7 -mavzu. Muhandis xodimlar shaxsining bilish faoliyatining psixologik tavsifi (2 soat)



Yüklə 71,83 Kb.
səhifə11/15
tarix24.12.2023
ölçüsü71,83 Kb.
#158030
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
7 -mavzu. Muh-hozir.org

Harakat xotirasi – inson faoliyatining har bir turida ruhiy faollikning u yoki bu ko‘rinishlarini ustunlik qilishida kuzatiladi. Masalan, harakat, hissiyot, idrok, aql-zakovat kabi ruhiy faoliyatning ko‘rinishlari mavjuddir. Ana shu ruhiy faollik turlarining har biri tegishli harakatlarda va ularning mahsulotlarida o‘z ifodasini topib harakatlarda, hissiy kechinmalarda, tuyg‘ularda, obrazlarda, timsollarda, fikr va mulohazalarda aks etadi.
Turli harakatlar va ularning bajarilishi tartibi, tezligi, sur’ati, izchilligi va boshqalarni esda qoldirish, mustahkamlash, esga tushirishdan iborat xotira turi harakat xotirasi deb ataladi.
Xotiraning boshqa turlariga qaraganda, harakat xotirasi ba’zi odamlarda aniq ravshan ustunlik qilishi uchrab turadi. Psixologiya fanida klassik misolga aylanib qolgan ushbu holatni keltirib o‘tish maqsadga muvofiqdir: bir musiqa ishqibozi musiqalarni xotirasida mutlaqo qayta tiklay olmas ekan, lekin u yaqindagina eshitgan operani faqat pantomimika tarzidagina qayta tiklash imkoniyatiga ega bo‘lgan. Turmushda shunday odamlar uchraydiki, ular o‘zlarida harakat xotirasining borligini umuman payqamaydilar. Mazkur xotira turining g‘oyat ahamiyati shundan iboratki, u yurish, yozish, ifodali harakat malakalari bilan bir qatorda har xil amaliy mehnat malakalarini tarkib toptirishning asosini tashkil qiladi. Agar insonda harakat xotirasi bo‘lmaganda edi, o‘zini har gal «boshdan boshlab» o‘rganar edi. Figurali uchish, langar bilan sakrash, gimnastika, chopish, xatti-harakatlar, badiiy gimnastika bilan shug‘ullanish harakat xotirasini taqozo etadi. Jismoniy chaqqonlik, mehnat mahorati, «oltin qo‘llar», ziyrak ko‘zlar, egiluvchanlik va kuzatuvchanlikka ega bo‘lish yuksak, barqaror harakat xotirasi mavjudligining alomati bo‘lib hisoblanadi.
His-tuyg‘u yoki hissiyot xotirasi. Bu xotira his-tuyg‘ular, ruhiy kechinmalar, hissiyotlar, ehtiyojlarimiz va qiziqishlarimiz qanday qondirilayotganligidan, atrofimizdagi narsa va hodisalarning xususiyatiga nisbatan munosabatimiz qay tarzda amalga oshirilayotganligidan doimo xabar berib turish imkoniyatiga ega. Shuning uchun har bir kishining hayoti va faoliyatida hissiy xotira turi juda katta ahamiyat kasb etadi.
Voqelikdagi narsa va hodisalardan, o‘z-o‘zimizga bo‘lgan munosabatlarimizdan kelib chiqadigan yoqimli hamda yoqimsiz kechinmalarni esda qoldirish, esda saqlash, esga tushirishdan iborat xotira turi hissiy xotira turi deb ataladi. Boshimizdan kechirgan va xotiramizda saqlanib qolgan hissiyotlar harakatga undovchi va o‘tmishda salbiy kechinmalarga ega bo‘lgan harakatlardan saqlanib qoluvchi signal tarzida namoyon bo‘ladi.
Hissiy xotira o‘zining vujudga kelish xususiyati, tezligi, dinamikasi, davomiyligi bilan xotiraning boshqa turlaridan ma’lum ma’noda ajralib turadi. Har bir odamga o‘z turmush tajribasidan ma’lumki, ko‘pincha, qachonlardir o‘qigan kitoblar, tomosha qilgan kinofilmlar faqat «taassurotlar», bog‘lanishlar zanjirini yechishning dastlabki tuguni sifatida namoyon bo‘ladi. Shuning uchun hissiy xotira ijtimoiy ahamiyat kasb etib, umumiylik alohida olingan odamlar kayfiyatlari bir-birlariga o‘xshashligi, iliq ruhiy muhitni vujudga keltirish yoki noxush kechinmalar to‘lqinini barpo etish ehtimoli to‘g‘risida mulohaza yuritilayotgan alomati ostida ijtimoiy guruhiy, jamoaviy, barqaror va beqaror kayfiyatni vujudga keltiradi.

Yüklə 71,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə