7-mavzu: detallarni payvandlash va eritib qoplash usullarini o‘rganish. Detallarni kavsharlash. Reja



Yüklə 100,48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/7
tarix30.12.2023
ölçüsü100,48 Kb.
#165419
1   2   3   4   5   6   7
7-MAVZU DETALLARNI PAYVANDLASH VA ERITIB QOPLASH USULLARINI O‘RGANISH. DETALLARNI KAVSHARLASH.

Yumshoq pripoylar.
Eng kam mexanik mustahkamlikka ega; qattiq pripoylar-
yuqori mustahkamlik qobiliyatiga ega. Ular ko‘proq qalay-qo‘rg‘oshin asosga ega. 
Mashinalarni ta’mirlashda odatda arzon va yetarli darajada puxta bo‘lgan ПОС -18 
pripoyi qo‘llaniladi; у 17-18% qalay, 2.0-2.5% surma va 81-79.5% qo‘rg‘oshin 
tarkibiga ega. ПОС-50 va ПОС-64 pripoylari (tegishli ravishda 50-64% qalay, 
0.8% surma, qolgani-qo‘rg‘oshindir) choklar oksidlanmasligi uchun ishlatiladi
bular ko‘proq elektr jihozlarini va asboblarini ta’mirlashda ishlatiladi. 


Qattiq pripoylar-mis, latun va kumish asoslidir. Detallarni mis bilan 
kavsharlashda ular atmosferadan himoyalash pechkalariga yuklanadi. Ularning 
erish temperaturasi ancha past-825 dan 8800С gacha vazifalariga qarab ПМЦ-36 
misli-sinkli pripoy (34-38% mis, qolgani-sink), ПМЦ-48(46-50% mis, qolgani-
sink) va ПМЦ -54 (52-56% mis, qolgani-sink). 
Past temperaturada eruvchi ПМЦ-36 pripoy latundan tayyorlangan detallarni 
kavsharlashda ishlatiladi. 
ПМЦ 54 pripoy mis, bronza, po‘lat va cho‘yandan yasalgan detallarni 
ta’mirlashda ishlatiladi. Zarblar, yeyilish, titrash sharoitlarida ishlovchi detallar Л 
62 va Л 68 latunlar bilan kavsharlanadi. 
ПС
р
-70 pripoy elektr simlarini kavsharlashda ishlatiladi, ular briktirilgan 
joylarda kam qarshilik ko‘rsatish qobiliyatiga ega. 
Flyuslar detal sirtidagi oksidli pardani ko‘chirish uchun ishlatiladi. Flyusining 
erish temperaturasi pripoyning erish temperaturasidan ancha past bo‘lishi kerak. 
Flyus sifatida xlorli alyuminiy (nashatir), xlorli sink yoki ularning qorishmasi 
(“kavsharlash suyuqligi”) ishlatiladi. 
Qattiq pripoy bilan kavsharlashda flyus sifatida bura ishlatiladi. Erigan bura 
okis pardasini po‘lat, cho‘yan, mis va misli qotishmadan yasalgan detallarini 
tiklashda osonroq ko‘chiradi.
Birikma hosil qilinadigan yuzalar kir bo‘lishi, moy va okis pardasi bilan 
kirlanishi mumkin. Shuning uchun ular kavsharlashdan oldin yog‘sizlantiriladi va 
okis pardasidan tozalanadi. 
Buning uchun ular benzin yoki issiq kaustik soda eritmasi bilan tozalanadi
undan so‘ng issiq suvda chayqab olinadi. Ba’zan 15% li ko‘mirning suvdagi 
eritmasida yoki 50% li tuz kislotasida yuzalar “chaqib” olinadi, so‘ng issiq suvda 
yuviladi. 
Mavjud boshqa tiklash usullariga nisbatan kavsharlashning asosiy afzalliklari: 
1.
Biriktiriladigan detallarning kam qizishligi, natijada tiklanadigan detalning 
kimyoviy tarkibi, strukturasi, mexanik va boshqa xususiyatlari o‘zgarmaydi. 
2.
Navbatdagi ishlov berish ishlarining kam murakkablikka egalligi. 
3.
Detal shakli va o‘lchamlarining aniq saqlanib qolishligi. 
4.
Yuqori unumdorligi va barcha operatsiyalarning bajarishda yuqori malakali 
ishchilarni jalb qilib o‘tirilmasligi. 
5.
Jarayonning oddiyligi va arzonligi. 
Bugungi kunda eng istiqbolli tiklash usullaridan biri bu metall yoki polimer 
kukunlarini changlatish usulida tiklashdir. Ular to‘g‘risida talabalar tajriba 
mashg‘ulotlarida keng ma’lumot oladilar. Yuqorida qayd etilgan eritib qoplash 
usullarini mavzuda to‘la keltirib o‘tirmadik, chunki ular ko‘rgazma qurollarida 
to‘la keltirilgan. Bugungi kunda biz tomondan qator ixtiro va foydali model 
darajalarida yangi eritib qoplash qurilmalari yaratilgan. Talabalar ular bilan tajriba 
va amaliy mashg‘ulotlarni bajarish jarayonida tanishishlari rejalashtirilgan. 

Yüklə 100,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə