7-Ma’ruza: Hajm – blokli binolar


-rasm. Hajmiy-bloklarning ichki fazosini ochiq yoki yopiqligi bo‘yicha klassifikatsiyasi



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə3/3
tarix28.03.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#103392
1   2   3
№7

4-rasm. Hajmiy-bloklarning ichki fazosini ochiq yoki yopiqligi bo‘yicha klassifikatsiyasi: a - yopiq hajmiy bloklar; b - yopiq konturli ochiq hajmiy bloklar; v - yopilmagan konturli ochiq hajmiy bloklar.

  1. k onstruktiv-texnologik echimlariga ko‘ra (5-rasm): “qalpoq”tipidagi hajmiy bloklar; "stakan" tipidagi hajmiy bloklar;"yotqizilganstakan" tipidagi hajmiy bloklar; "egizak" tipidagi hajmiybloklar; "etajerka" tipidagi hajmiy bloklarga;


5-rasm. Hajmiy-blok- larning konstruktiv- texnoligik echimlari: a - “qalpoq”tipidagi haj- miy blok; b - "stakan" tipidagi hajmiy blok; v - "yotqizilgan stakan" tipi- dagi hajmiy blok; g - "egizak" tipidagi hajmiy blok; d - "etajerka" tipi- dagi hajmiy blok.

  1. bloklarning tayanish usuliga ko‘ra (6-rasm): kontur bo‘yichatayanadigan hajmiy bloklar; qarama-qarshi devorlarga tayanadiganhajmiy bloklar; konsolli tayanadigan hajmiy bloklar; aralash tayanchlihajmiy bloklar; nuktaviy tayanchli hajmiy bloklarga bo‘lish mumkin.

Hajmiy-blokli binolarning me’moriy kompozitsiyasini boyitish,ularning turli-tuman qiyofaga ega bo‘lishlarini ta’minlash maqsadidaquyidagi usullardan foydalaniladi:

  • bloklarni bir-biriga nisbatan gorizontal va vertikalyo‘nalishlarda surish;

  • h ar xil o‘lchamdagi va bichimdagibloklarni kombinatsiyalash; - balkon, lodjiya, erker kabi me’moriyelementlarni qo‘llash.

6-rasm. Hajmiy- bloklarning tayanish usullari: a - kontur bo‘yicha tayanadigan haj- miy blok; b va v -qarama- qarshi devorlarga tayana- digan hajmiy bloklar;
g, d va e - konsolli tayanadigan hajmiy bloklar; k - nuktaviy tayanchli hajmiy blok.

Hajmiy-blokli binolarning quyidagi konstruktiv sistemalariqurilishda qo‘llanilmokda. YUk ko‘taruvchi hajmiy bloklardan iboratasosiy sistema (7-rasm, a) balandligi 12 qavatgacha binolardaqo‘llanilmokda.Asosiy konstruktiv sistemaning varianti sifatidabitta binoning o‘zidayuk ko‘taruvchi bloklar bilan birgalikda yukko‘tarmaydigan bloklar ham qo‘llaniladigan sistema ham (7-rasm, b)tajriba tariqasida tavsiya qilingan va loyihalar ishlab chiqilgan.


Ulardan tashqari kombinatsiyalangan konstruktiv sistemalar: karkasli-blokli (7-rasm, v ), blokli-devorli (7-rasm, g v ad ), osma hajmiy bloklar qo‘llaniladigan stvolli-blokli sistemalarham ishlab chiqilgan ishlab chiqarishga tadbiq qilingan. Blokli vablokli-panellikonstruktiv sistemalarning texnik-iqtisodiyko‘rsatkichlari yaxshi, lekin qavatlar sonini ko‘paytirishing imkoni yo‘qchunki bloklarning yuk ko‘tarishqobiliyatini va og‘irligini oshirishga,ularni montaj qilish uchun og‘irkranlardan foydalanishga to‘g‘rikeladi.

7-rasm. Hajmiy-blokli binolarning konstruktiv sistemalari:
a - yuk ko‘taruvchi blokli sistema; b - yuk ko‘taruvchi va yuk ko‘tarmaydigan bloklardan iborat sistema; v - karkasli-blokli sistema; g - blokli-
devorli (panelli) sistema; d - bloklar shaxmat tartibida joylashgan blokli-devorli (panelli) sistema; e - osma blokli sistema; j - osma blokli-stvolli kombinatsiyalangan sistema.
Stvolli-blokli sistemadagi konstruktiv echimda stvolning turlisathlarida yuk ko‘taruvchi hajmiy bloklarni joylashtirish uchunplatformalar qilinadi. Platformani o‘zini qilish ancha material vamehnat talab qilganligi uchun platformalarni balandlik bo‘yicha birnechtasathda yasaladi (7-rasm. j). Har bir platformaga bir nechaqator yuk ko‘taruvchi bloklar o‘rnatilishi mumkin.
Karkasli-blokli konstruktiv sistemada bloklar yuk ko‘tarmaydigan vakarkasning rigellariga tayanadigan bo‘lishi yoki rigelsiz platformako‘rinishidagi yopmalarga o‘rnatilishi mumkin. Stvolli-blokli vakarkasliblokli konstruktiv sistemalar qo‘llanilganda binoningbalandligini 12 qavatdan ko‘p qilishga imkon tug‘iladi.
Takrorlash uchun savollar:

  1. Hajmiy-bloklardan barpo etiladigan binolarning asosiy afzalligi nimalarda namoyon bo‘ladi?

  2. Binoning hajmlarini bloklarga bo‘lishning qanday usullari bor?

  3. Binodagi funksional vazifasiga ko‘ra hajmiy bloklar qanday turlarga bo‘linadi?

4) O‘lchamlariga ko‘ra hajmiy bloklar qanday turlarga bo‘linadi?
5) Og‘irligi bo‘yicha hajmiy bloklar qanday turlarga bo‘linadi?
6) Ichki fazosining ochiq yoki yopiqligi bo‘yicha hajmiy bloklar qanday turlarga bo‘linadi?
Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə