekt so’zining lug’aviy ma’nosiga e’tibor berish kerak bo’ladi. Shu ma’noda ob’yekt - bu:


bizdan tashqarida va bizning ongimizga bog’liq bo’lmagan holda mavjud bo’lgan borliq, voqyelik, moddiy dunyo, mavjudot;


Kishi faoliyati, diqqat-e’tibori qaratilgan hodisa, narsa, shaxs;
Xo’jalik yoki mudofaa ahamiyatiga ega bo’lgan korxona, qurilish, ayrim uchastka va shu kabilar.
Demak, ob’yekt tushunchasi mikro voqyelikdan (kishi va uning faoliyatidan) tortib, to makro voqyelik (moddiy dunyo, jamiyat) darajasigacha bo’lgan ma’noni o’z ichiga oladi. Masalan, «haydovchi o’z mashinasini boshqara ololmaganligi sababli u yo’ldan chiqib ketgan». Bu yerda boshqaruv ob’yekti bo’lib mashina hisoblanadi.

Yoki, «u kishi o’zini juda yaxshi boshqara oladi». Bu yerda boshqaruv ob’yekti bo’lib, kishi, shaxs hisoblanadi. Futbol komandasi yoki suv kemasi harakatini boshqarish, tuman, shahar, viloyat, mamlakatni boshqarish va hokazolar menejmentning yoki boshqarishning ob’yektlaridir.


Biror narsaga o’zining ta’sirini o’tkazuvchi, yoki uning qatnashuvi ta’siridagi qandaydir sabab yoki omillarni sub’yekt deb ataymiz. Masalan boshqarish ishini bajaruvchi idoralar va ularning rahbarlari menejmentning sub’yekti, ya’ni boshqaruv organlari yoki menejerlar - boshqaruvchilar bo’lib hisoblanadi.


Shunday qilib har qanday hodisa yoki jarayon negizi boshqariladigan ob’yekt va boshqariluvchi sub’yekt tizimlaridan tashkil topadi. Menejment ob’yektlari: Mamlakat, viloyat, tuman, konsern, korxona (firma), korporasiya, xodimlar, ishlab chiqarish va boshqalar. Menejment sub’yektlari esa ularni boshqaruvchilari hisoblanadi.


Har bir ishchining ijodiy faolligi, sodiqligi va malakasini oshirish tufayli kadrlar salohiyatidan samarali foydalanish, ishlab chiqarishni boshqarish va texnika-texnologiya bazasini rivojlantirish orqali ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish yo’li bilan firma faoliyatida daromad olish yoki foyda ko’rishni ta’minlash menejment fanining tub maqsadini bildiradi. Shuningdek, firmani muvaffaqiyatli boshqarish, biznesda ichki va tashqi muhit ta’siriga xos rahbarlikni olib borish, tashkilotdagi kelishmovchilik masalalarini hal etish ham menejment fanining ana shunday maqsadlaridandir.


Moddiy va inson resurslariga ega bo’lgan holda, iste’molchilarning ehtiyojlarini hisobga olib, xizmat ko’rsatish va tovarlar ishlab chiqarishni tashkil etish hamda bozor muhitida korxona faoliyatining rentabelligini va uning barqaror holatini ta’minlash menejmentning eng asosiy vazifalaridan hisoblanadi.


Menejment vazifalariga quyidagilarni kiritish mumkin:


• ishlab chiqarishni avtomatlashuvini ta’minlash va yuqori malakali ishchilardan foydalanishga o’tish;


• yaxshi mehnat sharoitlarini yaratish va yuqori ish haqini belgilash yo’li bilan firma xodimlari ishini rag’batlantirish


• firmaning samarali faoliyati uchun doimiy nazorat o’rnatish, firmaning barcha bo’limlaridagi ishlarni muvofiqlashtirish;


doimo yangi bozorlarni izlash va o’zlashtirish;


firmalarni rivojlantirishda aniq maqsadlarni belgilash;
• maqsadlar ustivorligini, ularning ketma-ketligi va qabul qilingan qarorlar izchilligini aniqlash;

• firmalarni rivojlantirishdagi strategiyani - xo’jalik yuritish masalalari va ularni hal etish yo’llarini ishlab chiqish;


• turli vaqt davrlarida belgilangan muammolar yechimini hal etish uchun chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqish;


zarur resurslar va ular bilan ta’minlash manbalarini aniqlash;


belgilangan vazifalarni bajarish borasida nazorat o’rnatish.
Ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish, tartibga solish, muvofiqlashtirish, nazorat qilish va belgilangan maqsadlarning qanchalik darajada muvaffaqiyatga erishganligini bozor muhitining o’zi baholaydi. Ishlab chiqarish masshtabining kengayishi, ta’minotda resurslar hajmining ortib borishi bilan boshqaruv vazifalari ham murakkablashib boradi.

Ilmiy menejment”ning namoyandasi G.Emerson qaysi tamoyillarni olg‘a suradi?




Teylorning izdoshlaridan biri Garrington Emerson bo‘lgan. Emerson Teylorga nisbatan faqat tor texnik va ishlab chiqarish sharoitinigina ko‘rib chiqmasdan boshqaruvni ratsionallashtirishni ancha keng ko‘rib chiqdi va unumdorlikning 12 prinsipini ilgari surdi. Uning tamoyillari mashxur “Mexnat unumdorligining tamoyillari” asarida yoritilgan. Bu tamoyillar quyidagilar: 1) Aniq qo’yilgan maqsad va g’oyalar. 2) Oqilona, sog’lom fikr. 3) Malakali e’tiborli mahsulot. 4) Intizom. 5) Xodimga nisbatan adolatli bo’lish. 6) Tezkor, ishonchli, to’liq, aniq va muntazam xisob-kitob. 7) Dispetcherlash. 8) Me’yorlar va jadvallar. 9) Sharoit bilan ta’minlash. 10)Muomalalarni me’yorlash. 11)Standart yo’riqnomalarini tayyorlash. 12)Unumdorlikni rag’batlantirish. Ko’rinib turibdiki, G.Emersonning diqqat markazida avvalo ikki tamoyil, ya’ni aniq qo’yilgan maqsad va g’oyalar, shuningdek, oqilona fikr turibdi. U shunday usullarni ishlab chiqdiki, unga ko‘ra xar bir muomala uchun, ishchining xarakatini o`rganish natijasida berilgan ish xajmi yagona, eng muvofiq usuli o‘rnatilar edi. Befoyda, xato harakatlar bartaraf etilib, qo`yilgan maqsad va g`oyalarga muvofiq ravishda eng takomillashganlari tanlab olinar edi. Bunga oqilona fikr asosida yondoshilib, masalan, nisbiy ish xaqining maxsus tizimi qo`llanilib, unga ko`ra berilgan me’yorni bajargan ishchilarga tarif stavkalari va koeffisientlari oshirilar, uni bajara olmagan ishchilarga esa stavkalar 20-30 foiz pasaytirilib jarima solinar edi. Shu bilan birga berilgan vazifalarning yuqori darajada bajarilishi uchun ularga sharoit yaratilar edi. Ilmiy boshqaruv maktabining yana bir namoyondasi amerkalik iqtisodchi Gamilton Cherch. U boshqaruv doirasidagi keng muammolar bilan shug‘ullandi, jumladan, boshqaruvning umumiy tamoyillarini asos qilib olgan holda, boshqaruvning asosiy funksiyalari va tashkil qilish metodlarini batafsil o‘rgandi. Teylorizmning yana bir izdoshlari - Frenk va Liliya Gilbretlardir. Ular har bir ishlab chiqarish operatsiyalarini parchalanadigan mikro- elementlarini o‘rganish, harakatlarni o‘rganish metodikasi, vaqt normativlarini belgilash asosida har xil kasb yo‘nalishlarini shu yo‘llar bilan takomillashtirish, unumdorligini oshirish ustida ish olib bordilar. Ilmiy boshqaruv maktabining asosiy xulosalari: -muammo yechilishining optimal usulini ishlab chiqish maqsadida ilmiy tahlildan foydalanish; -har bir vazifa uchun mos ishchini tanlash va uni o‘qitishni yo‘lga qo‘yish; -ishchilarning vazifalarini muvaffaqiyatli bajarishlari uchun resurslar bilan ta’minlash; -ishlab chiqarishning usishi uchun moddiy rag‘batlantirishdan muntazam va oqilona foydalanish; -o‘ylab chiqish va rejalashtirishni ishning o‘zidan alohida ko‘rish; G. Emerson (hayot yillari - 1853-1931) Myunxenda o'qigan va mutaxassisligi bo'yicha mexanik muhandis bo'lgan. Qisqa vaqt ichida u Nebraska Universitetida (AQSh) o'qituvchi bo'lib ishlagan, shuningdek Alyaska, Meksika va Amerika Qo'shma Shtatlarida tog'-kon komplekslarini qurishda faol ishtirok etgan. Myunxenda mexanik muhandis sifatida o'qigan. Treningdan so'ng, u ko'pincha turli mamlakatlarda ish joylarini o'zgartirdi, boshqa joyga ko'chib o'tdi. Bir muncha vaqt u AQShdagi universitetda o'qituvchi bo'lib ishlagan, Alyaskada, janubda - Meksikada tog 'konlarini qurishda faol ishtirok etgan va keyin yana AQShda ishlagan. Garrington Emerson (hayoti 1853-1931) o'n to'qqizinchi asrning o'rtalarida tug'ilgan va fashistlar hokimiyat tepasiga kelishidan oldin vafot etgan va shu tariqa ikki xil o'xshash davrlarni birlashtirgan. O'z mutaxassisligi bo'yicha ishlashdan tashqari, u yo'llarni qurish, kemalar qurish, telegraf kabelini tortish bilan shug'ullangan. Kelajakda u yana suv osti kemasini ishlab chiqish va loyihalashtirishni xohladi.Yoshligi davomida G. Emerson Evropani aylanib chiqdi va yoshi ulg'aygach, boshqaruv sohasida juda mashhur bo'lgan va Sovet Ittifoqiga kelgan va u erda rus xalqining ishlab chiqarish va boshqarishdagi yutuqlarini yuqori baholagan. Mehnat unumdorligi tushunchasi eng samarali xarajatlar va samaralar nisbati demakdir. Ushbu tushuncha fanga Garrington Emerson tomonidan kiritildi. Menejment ilm sifatida ushbu atamaning kashf etilishi va uni o'rganish boshlanganidan so'ng tez rivojlana boshladi. Mehnat unumdorligini oshirish masalasi ko'plab korxonalarda haliyam dolzarb bo'lib qolmoqda va ko'plab menejerlar ushbu ko'rsatkichni oshirish yo'llarini izlamoqda. 1903 yilda Emerson temir yo'l kompaniyasida maslahatchi sifatida ishlashga taklif qilindi. 1910 yilda temir yo'l kompaniyasi va yuk tashuvchilar o'rtasida nizo kelib chiqdi. Temir yo'l kompaniyasi, juda katta ish haqi xarajatlari borligini va tariflarni ko'tarishni xohlaganini da'vo qildi. Biroq, Garrington Emerson turli xil ilmiy usullar orqali temir yo'l kompaniyasi har kuni o'z xarajatlarini bir million dollarga kamaytirishi mumkinligini isbotlay oldi. Shuningdek, G. Emerson yozuvchi bo'lgan. Emerson Garrington o'zining "Samaradorlikning 12 printsipi" nomli kitobida ushbu ishni sezilarli darajada yaxshilash uchun ishlatilishi mumkin bo'lgan asosiy qoidalarni dunyoga tanitgan. Biroq, uni o'rganayotganda shuni esda tutish kerakki, Garrington Emerson o'z asarida jamiyatning butunlay boshqa ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanish darajasiga ega bo'lgan boshqa davrda ishlagan. G. Emerson menejmentni rivojlantirishga katta hissa qo'shdi. U mehnat unumdorligini to'g'ri boshqarish bilan siz eng kam tannarxda yuqori natijalarga erishishingizga ishongan. Tirishqoq va mashaqqatli ish faqat g'ayritabiiy ish sharoitida yaxshi natijalarga erishishga yordam beradi. Emerson ta'kidlashicha, keskinlik mutlaqo boshqacha tushuncha. Agar xodim qattiq mehnat qilsa, demak u eng yaxshi kuch sarflamoqda. Va unumli ishlash uchun siz eng kam harakat qilishingiz kerak. Va aniq harakatni minimallashtirish va maksimal natijaga erishishdir. Olim menejmentni rivojlantirishga ulkan hissa qo'shib, hozirgi kungacha ma'lum bo'lgan samaradorlikning 12 tamoyilini kashf etdi. Emerson Garrington "mehnat unumdorligi" atamasini ishlarni takomillashtirish uchun asos sifatida ishlatgan. Hozirgi vaqtda G. Emersonning samaradorligini oshirish tamoyillari sanoat va ishlab chiqarish korxonalarida juda muvaffaqiyatli qo'llanilmoqda. Ushbu tamoyillar uzoq yillar davomida xodimlarning ish faoliyatini yaxshilash uchun topmenejerlar tomonidan ishlatilgan. O'n to'qqizinchi asr - jadal rivojlanish, texnik taraqqiyot va kapitalizm davri. Kapitalistik ishlab chiqarishning asoslari, iqtisodiyotning tuzilishi, turli xil atamalar va ma'lum ilmiy asoslar yaratilmoqda. Shu bilan birga, iqtisod, sotsiologiya, menejment, ishlab chiqarish va umuman fan bilan shug'ullanadiganlarning barchasi olimlar va sanoatchilar paydo bo'ladi. Mehnat unumdorligi atamasi xarajatlarning samarasi va nisbati bilan bog'liq. Sanoat faniga bunday hissa olim va ishbilarmon Xarrington Emerson tomonidan qo'shildi. Menejment fan va ishlab chiqarish sohasi sifatida ushbu atamaning paydo bo'lishi va bir necha o'n yillar davomida uni o'rganish boshlanganidan so'ng tezda shakllana boshlaydi. Ilmiy asosning kuchayishi va kuchayishi davrida bizning ko'pgina firmalarda kundalik faoliyat samaradorligini oshirish masalasi juda dolzarb bo'lib, ko'plab ishbilarmonlar ushbu ko'rsatkichni oshirish usullarini doimiy ravishda izlaydilar. G. Emerson menejmentini rivojlantirishga qo'shgan hissasi uzoq vaqt davomida amaliy nuqtai nazardan ko'plab odamlar tomonidan: ishbilarmonlar, olimlar, yozuvchilar va boshqalar tomonidan yuqori baholanadi. Kadrlar bo'yicha maslahatlar barcha tashkiliy darajalar uchun ochiq bo'lishi va rejalashtirishga e'tibor qaratishlari kerak: Kadrlar boshqarmasining asosiy vazifasi samarali ishlash uchun standartlar va ideallarni belgilashdir. Emerson va Teylor o'rtasidagi farq quyidagicha: seminarning har bir o'ziga xos vazifasi uchun bitta odamni javobgar qilish o'rniga, Emerson kadrlar bo'limining rejalashtirish va tavsiyalari asosida ishlaydigan dispetcherlik nazorati va elektr uzatish liniyalarini tark etadi. Ushbu taklif maxsus bilimlarning afzalliklarini buyruqlar zanjirini buzishda kamchiliklarsiz saqlab qoldi.

Yüklə 37,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə