8- mavzu: Tuproq, suv, havo mikroflorasi Asosiy savollar: 1



Yüklə 47,09 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix22.03.2024
ölçüsü47,09 Kb.
#183651
1   2   3   4
portal.guldu.uz-Tuproq, suv va havo mikroflorasi

 
Suv mikroflorasi. 
Quruqlikning g‘oyat katta kengliklarida, maysazor, dala, 
o‘rmonlarda o‘simlik va hayvon organizmlarining tanasini tashkil qilgan juda katta 
mikdordagi organik massa hosil bo‘ladi. Ammo bu er sharininng faqatgina o‘ndan 
bir qismi organik moddasini tashkil qiladi, o‘ndan to‘qkiz qnsmi esa ko‘l, dengiz,
okeanlarga to‘g‘ri keladn, chunki planetamizning 71% suv havzalaridan, 29% esa 
qurukdikdan iborat. Hayot quruqlikda asosan yuza qismida bo‘ladi, suvda esa
quruqlikka ham tushadi. 1 km
3
suvda hisoblarga ko‘ra mikroblarning vazni 500 
t ga tengdir. Barcha suv havzalaridagi mikroblar massasini tasavvur qalish uchun 
erdagi hamma suvlarning hajmi 1370 mln km

ligini inobatga olish kerak. 
Suv mikroflorasi mo‘l-ko‘l va turli tumandir. U turli suv o‘tlari, bakteriyalar, 
xivchinlilar, tomir oyoqlilar, infuzoriyalardan iborat. Suv dunyodagi hamma tirik 
mavjudotlar uchun zarurdir. 
Mikroblar hattoki yomg‘ir suvida ham bor. Ular yomg‘ir tomchilarida 
havodagi chang bilan birga ushlanib qoladi. Do‘l, qor, muzda ham 
mikroorganizmlar yo‘q emas. 1 sm
3
do‘lda 20 mingdan ortiq bakteriyalar 
bo‘ladi. 
Tabiiy suvlar mikroorganizmlar uchun qulay muhit bo‘lib, unda ular yashab 
ko‘payib, uglerod, azot, temir, oltingugurt va boshqa elsmentlarni aylanish jarayonida 
qatnashadi

Tabiiy suvlar mikroflorasining soni va
 
sifati turlidir. 



Er osti suvlari (artezian, buloq, er osti suvlari) mikroflorasining tarkibi suv 
joylashgan chuqurlikka, tashqi muhitdan iflos tushishidan himoya etilganligiga 
bog‘liqdir. Artezian suv qatlami juda chuqur joylashgani tufayli ularda kam 
mikroorganizm bo‘ladi. CHuqur bo‘lmagan suv qatlamlaridan oddiy quduqlar orqali 
olinadigan er osti suvlarida ko‘p miqdorda bakteriyalar, shular jumlasidan kasal 
keltiruvchilari ham bo‘lishi mumkin., chunki, ular yuzadagi ifloslar bilan sizib o‘tadi. 
YUzaki ifloslar bu ochiq suv havzalarining (daryo, ko‘l, suv 
omborlari va boshqa) suvlardir. Ularning mikroflorasi g‘oyat turli va suvning 
kimyoviy tarkibi , qirg‘oq bo‘yi aholisining zichligi, yil fasli, meteorologik va boshqa 
sharoitlarga bog‘liqdir. YAna yuzaki suvlarga tashqaridan ko‘p mikroorganizmlar 
tushadi. Xo‘jalik-maishiy oqava suvlar ochiq suv havzalariga tushganda suvning 
tarkibi va mikroflorasi ayniqsa o‘zgaradi. Suvga patogen mikroorganizmlar ham 
tushishi mumkin. Ular uzoq vaqt (xaftalab, oylab) suvda virulentligini yo‘qotmaydi. 
YUzaki va suv osti suvlaridan ichimlik suvi tayyorlanadi. Suvni gozalashning 
birinchi bosqichi suvni maxsus tindirgichlarda tindirishdan iborat. Suvda kalqib 
yurgan zarralar, ular bilan birga mikroblar ham havza tubiga cho‘kadi. Natijada 
suvdagi mikrobar miqdori 70-75 % kamayadi. 
Suvni ko‘proq tidirish uchun ko‘pincha alyuminiy va temir tuzlari yordamida 
koagulyasiya qilinadi. Suvda reaksiya ro‘y berib, pag‘a pag‘alar hosil bo‘ladi, bular 
suvda qalqib yurgan zarralarni va mikrorganizmlarni o‘zi bilan birga cho‘kmaga olib 
tushadi. Bunda mikrorganizmlar miqdori taxminan 90% kamayadi. 
So‘ng, suv kvars qumli filtrlardan o‘tkaziladi. Suvdagi mikroblarning 99% 
gachasi filtrlarda ushlanib qoladi. Filtrlangan suvda oz miqdorda mikroblar baribir 
qoladi., ular orasida patoogenlari bo‘lishi mumkin. SHuning uchun suvni xlorlash 
usuli bilan dizinfeksiya qilinadi. Odatda gaz holatdagi xlor yoki boshqa tarkibida xlor 
bo‘lgan moddalar ( xlorli ohak, xloramin, gipoxloridlar) qo‘llaniladi. 
Xlor juda oz konsentratsiyada ham (mg/l qismi) ko‘pchilik mikroorganizmlarni 
o‘ldiradi. Bakteriyalarning sporalari xlorga vegetativ hujayralardan ko‘ra chidamliroq 
bo‘ladi. 
Suv bilan ta’minlash amaliyotiga suv dizinfeksiyasining yangi usullari joriy 
qilinmokda: ozonlash va bakteritsid ultrabinafsha nurlar bilan nurlantirish. Ozonlash 
bakteritsid ta’siridan tashqari suvning hidi va ta’mini yaxshilaydi. 
Ichimlik suvning sifatini baholash kimyoviy, bakteriologik va organoleptik 
ko‘rsatkichlar kompleksi asosida olib boriladi. 
Bakteriyalarning umumiy soni 1sm
Z
miqdordagi suvda 100 hujayradan oshmasligi 
kerak. Ichak tayoqchalarining soni ( koli-indeks) 1l. suvda 3 donadan ko‘p 
bo‘lmasligi, koli-titr esa 300sm
Z
dan kam bo‘lmasligi kerak. 

Yüklə 47,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə