7-Mavzu: hajmiy blokli binolar reja: Hajmiy blokli binolarning konstruksiyaviy sxemalari Hajmiy blok turlari


 HAJMIY - BLOKLI BINOLAR KONSTRUKSIYALARI



Yüklə 0,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix11.12.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#144074
1   2   3   4   5   6
Sanoot va fuqaro binolari arxitekturasi-maruza-1585685016

 
3. HAJMIY - BLOKLI BINOLAR KONSTRUKSIYALARI 
Hajmiy blok xili va uning konstruksiyaviy o‘lchamlari bo‘ylama va ko‘ndalang 
o‘qlardan tashkil topgan bino modul katagida shakllanadi. 
Tashqi devor bo‘yicha bog‘lash, yer osti qismini bog‘lash kabi bajariladi. Yer osti 
qismi panelli bo‘lganda blokli devorlarni bog‘lash, hajmiy blokni sokol paneliga 
tayanish majbur bo‘lganday sokol panellaridagi bog‘lashni qaytarilishi kerak. 
Binoni yer osti qismida hajmiy konstruksiyalar qo‘llanilgan holda o‘qlarni tashqi 
devorlarga bog‘lash potensial ahamiyatga ega emas, balki oddiy tanlanishi mumkin. 
Hajmiy - blokli uylar shakllanishi tafsilotli ro‘yhati shunday xulosa qilinadi, 
modul (panellidan tashqari) blok o‘lchamlari va modul emas bino qadami va oralig‘i 
o‘lchami bo‘lishi mumkin. Boshqa bog‘lanish modulli o‘q

o‘lchamlari va karkasli 
konstruksiya o‘lchamlarida bo‘ladi. 
Binolarda hajmiy bloklarni bir-biri bilan biriktirish (choklari va tugunlari), to‘la 
yig‘iladigan kompleks universal talablar asosida ularni geometriyasi shakllanadi. 
Bino tashqi choklarini vazifasi - ishonchli zichlashni (issiq, nam va havo 
himoyasi) tashkil etish. Buni balandligi 60 mm dan kam bo‘lmagan materiali bir qatlam 
(misol uchun keramzitbeton) devor panelini yuqorigi va pastki gorizontal chegaralariga 
suvdan himoyalovchi qirralar o‘rnatish yo‘li bilan yechiladi. 
Tashqi devorni o‘qqa bog‘lashni shunday qabul qilish kerakki, qalpoqni ichki 
qirrasidan o‘qgacha o‘lchami 100 mm bo‘lsin. Zavodda tashqi devorni qalpoqgacha 
tirqishi 10 mm qilib o‘rnatiladi va mahkamlanadi. Hajmiy blokni qobirg‘asimon paneli 
qo‘shimcha yuk hosil qilib tashqi devorga qisman kirib turadi. 
Bir-biriga o‘rnatilgan hajmiy blok devorlari orasidagi tirqish 20 mm ga teng. 
Gorizontal chok teshik chegarasida va qirra tepasi yig‘ish paytida konstruksiyani o‘rab 
oladigan egiluvchan qatlam (masalan, gernit) yordamida zichlanadi. Teshik mastika 
bilan berkitiladi chok oxirida qorishmada pardozlanadi. 
Tashqi devorlarni qatlamli konstruksiyalardan bajarish mumkin, chunki ichki yuk 
ko‘taruvchi devor blok devori bo‘ladi, tashqi panel suv va issiqdan himoya funksiyasini 
bajaradi. Shuning uchun hajmiy bloklar tashqi devorlariga qatlamli panellarni qo‘llash 
yaxshi samara beradi. 
Hajmiy blokli binolarni yirik o‘lchamli panel elementlardan yer osti qismi 
bo‘ladi. Agar hajmiy blokli binolar uchun sokol bloklari qo‘llanilsa, binoning yer osti 
qismiga yuklarni teng taqsimlanishi tashkil qiluvchi yerto‘la usti sathi bo‘yicha quyma 
belbog‘ qo‘yiladi. Yuqorida yotgan konstruksiyalar chokiga 20 mm qalinlikda qorishma 
surtilgan sokol bloklariga tayanadi. Bino yer osti qismi panelli yechimda bo‘lsa sokol 
panellari betoni markasi M 150 dan kam bo‘lmasligi kerak. Tashqi devorlar bo‘yicha 
tayanish quyidagicha amalga oshiriladi: tashqi sokol panelida bog‘lashni bajarishda 
qobirg‘a tayanch qismi qalinligi 80-100 mm bo‘lgan qobirg‘asimon plita tayanishini 
hisobga olish kerak (4-rasm, a). 


4-rasm. Tashqi konstruksiyalarni sokol paneliga tayanish tugunlari: a-tashqi devor va 
bir qatlam konstruksiyali tashqi panel hajmiy bloklari; b-shuni o‘zi, ikki qatlamli; v-
blok turi B bo‘lgan hajmiy bloklarni qobirg‘asimon plitalari; g shuni o‘zi A turidagi. 


5-rasm. Hajmiy-blokli tizimda hajmiy bloklarni biriktirish: a-tashqi devorlar bo‘yicha; 
b-ichki (to‘rta blok); a-A turidagi blok uchun qobirg‘asimon panellarni qalpoqqa 
tayanishi; g-shuni o‘zi, B turidagi.
Hajmiy bloklarning tashqi devorlarini sokol panelini qalinligi kamayishi hisobiga 
bajarilgan 50 mm osma sokol panellariga qo‘yiladi. 4-rasm, b da tashqi ikki qatlamli 
devorni sokol paneliga tayanishi ko‘rsatilgan. Bloklarni sokol panelariga o‘rnatishda 
gorizontal namdan muhofazalash ishlari bajariladi. Hajmiy bloklarni ichki devorlarga 


o‘rnatishdagi tirqish kattaligi blok devorining qalinligiga bog‘liq. Tirqishi 20 mm ga 
teng yechim 4-rasm v, g da ko‘rsatilgan. 
Hajmiy bloklar bir biri bilan egiluvchan bog‘lovchilar yordamida mahkamlanadi. 
Binodagi hajmiy bloklar qalpoq yuqori sathida o‘zaro egiluvchan birikkan va 
burchak qismiga o‘rnatish detallari qo‘yilgan alohida turuvchi ustunlar singari ishlaydi. 
Bloklar qalinligi 6-8 mm ustma-ust qo‘yilgan tasmali po‘latga biriktiriladi. Tashqi 
devorlarni qo‘yilgan tashqi devorlariga biriktirishda tirqish qalinligi 10 mm deb qabul 
qilinadi (5-rasm, a). 
Hajmiy bloklar qalpog‘ida birlashtiruvchi qoplamalarni yashirish uchun o‘rnatish 
detallari chuqurroq o‘rnatiladi. Qoplama o‘lchami kamida 60x8 mm bo‘lib, hisoblab 
topiladi. 
Ikki qo‘sh bloklarni biriktirishda bog‘lovchilar kamida ikkita bo‘lishi kerak. 
Hajmiy bloklar ichki o‘qlar bo‘yicha ham tepaga hisoblangan qoplamalar yordamida 
biriktiriladi (5-rasm, b). Yuqoridagi hajmiy blok chokiga qalinligi 10-20 mm qorishma 
surtilgan pastki qalpoqqa tayanadi. Ichki gorizontal choklar pergamentga o‘ralgan 
mineral namatli tasma bilan yopiladi (5-rasm v, g). 

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə