7-Mavzu: hajmiy blokli binolar reja: Hajmiy blokli binolarning konstruksiyaviy sxemalari Hajmiy blok turlari


 ZILZILA BO‘LADIGAN RAYONLARDA HAJMIY BLOK



Yüklə 0,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix11.12.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#144074
1   2   3   4   5   6
Sanoot va fuqaro binolari arxitekturasi-maruza-1585685016

5. ZILZILA BO‘LADIGAN RAYONLARDA HAJMIY BLOK
KONSTRUKSIYALI BINOLARNI QURILISHI 
Konstruksiyaviy tizimga maxsus o‘zgartirishlar kiritilgandan keyin hajmiy-blokli 
binolarni zilzila taosiri 7-9, 9* ball bo‘lgan rayonlarda qurish uchun tavsiya etish 
mumkin. 
Fazoviy bikrlikka ega bo‘lgan, zilzila ta’sirini qabul qiladigan hajmiy blok hajmiy 
blokli binoni asosiy konstruksiyasi bo‘ladi. hajmiy blokni to‘la shakllangan holda 
loyihalasa bo‘ladi. Yig‘ish vaqtida bloklar orasida hosil bo‘ladigan bo‘shliqda vertikal 
qobirg‘alar bo‘yicha kamida to‘rtta joyda taram-taram chuqurcha quriladi. 
Qurilish maydonida payvandlash blokining yopma plitasi tekisligida, armaturalar 
chiqarish uchun tirqishlar ko‘rilishi kerak. 
Blok devorining qalinligi vertikal qobirg‘ani hisobga olganda kamida 90 mm 
bo‘lishi kerak. 
Hajmiy bloklar zichligi D 1600 gacha, tashqi devor panellari zichligi D 1200 
gacha yengil betondan qilib loyihalanadi. Hajmiy bloklarni tayanishi sement-qum 
qorishma qatlamli yuk ko‘taruvchi devorning hamma uzunligi bo‘yicha amalga 
oshiriladi. Zilzila bo‘ladigan rayonlar uchun binolar hajmiy bloklari xonaga 
mo‘ljallangan qilib loyihalanadi. Zilzila bo‘ladigan rayonlarda qo‘llaniladigan hajmiy 
blok konstruksiyalari, oddiy hajmiy blok konstruksiyalaridan farq qilmaydi. 
O‘zgartirilishi binoning konstruksiyaviy tizimiga kiritiladi. Binoni umumiy 
joylashtirishda va uni qurishda, bino simmetrik bo‘lishi kerak (ayniqsa zinapoya katagi 
binoning bo‘ylama va ko‘ndalang o‘qlariga nisbatan simmetrik joylangan bo‘lishi, 
binoning to‘g‘ri burchakli shakli saqlanishi, yoki qiyin shaklli binolarni choklar bilan 
ajratish va zilzilaga qarshi choklar kiritish). 
Zilzila bo‘ladigan rayonlar uchun hajmiy-blokli binolar konstruksiyaviy tizimida 
hajmiy blok ustunlar orasida zo‘riqishlarni taqsimlash uchun har bir qavatda gorizontal 
diafragmalar quriladi. Diafragmalar o‘rnatish detallarini payvandlash yo‘li bilan, yoki 
boshqa usul, masalan, orayopma sathida bloklar orasiga og‘ir beton quyilib hosil 
qilinadi. Zilzila bo‘ladigan rayonlarda qurish uchun tavsiya etilgan binolarda hajmiy 
blok va ustun, hamda ustunlarning birgalikda ishlashi ta’minlanishi kerak. Buning 
uchun ustunli ikkala blok orasidagi vertikal chok burchaklariga beton quyiladi, beton 
quyish va ponali bo‘lgan vertikal quduqchalar hosil qilish uchun hajmiy bloklarni 
vertikal qirralari yo‘g‘onlashtiriladi. 


Pona hosil qiluvchi hajmiy bloklar tepasi zulfinlar bilan bog‘lanadi yoki qalpoqni 
o‘rnatish detallariga payvandlangan metall qoplamalarga biriktiriladi. Vertikal ponalar 
(quduqchalar) zilzila ta’sirini vertikal tashkil etuvchisini hisobga olgan vertikal 
cho‘ziluvchan kuchlanish talablariga asosan armaturalanishi kerak. 
Hisobiy armatura ponaga kamida 30 diametr kirgiziladi. Vertikal armatura 
diametri hisoblab qabul qilinadi (kamida, mm): 20-qavat uchun - 8; 5-qavatga - 10; 7-
qavatga - 12; 9-qavatga - 16. Bino balandligi bo‘yicha uzluksiz armatura soni hisoblab 
topiladi va 7-8 ballarda -1,5 sm
2
, 9-2,0 sm
2
kamida qabul qilinadi. 
9 dan yuqori 9-2,5 sm
2
, 9* ballarda - 3, 0 sm
2
. Shuning bilan birga 9 va 9* balli 
zonalarda o‘zakni minimal diametri 10 vya 12 mm bo‘lishi kerak. Ponaga ikki o‘zakli 
karkas o‘rnatiladi va 300 markali beton qo‘yiladi (9-rasm). Ponadagi karkaslar uning 
o‘rnatilish joyiga bog‘liq holda o‘rnatiladi. To‘rtta oddiy bloklar biriktirilgan joylarda 
pona uchta karkasni tashkil etadi. 
Qoplamalar birikadigan qalpoqni yuqori sathiga gorizontal ponalar qo‘yiladi. 
Bunday ponalarga hisoblab aniqlangan diametr o‘zakli gorizontal karkas o‘rnatiladi. 
Zilzila bo‘ladigan rayonlarda hajmiy bloklarni tayanishi oddiy qurilish sharoitidagi 
tayanishga to‘g‘ri keladi. Burchakli tayanganda yelka o‘lchamlari kamida 300 mm 
bo‘lishi kerak. 
Yotqizilgan stakan xilidagi bloklarning ponasini armaturalash blok devori 
qobirg‘asida hosil bo‘lgan qalpoqnint o‘yig‘ida chiqqan joylar qilish yo‘li bilan 
bajariladi. Bu chiqqan joylarga to‘rtta armatura o‘zagi qo‘yiladi va ular o‘ralgan 
xomutlar bilan bog‘lanadi. Qalpoq xilidagi hajmiy bloklarda o‘yiq joylar qalpoq 
devorlarida va qobirg‘asimon plita qirralariga joylashtiriladi. 
9-rasm. Zilzila ta’sir qilgan holda 
hajmiy bloklarni biriktirish tugunlari: 
yotqizilgan stakan turidagi hajmiy 
bloklar chokini armaturalash; b-shuni 
o‘zi, qalpoq turidagi; v-uch qatlamli 
devor panellari chokini armaturalash; 
g - shuni o‘zi, bir qatlamli. 
Pona 
balandligida 
zulfini 
armatatura 
o‘zagini 
kiritishda 
biriktirish joylarida ilmoq qo‘yiladi. 
Konstruksiyalar 
xomutlar 
bilan 
biriktiriladi. 
Eng 
ko‘p 
bloklar 
orasidagi 
bog‘lovchilarni 
qo‘llaniladigani 
va 
tavsiya 
qilinadigani - o‘rnatish detallaridagi 
plastinadir. Qurilish amaliyoti shuni 


ko‘rsatadiki zilzila bo‘ladigan rayonlarda hajmiy-blokli uylarni qurish yotoqxona 
korpuslari yoki rejali tarkibi tartibga solingan shunga o‘xshash binolar qurishda 
qo‘llangani ma’qul bo‘lmoqda. 

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə