7-Mavzu Statistikada variatsiyani baholash usullari va dispersion tahlil asoslari



Yüklə 182,79 Kb.
səhifə1/6
tarix02.05.2023
ölçüsü182,79 Kb.
#107933
  1   2   3   4   5   6
7-mavzu




7-Mavzu Statistikada variatsiyani baholash usullari va dispersion tahlil asoslari


REJA:
7.1. Variatsiya mohiyati va uni o’lchash zaruriyati.


7.2. Variatsiya ko`rsatkichlari.
7.3. Asimmetriya ko`rsatkichlari va ekssess me`yorlari.

Tayanch iboralar: Variatsiya, variatsiya kengligi, dispersiya (o`rtacha kvadrat tafovut),kvadratik o`rtacha tafovut, shartli moment usulda dispersiya hisoblash,umumiy dispersiya, juz`iy dispersiya, qismlararo (guruhlararo) dispersiya,dispersiyalarni qo`shish qoidasi, muqobil belgi dispersiyasi, o`rtacha absolut tafovut (modul)


7.1. Variatsiya mohiyati va uni o’lchash zaruriyati.
Statistikaning muhim vazifalaridan biri faqatgina umumlashtiruvchi
ko’rsatkichlarni (o’rtachalarni) hisoblash bilan cheklanmasdan, balki to’plam
birliklarining o’rtachadan tafovutini, farqini, chetlanishini ham o’rganishdir. Bu
ishni statistika variatsiya ko’rsatkichlari yordamida bajaradi.
Ommaviy hodisalar to`plami, ularning taqsimotlari murakkab tuzilmali va ko`p qirrali masaladir. Ularni o`rganishga statistika turli jihatdan yondoshadi. Avvalambor belgining o`rtacha darajasi (miqdoriy qiymati)ni aniqlab to`plamni umumlashtirib ta`riflaydi, mazkur to`plam birliklarida u olgan miqdoriy qiymatlar o`rtasidagi farqlardan chetlanib, ularni tekislab (silliqlab) muayyan hodisalar to`plamining rivojlanish qonuniyatlarini yoritadi. Bu – taqsimot qatorlarini tahlil qilishning bir tomoni. Mazkur masalaning ikkinchi tomoni qator variatsiyasini, o`rganilayotgan belgi miqdoriy qiymatlari o`rtasidagi farqlarni sinchilikb o`rganishdan, ularni umumlashtiruvchi ko`rsatkichlarni hisoblash va ular yordamida taqsimot qatoriga xos og’uvchanlik, bo`yiga cho`ziluvchanlik, birliklarning ayrim oraliqlarda to`planishi kontsentratsiyalanishi kabi xususiyatlarni aniqlashdan iborat. Bu ko`rsatkichlarda ommaviy hodisa va jarayonlarning sifat aniqligi va xususiyatlari ham namoyon bo`lishini hisobga olsak, u holda masalaning mazkur tomoni nazariy va amaliy jihatdan qanchalik katta ahamiyat kasb etishi haqida tasavvur hosil qilish qiyin emas.

Yüklə 182,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə