7 – Mavzu: Axloqiy qadriyatlar falsafasi (Etika). Ma’ruza rejasi



Yüklə 50,02 Kb.
səhifə4/7
tarix28.04.2023
ölçüsü50,02 Kb.
#107540
1   2   3   4   5   6   7
7 – Mavzu Axloqiy qadriyatlar falsafasi (Etika). Ma’ruza rejasi

3-savol bayoni: Oilani fuqarolik jamiyatining, davlatning eng muhim hujayrasi deyishadi. Chunki har bir jamiyat a’zosining, bo‘lajak fuquroning tarbiyasi oiladan boshlanadi. Oila uch jihatni: o‘zining bevosita ko‘rinishi bo‘lmish nikohni; oilaviy mulk va anjomlar hamda ular haqidagi g‘amxo‘rlikni; bolalar tarbiyasini o‘z ichiga oladi.
Avvalo, nikoh xaqida to‘xtalib o‘taylik. Qonunga binoan nikoh tuzish shartlarida eng muhimlari – nikohga kiruvchilarning o‘zaro roziligi va ularning nikoh yoshiga yetganliklari. Bizda yigitlar uchun – 18, qizlar uchun – 17 nikoh yoshlari qilib belgilangan. Bu – masalaning huquqiy tomoni. Uning ikkinchi – axloqiy tomoni ham borki, u sevgi bilan bog‘liq. Nikoh tuzishdan avval ikki yosh orasida goh ochiq sevgi – muntazam uchrashuvlar, ahdu paymonlar qilish yoki orqavorotdan bir-birini yoqtirishi hollari bo‘lishi mumkin. Har ikkala holda ham rozilik o‘zgarmas shart hisoblanadi.
Ba’zan, qadimda Sharq xalqlarida, shu jumladan o‘zbeklarda qizning yoki yigitning roziligisiz to‘y qilib yubora berishgan, ota-onalar kelishsa – bas, degan fikrlarni uchratadi kishi. Ayniqsa, bunday gaplar sho‘rolar davrida tinimsiz takrorlanar edi. Vaholanki, bunday hol kam bo‘lgan, uni musulmonchilik inkor etadi. Rivoyat qilishlaricha, payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom uylariga sovchi kelganida, qizlari Fotimadan doimo rozilik so‘raganlar va rad javobi olganlar. Faqat Hazrat Ali sovchi qo‘yganlarida, Bibi Fotima rozilik berganlar. Demak, farzandninng roziligini olish bizga payg‘ambarimizdan qolgan sunnat.
Hozirgi kunda ham ko‘pgina yoshlarimiz sovchi orqali turmush quradilar. Odatda sovchi kelib ketgach, yigit bilan qiz uchrashtiriladi, ikkalasi bir-birini ma’qul ko‘rsagina, fotiha qilinib, to‘y taraddudi ko‘riladi. Juda ko‘p hollarda bunday yoshlar o‘rtasida keyinchalik haqiqiy muhabbat shakllanadi. Abdulla Qodiriy «o‘tgan kunlar» romanida tasvirlagan Otabek bilan Kumush o‘rtasidagi sevgini buning mumtoz namunasi desa bo‘ladi. Ochig‘ini aytish kerakki, muhabbatning ham o‘z darajasi bor: Layli bilan Majnunning muhabbati hamma sevishganlarga ham nasib etavermaydi. Bunday romantik-sururiy sevgi real hayotda kamdan-kam uchraydi. Buning ustiga, oilaviy muhabbat ma’lum ma’noda salobatli, ko‘proq yashirin tarzda namoyon bo‘ladi.
Nikoh o‘z mohiyatiga ko‘ra axloqiy hodisa. Unda ehtiroslar axloqqa bo‘ysundiriladi. Oddiy birga yashashda esa tabiiy ehtiyojni qondirish birinchi o‘rinda turadi, nikohda u ikkinchi darajali mavqe egalaydi.
Oilaning asosi bo‘lmish nikoh - ezgu maqsadga yo‘naltirilgan, zimmasiga zurriyot qoldirishdek yuksak mas’uliyat yuklangan sevgi, sevishning ijtimoiylashgan ko‘rinishi. Biroq sevgi-muhabbat faqat erkinlikda namoyon bo‘ladi. Shu jihatni nazarda tutadigan bo‘lsak, nikohni, ma’lum ma’noda, an’analar, urf-odatlar va e’tiqodlarga moslashtirilgan sevgining yashash sharti deyish mumkin. Boshqacha qilib aytganda, nikoh zaruriyatga aylangan erkinlikdir.

Yüklə 50,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə