Термез давлат университети иктисодиёт ва туризм факултети. Иктисодиёт (тармоклар ва сохалар )таьлим йуналиши. 3-курс 520- гурух талабаси махматалиев жасурнинг молия фанидан таёрлаган такдимоти талаба: махматалиев ж. Устоз: оллокулова ф



Yüklə 11,28 Kb.
səhifə1/4
tarix30.12.2023
ölçüsü11,28 Kb.
#166353
  1   2   3   4
MAXMATALIEV JASUR

Термез давлат университети иктисодиёт ва туризм факултети.Иктисодиёт (тармоклар ва сохалар )таьлим йуналиши. 3-курс 520- гурух талабаси МАХМАТАЛИЕВ ЖАСУРНИНГ МОЛИЯ фанидан таёрлаган такдимоти талаба: МАХМАТАЛИЕВ Ж. УСТОЗ: ОЛЛОКУЛОВА Ф.

MAVZU:XALQARO MOLIYA VA MOLIYAVIY NAZARIYALAR. REJA: 1.ХALQARO MOLIYA NIMA? 2Xalqaro moliyaning iqtisodiy mohiyati va ahamiyati. 3. Jahon moliyaviy muhiti va unda xalqaromoliya munosabatlarining tutgan o’rni. 4.MOLIYA NAZARIYALARI.

2.Xalqaro moliyaning iqtisodiy mohiyati va ahamiyati Xalqaro moliya – xalqaro moliyaviy resurslar majmuini va ularning harakatlanishini ifodalovchi tushuncha hisob-lanadi. Xalqaro moliya munosabatlari muayyan maqsadlarni amalga oshirish uchun xalqaro darajada shakllantirilgan moliyaviy resurslarni taqsimlash va ulardan foydalanish jarayonidagi iqtisodiy munosabatlarni ifodalaydi. Xalqaro moliya munosabatlari o’ziga xalqaro valyuta munosabatlari, xalqaro kredit munosabatlari, xalqaro investitsiya munosabatlari, xalqaro savdo munosabatlari, xalqaro soliq munosabatlari, xalqaro lizing munosabatlari, mamlakatlar to’lov balansini boshqarish, xalqaro moliya tashkilotlari bilan aloqalar kabi munosabatlarni qamrab oladi.

Globallashuv jarayoni – jahon savdosining o’sishi, ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi va kengayishi, kapitalning xalqaro oqimini rivojlanishi, xizmatlar va mahsulotlarning xalqaro xarakati xalqaro moliyaning rivojlanishiga zamin yaratdi. Shuningdek, mazkur holat jahon moliya bozorlarining, xalqaro moliyaviy korxonalarning yuzaga kelishiga, davlatlararo moliyaviy munosabatlarning va xalqaro moliyaviy faoliyatning boshqa jihatlarini murakkablashuviga olib keldi. Xalqaro moliya doimiy o’zgaruvchan xalqaro pul tizimlarining holati va rivojlanishini, alohida mamlakatlar to’lov balansining o’zgarishini, xalqaro moliya bozorlari, xalqaro moliyaviy korxonalar, xalqaro bank va investitsion faoliyatni namoyon etadi. Xalqaro moliya tizimining asosiy ishtirokchilar bo’lib quyidagilar hisoblanadi: banklar, transmilliy korxonalar, portfel investorlar va xalqaro rasmiy karzdorlar. Xalqaro moliyaviy operatsiyalar alohida mamlakatlarning moliya tizimiga jiddiy ta’sir ko’rsatuvchi kuch hisoblanadi.


Yüklə 11,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə