7- ma’ruza. Endokrin tizimining yoshga oid fiziologiyasi va gigiyenasi Reja



Yüklə 33,66 Kb.
səhifə2/6
tarix28.11.2023
ölçüsü33,66 Kb.
#135138
1   2   3   4   5   6
7 Ma\'ruza(1)

Gipofiz bezi. Gipofiz bezi tuxumsimon shaklda bo`lib, uning vazni bola tug`ilganida 0,1 g, kattalarda 1,6-0,7 g, Gipofizaning oldingi, o`rta va orqa bo`lagi bor. Oldingi va o`rta qismi – adenogipofiz, orqa bo`lagi neyrogipofiz deyiladi. Gipofizning 55-60 % tashkil etadi. Hamma gormonlar oqsil moddalar hisoblanadi. Gipofizdan 22 tadan ortiq gormon ishlanib chiqadi.
Oldingi bo`lagidan bir necha xil gormon ishlab chiqiladi.
Gipofizning oldingi bo`lagida 6 xil gormon ya'ni samototrop, adrenokortikot-rop, tireotrop, gonodotrop, laktotrop va liyutenlovchi gormonlar ajraladi.
Samototrop gormoni bolalar va o`smirlarning o`sishini, rivojlanishini, organizmda oqsillar sintezlanishini boshqaradi. Ba'zi sabablarga ko`ra bolalar va o`smirlarda bu gormon ko`p ishlab chiqarilsa, bo`y normadan ortiq o`sib ketadi. Bu holatga gigantizm, bunday odam esa gigant deb ataladi. Agar bu gormon kamroq ishlab chiqarilsa bo`y o`sish sekinlashadi, bunday holga nanizm deyiladi. Bunday bo`yi past odam gipofizar pakana deyiladi. Ularning bo`yi past bo`lsa ham aqliy faoliyat normal bo`ladi.
Balog`at yoshidan keyin (20-40 yshlarda) somototrop gormon ko`p ishlab chiqilsa ayrim organlarning (til, burun, jag suyaklari, qovoq, quloq, barmoqlar-ning) kattalashivu akromegaliya kasalligi kelib chiqadi.
Bezdan ishlab chiqariladigan har bir gormon ma'lum funktsiyalarni bajaradi. Masalan: adrenokortikotrop gormoni buyrak usti bezlarining uglevod almashinu-vini idora etuvchi gormonlar faoliyatini boshqarishhda ishtirok etadi. Tireotrop gormoni qalqonsimon bezdan ajraladigan terioksin gormon faoliyatini boshqaradi. Gonodotrop gormoni jinsiy bezlar faoliyatini boshqarishda ishtirok etadi. Laktatrop sut bezlari faoliyatini, liyutenlovchi gormoni esa ona qornida embrionning normal rivojlanishini boshqarishda ishtirok etadi.
Gipofizning oraliq bo`lagidan intermedin gormoni ajraladi. U terida pigment hosil bo`lishini boshqaradi.
Gipofiz bezining orqa bo`lagi neyrogipofiz deyilib, undan vazopressin va oksitatsin gormonlari ajraladi. Oksitatsin ta'sirida bachadon muskullarining normal qisqarishini boshqarishda ishtirok etadi. Vazopressin gormoni esa asosan organizmda suv miqdorini bir normada ushlab turishda ishtirok etadi. Bola 1 yoshga yetganda neyrogipofitz to`liq shakllanib ishlaydi.
Epifiz bezi. Bu bez bosh miyaning asosida ya'ni o`rta miya sohasida joylashgan bo`lib, uning vazni 0,2 gr. Undan melatonin gormoni ishlab chiqariladi. Epifizning funktsiyasi bola 7 yoshga kirguncha kuchayib boradi undan keyin susayib, bolag`otga yetish davri oldidan butunlay to`xtab, erta balog`atga yetish jarayonini susaytiradi.

Yüklə 33,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə