7- ma’ruza. Endokrin tizimining yoshga oid fiziologiyasi va gigiyenasi Reja


Endokrin bezlarining yoshga oid xususiyatlari



Yüklə 33,66 Kb.
səhifə6/6
tarix28.11.2023
ölçüsü33,66 Kb.
#135138
1   2   3   4   5   6
7 Ma\'ruza(1)

Endokrin bezlarining yoshga oid xususiyatlari. Odamning ma'lum bir yoshga kelib, balog`atga yetilishi jinsiy bezlarning rivojlanishiga va ularning ichki sekretor faoliyatiga bog`liqdir. Bolalarning jinsiy balog`atga yetilishi, ovqatning turi, uning sifat tarkibi, mehnat va dam olishning rejimiga qarab, ertaroq yoki kechroq boshlanishi mumkin. Iste'mol qilinadigan ovqat tarkibida oqsil birikmalari va yog``lar yetarli bo`lmasa, jismoniy mehnat og`ir bo`lsa, ruhiy isteroblar bo`lib tursa, balog`atga yetishish odatda kechiqadi. Balog`atga yetish davrida bolalarda, barcha organlar va sistemalarda chuqur marfologik hamda funktsional o`zgarishlar ro`y beradi. Bu davrda birlamchi va ikkilamchi jinsiy belgilar rivojlanadi. Birlamchi jinsiy belgilarga: jinsiy bezlar (urug`don va tuxumdonlar) hamda jinsiy organlar (jinsiy olat, prostata bezi, qin, bachadon, tuxum yo`llari) kiradi.
Balog`atga yetish davrida o`g`il bolalarda yetuk spermazoidlar hosil bo`la boshlasa, qiz bolalarda tuxum hujayralar hosil bo`la boshlaydi.
Erkaklar jinsiy bezlaridan androgenlar deb nomlanuvchi garmonlar ajralsa, ayollar jinsiy bezlaridan esa ekstrogenlar deb nomlanuvchi garmonlar ajraladi.
Androgenlarga - testosteron, ondrosteron va boshqa garmonlar kiradi.
Ekstrogenlarga - estron, estriol va estradiol garmonlari kiradi.
Jinsiy yetilish bosqichlari va jinsiy tarbiya. O`g`il bolalar 13-15 yoshdan spermazoidlar ishlab chiqara boshlaydi. Qiz bolalarning tuxum ishlab chiqarishi 12-13 yoshda boshlanadi.
Kichik maktab yoshini o`z ichiga oladigan davr prebubertat davri deb ataladi, mana shu davrda organizm jinsiy jihatidan yetilishga tayyorlanib boradi. Bu davrda muskul sistemasi zo`r berib rivojlanadi. Bu davrda o`g`il bolalar bilan qiz bolalar harakterining muayyan belgilari rivojlanishdagi tafovutlar bilinib qoladi. Shuni yaxshi bilish kerakki, organizmning pubertatdavrida (jinsiy yetilish) tayyorlanishi bir qancha omillarga bog`liqdir; irsiy xususiyatlar, ovqatlanish harakteri, iqlim turmush tarzi, oila, tarbiya va hokazalar jarayonga ta'sir etadi.
Bolalarning jinsiy yetilib borishi bilan xiqildoqdagi qalqonsimon tog`aylar zo`r berib o`sadi, ovoz bir muncha past tovushga o`tib, sochlar ancha qattiqlashadi, soqol va mo`ylov ancha ko`rinib qoladi va hokazo.
Qiz bolalarda jinsiy yetilish, o`g`il bolalarga nisbatan, oldinroq tugallanadi. Hozirgi kunda, jinsiy yetilish qiz bolalarda 10-11 yoshdan boshlanib, tana tuzilishida o`zgarishlar, ya'ni ayollarga xos belgi va sifatlar paydo bo`la boshlaydi. Qiz bolalarning 12-13 yoshdan ayrim hollarda kattaroq yoshdan menstruatsiya jarayoni boshlanadi.
Bolalarning jinsiy balog`atga yetilishi individual xususiyatlarga, yashash geografik sharoitlarga bog`liqdir. Shimoliy kengliklarda yashovchilarga nisbatan, janubiy kenglik sharoitida yashovchi xalqlarda jinsiy balog`atga yetilish barvaqtroq boshlanadi.
Organizmda jinsiy faoliyat, boshqa ichki sekretsiya bezlarining garmonal faoliyati bilan ham bog`liqdir. Jinsiy bezlar funktsiyasiga bosh miya katta yarim sharlar po`stlog`i va markaziy nerv sistemasi ham ta'sir ko`rsatadi.
Bolalarning maktab yoshigacha, buqoq bezi buyrak usti bezi faoliyatidan ustunlik qilsa, maktab davrida jinsiy bezlar faoliyati ustunlik qiladi. Bu holat suyak-muskul sistemasiga va psixo-nervologik holatiga ham ta'sir etadi. O`smirlar bu davrda uyalchang, tez-tez arazlaydigan, harakteri beqaror bo`lib qoladilar. Jinsiy balog`at yetilish davrida, bolalar bolalikdan, kattalikka o`tishga intiladilar va o`zlarini kattalarga xos hatti harakatlari bilan ko`rsatishga harakat qiladilar. Shu davrdan boshlab, tarbiyachilar, ota-onalar, biz pedagoglar uchun eng ma'suliyatli davr hisoblanadi. O`g`il bolalar chekishga, ichishga intiladilar. Kattalarni gapini eshitishga qiziqadilar. Bu davrda ota-onalardan va pedagoglardan juda juda ziyraklik talab etiladi. Ularning nomaqul ishlarini, ko`pchilik oldida muhokoma qilmasdan individual tarbiya olib borishga to`g`ri keladi.
Jinsiy tarbiyani balog`atga yetilmasdan oldinroq boshlash kerak. Ularga odamning jinsiy rivojlanishi haqida chuqurroq tushuncha berish kerak bo`ladi. Bu tarbiyani olib borishda pedagoglardan moxirlikni, qattiyatlikni va zukkolikni talab etadi.
Yüklə 33,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə