7-amaliy ish Mavzu: rc4 shifrlash algoritmi asosida ma’lumotlarni shifrlash va deshifrlash dasturini yaratish



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
tarix13.10.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#127658
7-amaliy ish Mavzu rc4 shifrlash algoritmi asosida ma’lumotlarn



7-amaliy ish 
Mavzu: RC4 shifrlash algoritmi asosida ma’lumotlarni shifrlash va 
deshifrlash dasturini yaratish 
Ishdan maqsad: RC4 shifrlash algoritmi haqida nazariy va amaliy bilim 
ko’nikmalarga ega bo’lish. 
Nazariy qism 
RC4 – uzluksiz shifrlash algoritmi bo‘lib, u SSL(Secure Sockets Layer) 
pratakoli va WEP (simsiz tarmoqlarda xavfsizlikni ta’minlashda) keng 
foydalaniladi. RC4 uzluksiz shifrlash algoritmi Ron Rivest tomonidan 1987 yilda 
yaratilgan va shuning uchun RC4(Rivest Cipher 4) deb nomlangan.
RC4 psevdotasodifiy bitlar ketma-ketligini hosil qiladi va hosil qilishda ikki 
qismdan iborat bo‘lgan maxfiy oraliq xolatidan foydalaniladi: 
-barcha mumkin bo‘lgan 256 baytning joylashishdagi o‘rni(S ni topish);
 
-ikkita 8 – bitli indekslar (
i
va 
j
larni topish).
 
Baytlarning kelish tartibi kalit uzunligi bilan amalga oshiriladi, odatda 40-256 
bit oralig‘ida bo‘lib, kalit jadvali (key-scheduling) algoritmi orqali hosil qilinidi. Bu 
jarayon tugagandan so‘ng psevdotasodifiy sonlar generatori algoritmi yordamida 
bitlar ketma-ketligi hosil qilinadi.
Kalit jadvali algoritmi quyidagicha (1-algoritm): 
for i from 0 to 255 
S[i] := i 
endfor 
j := 0 
for i from 0 to 255 
j := (j + S[i] + key[i mod keylength]) mod 256 
swap values of S[i] and S[j] 
endfor 


Psevdotasodifiy sonlar generatori algoritmi orqali hosil bo‘lgan ketma-ketlik 
tanlangan S(i) va S(j) o‘zgaruvchilarni mod256 bo‘yicha qo‘shishdan hosil bo‘ladi 
(7.1- rasm). 
 
7.1-rasm. RC4 generatori almashtirishi 
Psevdotasodifiy sonlar generatori algoritmi quyidagicha (2-algoritm): 
i := 0 
j := 0 
while GeneratingOutput: 
i := (i + 1) mod 256 
j := (j + S[i]) mod 256 
swap values of S[i] and S[j] 
k := S[(S[i] + S[j]) mod 256] 
output k 
endwhile
Algoritmda i o‘zgaruvchini qiymati ortishi bilan hosil bo‘lgan baytlar soni 
ham ortib boradi. 
Bu yerda almashtirish funksiyasi swap quyidagi ko‘rinishga ega (3-algoritm): 
byte temp = array[ind1]; 
array[ind1] = array[ind2]; 
array[ind2] = temp; 
Ushbu generator kriptobardoshli sanalib, ushbu xususiyat kiruvchi kalit 
tasodifiylik darajasi bilan belgilanadi. Hozirda ushbu algoritmning bir nechta 


variantlari mavjud bo‘lib(RC4A, VMPC, RC4+), ularda dastlabkilarida mavjud 
kamchiliklar bartaraf etilgan. 
Yuqorida keltirilgan algoritm kalit generatori algoritmi sanalib, agar ushbu 
algoritm shifrlash algoritmiga o‘zgartirilsa faqat 2-algoritm quyidagicha o‘zgaradi 
(4-algoritm): 
i := 0 
j := 0 
while GeneratingOutput: 
i := (i + 1) mod 256 
j := (j + S[i]) mod 256 
swap values of S[i] and S[j] 
C := plainText XOR S[(S[i] + S[j]) mod 256] 
output C 
endwhile
Bu yerda: plainText - shifrlanishi kerak bo‘lgan ochiq matn.C- shifrmatn.
Amaliy qism: 
RC4 oqimli shifrlash algoritmining dasturiy ta’minotini ishlab chiqishda c# , 
Eclipse IDE for Java Developers - 2020-03 va jdk-14.0.1 obe’ktga mo‘ljallangan 
dasturlash tillaridan foydalanilgan bo’lib, dasturni ishga tushurganimizda quydagi 
oyna paydo bo’ladi.
7.2-rasm. Dasturni umumiy ko’rinishi 
Dasturdan foydalanish uchun tugmani ishga tushurganda : dasturdan 
foydalanish haqida yo’riqnoma chiqadi. 


Shifrlash va deshifrlash tugmasini bosganingizda: 
-
ochiq ma’lumot kiritiladi 
-
kalit kiritiladi 
7.2.1-rasm. Shifrlash jarayoni 
Deshifrlash uchun shifrmatnni o‘qib olish tugmasini bosganingizdan so‘ng 
kalitni kiritiladi va deshifrlash tugmasini bosamiz: 
7.2.2-rasm. Deshifrlash jarayoni 
RC4 shifrlash algoritmi Eclipse IDE for Java Developers - 2020-03 dasturlash 
tilida. 
7.2.3-rasm. Dasturni umumiy ko’rinishi 
7.2.3-rasm. Shifrlash va deshifrlash natijalari 


Ishni bajarilish tartibi va qo’yilgan vazifa 
Asosiy matn shifrlash usullarida shifrlansin va qadamma – qadam 
izohlansin. Shuningdek 
Delpi, Java, C++ 
va 
C# 
dasturlash tizimlaridan birida 
dasturiy ta’minot yaratilsin

Nazorat savollari 
1.
Oqimli simmetrik algoritmlar haqida umumiy tasnif 
2.
RC4 shifrini tavsiflang. 
3.
Oqimli shifrlash algoritmlar tarkibiga kiruvchi algoritmlar?

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə