8- mavzu. Bozor segmentatsiyasi va xaridorlar turlari


Bozor segmentatsiyasi turlari



Yüklə 69,53 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix22.03.2024
ölçüsü69,53 Kb.
#181161
1   2   3   4   5   6
8- mavzu. Bozor segmentatsiyasi va xaridorlar turlari (1)

8.3. Bozor segmentatsiyasi turlari 
 
Bozorni segmentlash marketing kontseptsiyasining xususiyatlaridan biri bo’lib, 
xaridor tomonidan tovarlarning u yoki bu turini tanlash jarayonini tahlil qilish bozor 
segmentining ko’pligini ajratishga imkon beradi. 
Bozorni segmentlarga bo’lishni o’tkazish xaridorlarning tovarga talablari va 
xaridorlar tavsiflari to’g’risidagi eng muvofiq bilimlarni talab qiladi. 
Makrosegmentlash bozorlarni hududlar, mamlakatlar bo’yicha ularning 
sanoatlashuviga qarab bo’lishni ko’zda to’tadi. 
Mikrosegmentlash esa bir mamlakat iste’molchilarini yanada batafsilroq 
mezonlar bo’yicha guruhlarga bo’ladi. 
Ichkarida segmentlashda segmentlash jarayoni keng iste’molchi guruhlari bilan 
boshlanib, keyin tovar yoki xizmatlarni oxirgi iste’molchilari klassifikatsiyasiga 
bog’liqligiga qarab bosqichma-bosqich chuqurlashadi. 
CHuqurda segmentlash tor iste’molchi guruhlari (segmentlari) bilan boshlanib, 
keyin tovarni ishlatish va qo’llanish sohasidan bog’liqligiga qarab kengaytirishni 
nazarda to’tadi. 
Avvaldan segmentlash maksimal bozor segmentini o’rganishga mo’ljallangan 
marketing tadqiqotining boshlangich bosqichidir. 
Yakuniy segmentlash – bozor muhiti sharoitlari va firmaning o’z 
imkoniyatlarini tartibga solib o’tkazishdagi bozor tahlilini yakunlovchi bosqichidir. 


U iste’molchilar talabiga va firma imkoniyatiga javob beruvchi segmentga tovarlarni 
pozitsiyalashtirish maqsadida bozorni optimal segmentini qidirish bilan bog’liq. 
Bozor segmentatsiyasi turlari 
Iste’molchilar turiga ko’ra iste’mol talabdagi tovarlari iste’molchilarni 
segmentlash va ishlab chiqarish, texnik maqsadidagi tovar iste’molchilari bo’yicha 
farq qiladi. 
Tegishli mahsulot ishlab chiqaruvchilar nazarga ilmagan segment bozor 
darchasi deb ataladi. Bozor darchasi xech ham mahsulot tanqisligini bildirmaydi. 
Bozor uyachasi shunday bozor segmentiki, uning uchun ushbu firma tovarlari 
va ularni yetkazib berish imkoniyatlari eng qulay va munosibdir. 

Yüklə 69,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə