Термез давлат университети иктисодиёт ва туризм факултети. Иктисодиёт (тармоклар ва сохалар )таьлим йуналиши. 3-курс 520- гурух талабаси махматалиев жасурнинг молия фанидан таёрлаган такдимоти талаба: махматалиев ж. Устоз: оллокулова ф



Yüklə 11,28 Kb.
səhifə3/4
tarix30.12.2023
ölçüsü11,28 Kb.
#166353
1   2   3   4
MAXMATALIEV JASUR

Xalqaro moliya munosabatlari tuzilmaviy jihatdan quyidagilarni o’rganishni taqozo etadi: xalqaro valyuta munosabatlari; xalqaro iqtisodiy integratsion jarayonlar; xalqaro savdo munosabatlari; investitsiyalar va kapitalning xalqaro harakati; mamlakatlar to’lov balanslarini boshqarish; xalqaro hisob-kitoblarni amalga oshirish; xalqaro moliya tashkilotlari faoliyati va boshq

4.MOLIYA NAZARIYALARI. Iqtisodchi-olimlar tomonidan moliyaga oid ishlab chiqilgan nazariy qarashlar moliyaviy qonunchilik va davlat fiskal siyosatining asosida yotadi. Xorijiy iqtisodchilar moliyaga oid nazariyalarining birinchi guruhi siyosiy iqtisod mumtozlarining kontseptsiyalari bilan izohlanadi. Kapitalistik taraqqiyotning dastlabki bosqichidayoq barcha iqtisodiy nazariyalarda moliyaviy kontseptsiyalar alohida o’ringa ega bo’lgan. Davlat xarajatlari, soliqlar, kredit va byudjetning iqtisodiyotga ta’siri masalalari siyosiy iqtisod klassiklari (Buyuk Britaniyada – U.Petti, A.Smit va D.Rikardo, Frantsiyada – P.Baugilber) tomonidan tadqiq qilingan.

Moliya fanining asoschisi A.Smit (1723-1790 yillar) o’zining “Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to’g’risida tadqiqot” deb nomlangan fundamental asarida davlat moliyasining mohiyati to’g’risida ayrim g’oyalarni ishlab chiqdiki, ular mehnatning unumli va unumsizligi to’g’risidagi ta’limotga (bu ta’limot A.Smitniki) asoslangan edi. Uning aniqlashicha, bevosita kapitalga almashtiriladigan mehnat unumli, unumsiz mehnat esa daromadga, ya’ni ish haqi va foydaga almashtiriladigan mehnatdir. Ana shu nazariy qarashlardan kelib chiqqa holda A.Smit (va undan so’ng D.Rikardo) moliyaviy kategoriyalarga (davlatning daromadlari va xarajatlariga) tavsifnoma bergan.

J.S.Mill “xizmatlarning soliq nazariyasi”ni ishlab chiqdiki, unga muvofiq ravishda har bir shaxs davlatdan olinadigan qo’llab-quvvatlashlar uchun o’z daromadlarining bir qismini davlatga berishi kerak. U soliqlar va davlat xarajatlari o’rtasida bog’liqlikni o’rnatib, soliqlarni davlat xarajatlari bilan uzviy ravishda bog’lagan. Bu holatlar keyinroq shved iqtisodchilari K.Viksel va E.Lindal tomonidan yanada rivojlantirildi. Bizning davrimizda esa bu nazariya amerikalik iqtisodchi- olim P.Samuelson qarashlarining shakllanishiga o’z ta’sirini ko’rsatdi va u soliqlarning o’sishi davlat xizmatlariga bo’lgan ehtiyojning o’sishi bilan kuzatilishi kerak, deb hisobladi.


Yüklə 11,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə