Термез давлат университети иктисодиёт ва туризм факултети. Иктисодиёт (тармоклар ва сохалар )таьлим йуналиши. 3-курс 520- гурух талабаси махматалиев жасурнинг молия фанидан таёрлаган такдимоти талаба: махматалиев ж. Устоз: оллокулова ф



Yüklə 11,28 Kb.
səhifə2/4
tarix30.12.2023
ölçüsü11,28 Kb.
#166353
1   2   3   4
MAXMATALIEV JASUR

Xalqaro moliya o’zida obyektiv asosga ega bo’lgan moliyaviy munosabatlarni ifodalaydi. Xalqaro moliyaning moddiy asosi bo’lib mamlakatlar o’rtasida amalga oshiriladigan xalqaro moliyaviy oqimlar, jumladan, pul oqimlari import qilingan mahsulot va xizmatlarning to’lovlari hamda mahsulot va xizmatlar eksportidan kelgan valyuta tushumlari, ushbu oqimlar xo’jalik yurituvchi subyektlar moliyasini ifodalashi mumkin, lekin ular turli mamlakatlarga tegishli bo’ladi, shu boisdan mamlakatlar o’rtasidagi pul oqimlari xarakatini namoyon etadi.

3.Jahon moliyaviy muhiti va unda xalqaromoliya munosabatlarining tutgan o’rni. Jahon iqtisodiyotining tizim sifatidagi faoliyati tovarlar, xizmatlar va ishlab chiqarish omillarining harakati bilan bog’liq. Ushbu bog’liqlik asosida xalqaro moliya munosabatlari yuzaga keladi. Xalqaro moliya munosabatlari tuzilmaviy jihatdan quyidagilarni o’rganishni taqozo etadi: xalqaro valyuta munosabatlari; xalqaro iqtisodiy integratsion jarayonlar; xalqaro savdo munosabatlari; investitsiyalar va kapitalning xalqaro harakati; mamlakatlar to’lov balanslarini boshqarish; xalqaro hisob-kitoblarni amalga oshirish; xalqaro moliya tashkilotlari faoliyati va boshq

Jahon moliyaviy muhiti – investorlar va korxonalar moliyasi, banklar boshqaruvchilari qabul qiluvchi qarorlarga ta’sir ko’rsatadi hamda jahon moliya bozori o’sishi sharoitini aniqlaydi. Xalqaro moliya tizimining asosiy funksiyalari sifatida quyidagilarni ko’rsatish mumkin: valyutalar ayriboshlash va hisob-kitob tizimi shart-larining birxillashuvi; valyuta kurslari rejimlarini tartiblashtirish va valyuta cheklovlarini tartibga solish; xalqaro valyuta likvidligini tartibga solish; kredit, sug’urta, investitsiya va fond operatsiyalari xalqaro qoidalarini birxillashtirish; mazkur funksiyalarni amalga oshiruvchi va nazorat qiluvchi xalqaro moliya institutlarini tashkil etish.

Davlat xalqaro moliya sohasida faoliyat ko’rsatuvchi asosiy subyekt hisoblanadi. Markaziy banklar – bu iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish organlari bo’lib, ularga monopol tarzda banknotalar chiqarish, pul muomalasi, kredit va valyuta kursini tartibga solish, valyuta zahiralarini saqlash vazifalari biriktirilgan. Xalqaro tashkilotlar – ular xalqaro shartnoma asosida tashkil etilgan bo’lib, doimiy faoliyat ko’rsatuvchi organlarga ega bo’lgan holda jahon xo’jaligi birliklarining iqtisodiy, ijtimoiy rivojlanishiga yordamlashish vazifalarini bajaradi. Xalqaro valyuta-kredit va moliya tashkilotlari – jahon iqtisodiyotini barqarorlashtirish maqsadida xalqaro valyuta va moliya-kredit munosabatlarini tartibga solish uchun davlatlararo kelishuvlar asosida tashkil etilgan iqtisodiy tashkilotlar. Xalqaro moliyaning rivojlanishida transmilliy korxonalar va transmilliy banklar kabi subyektlar faol rol o’ynaydi.


Yüklə 11,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə