8- mavzu. Bozor segmentatsiyasi va xaridorlar turlari



Yüklə 69,53 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix22.03.2024
ölçüsü69,53 Kb.
#181161
1   2   3   4   5   6
8- mavzu. Bozor segmentatsiyasi va xaridorlar turlari (1)

bozor 
segmentatsiyasi
 deyiladi

Bozorni segmentlash orqali, xo’jalik yurituvchi sub’ekt quyidagi maqsadlarni 
ko’zlaydi:

iste’molchilarni hoxish va talabini maksimal ravishda hisobga olish; 

tovarni (xizmatni) va xo’jalik yurituvchi sub’ektni raqobatbardoshligini 
ta’minlash; 

xo’jalik yurituvchi sub’ektni harajatlarini optimallashtirish; 

xo’jalik yurituvchi sub’ektni marketing strategiyasini samaradorligini 
oshirish; 

raqobatchilardan xolis bo’lgan segmentlarga ketish. 
Segmentlashning asosiy maqsadi bozordagi xatti-harakatlarni o’rganib, 
ularning obrazini (modelini) va kelajakdagi ehtiyoj talablarni tasavvur qilishdan 
iborat. Hozirgi raqobatda yutib chiqishning asosiy sharti yangi, yuqori sifatli tovar 


va kompleks servis texnika xizmatlarni hamda samarali sotish usullarini qo’llashdan 
iborat bo’lib qoldi. Ana shu talablar asosida marketing tadqiqotlarining ustuvor turi 
iste’molchilarni o’rganish va navbatida bozorni segmentlashdan boshlanadi, chunki 
bozor bir xil sub’ektlardan tashkil topgan emas. 
8.2. Bozor segmentatsiyasining xususiyatlari 
 
Bozorni segmentlash, bozorni o’rganishning asosiy usulidir.Uning yordamida 
bozor (uning tarkibiy qismlari) segmentlarga bo’linadi. Bozor segmenti-bu 
iste’molchilar, tovarlar, raqobatchilarning shunday ajratilgan qismiki, ular uchun 
umumiy xususiyatlar xosdir. Bozorni to’g’ri segmentlash, shu segmentning spetsifik 
yextiyojlariga kat’iy rioya qilingan holda kam xarajatlar bilan tovar yetkazib 
berishni to’g’ri tashkil qilishdan iboratdir. Xalq iste’moli tovarlari bozorini tadqiq 
etishda marketingga oid adabiyotlarda ikki turdagi mezonlar qabul qilinadi. 
Birinchisi xaridorlarning daromadi, yoshi, jinsi, turar manzilgohi, oilaning hayot 
tsikli, kasbi, turmush tarzi va shunga o’xshash umumiy belgilarni hisobga oladi. 
Mezonlarning ikkinchi turi segmentlashni ijtimoiy guruhlarning kadriyatlari tizimi 
yoki ularning marketing strategiyasining, masalan, yangi mahsulot, yangi sotish 
tizimi kabi vositalariga ko’rsatadigan qiziqishlari asosida olib boradi. Amaliyotda 
birinchi usul ko’proq qo’llaniladi, ikkinchi usulni qo’llash qo’shimcha 
qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi, chunki ijtimoiy sotsiologiya va psihologiya 
sohalarida bevosita tadqiqotlar olib borish yo’li bilan maxsus hisob-kitob ishlarini 
amalga oshirish talab etiladi.
Xaridorlarning munosabatini tabaqalashtiradigan asosiy omil daromad 
hisoblanadi. Ko’pgina mamlakatlarda daromad bo’yicha 
uch
guruhga 
segmentlashdan keng foydalaniladi. 
Birinchi guruh,
eng yuqori daromadga ega bo’lgan xaridorlar, amalda ular 
jami xaridorlarning 10 % ini tashkil etadi. Ular eng oliy navli tovarlarni xarid 
etadilar, xarid quvvati hamda o’z guruhi izzat nafsi bunga imkon beradi. Bunday 
guruhlar har bir mamlakatda bor, ularning daromad miqdori shu mamlakatning 
umumiy boyligiga bog’liq bo’ladi.

Yüklə 69,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə